- 35 -
o’zgarib turadi.
Har bir xudud aholi sonini o’rganganda, uni doimiy (shu hududda doimiy
ro’yxatga olingan) va mavjud real (tekshirilayotgan davrda shu hududda ma’lum
muddat yashayotgan) aholiga ajratiladi.
Demografik gadqiqotlar olib
borishda nazariy aholi soni, hamda mavjud, real
aholi sonidan foydalaniladi. Nazariy aholi soni o’zgarmas -stabil, aholi sonidir. Stabil
aholi soni lotincha 51a’shz so’zidan olingan bo’lib, doimiy, o’zgarmas degan
ma’noni bildiradi. Aholi takror barpo bo’lishining maxsus koffio’ientlarini
hisoblaganda stabil aholi sonidan foydalaniladi, turli demografik modellarni tuzganda
nazariy
aholidan foydalaniladi, ya’ni, o’rganilayotgan davr aholi soni o’zgarmas deb
qabul qilinadi.
Real, mavjud aholi soni ma’lum bir ma’muriy xududning, davlatning
o’rganilayotgan davrdagi mavjud aholi sonidir. Masalan, O’zbekiston davlatining
aholi soni, Farg’ona vodiysining aholi soni va x.k.
Demografik koeffitsientlarni xisoblaganda odatda o’rtacha yillik aholi sonidan
foydalaniladi. Chunki demografik jarayon butun yil davomiga ya’ni 1 yanvardan 30
dekabrgacha qadar bo’lgan mudldtga hisoblanadi. Aholi
soni esa yuqorida qayd
etilgandek yil boshiga- 1 yanvarga olinadi. Ma’lum kalendar yilga o’rtacha yillik
aholi soni hisoblash uchun shu, kalendar yilining boshidagi va keyingi kalendar
yilning boshidagi aholi soni qo’shilib ikkiga bo’linadi va o’rganilayotgan yil uchun
o’rtacha aholi soni aniqlanadi. Buning uchun 1999 yil 1 yanvardagi va 2000 yil 1
yanvardagi aholi sonlarini qo’shib ikkiga bo’linadi. (R1999+R2000:2)
Aholi soni xaqidagi aniq ma’lumotlar aholi ro’yhati o’tkazish yo’li
bilan
to’planadi. Aholi ro’yxatlari orasidagi davr uchun, esa har yilgi tug’ilish, o’lim va
migratsiya jarayonlarini e’tiborga olgan xolda aholi soni maxsus uslublar yordamida
hisoblanadi.
Demografik jarayonlarni o’rganishda aholining yosh-jinsiy, nikoh va oilaviy
tarkibi muxim omil xisoblanadi.
Ahoteining jinsiy tarkibi nikohga kirish va aholining
oilaviy tarkibining
shakllanishida asosiy demografik zamindir. Demografiyada jinslar munosabatini
aniqlashda ikki xil ko’rsatkich qo’llaniladi. 1. Jami aholi tarkibida jinslar
salmog’ifoiz hisobida. Masalan, 2000 yil O’zbekistonda jami aholi 24582,8 ming
kishini tashkil etadi. Ulardan erkaklar 12232,7 va ayollar 12350,1. Ushbu
ko’rsatkichlar asosida jami aholi tarkibida erkaklar 49,8 foizni, ayollar esa 50,2 foizni
tashkil etishini aniqlash mumkin.
Aholi jinsiy tarkibini o’rganishda aniq ko’rsatkich har 1000ta erkaklarga
nisbatan
ayollar soni, yoki har 1000 ta ayollarga nisbatan erkaklar soni ifodasidir.
Ushbu ko’rsatkich orqali ma’lum hudud jami aholisining va aholi yosh guruhlari (0-
9,10-19,20-29...) jinsiy tarkibi o’rganiladi. Misol tariqasida, yuqorida keltiril1^an
ma’lumotlardan foydalanib, ayollar sonini erkaklar soniga bo’lamiz va natijani 1000
ga ko’paytiriladi.2000 yilda O’zbekistonda har 1000 ta ayolga 991 erkak to’g’ri kelar
ekan, yoki erkaklar ayollardan kamroq ekan. Ana shunday uslub bilan aloxida yosh
guruhlari uchun ham ayollar va erkaklar nisbati aniqlanadi
Aholi yosh tarkibi uch asosiy omil ta’sirida
shakllanadi; 1)Yangi
tug’ilganlardagi jinsiy nisbat: 2) O’limdagi jinsiy farq. 3) Aholi migratsiyasidagi
- 36 -
jinsiy farq.
Aholining yosh tarkibi-ijtimoiy-iktisodiy va demografik jarayonlarni o’rganish
maqsadida aholining yosh guruhlarga bo’tshnishidir. Aholi yosh guruhlari va
demografik jarayonlar o’zaro uzviy bog’liq holda shakllanadi. Aholi tarkibida yoshlar
(0-9, 101-19,20 - 29 yoshida) salmog’ining yuqoriligi nikoh va tug’ilish kabi
demografik jarayonlarga ijobiy ta’sir etadi. Ayni paytda tug’ilish yuqori bo’lgan
hududlarda bolalar, yoshlar salmog’i yuqori bo’ladi. Tug’ilish darajasi past bo’lgan
hollarda esa aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan yuqori) salmog’i yuqori va
o’lim hollari ko’proq sodir bo’ladi. Demografik nuqtai nazardan yondashganda
aholining bugungi yosh tarkibi kechagi aholi takror barpo bo’lishining
natijasi va
kelajakdagi demografik rivojlanishning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Aholi yosh tarkibini o’rganganda aholining alohida har bir yoshlarga
(0,1,2,3,4,5 . . .100 va undan yuqori) besh yillik yosh guruhlariga (10-14 , 15-19...) va
uch yirik-yirik guruhlariga (0-14, 15-59, 60 va undan yuqori) ajratiladi.
Aholi yosh tarkibi demografiyada asosiy o’rganish ob’ekti sifatida o’z kelib
chiqish va rivojlanishiga ega. Ushbu rivojlanishni quyidagi yo’nalishlarga ajratish
mumkina) alohida yosh guruhlari va ularni nisbatlarini statistik tahlili: b) aholi yosh
tarkibining shakllanish qonuniyatlari va ularning demografik
rivojlanishning omili
sifatidagi o’rni: v) aholi yosh tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o’zaro
bog’liqligi.
Aholi sonining o’sib borishida uning yosh tarkibi asosiy omil hisoblanadi. XX
asrning o’rtalarida iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholi takror barpo bo’lishi
tug’ilish darajasiniig nisbatan pastligi va aholi umumiy tarkibida bolalar salmog’ining
kamligi bilan harakterlanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa ana shu davrda nisbatan
yuqori tug’ilish va aholi tarkibida bolalar salmog’ining yuqoriligi harakterli edi.
Tug’ilish yuqori va uni nazorat etish darajasi past bo’lgan sharoitda aholining yosh
tarkibi, aholi soni o’sib borishiga bevosita ta’sir etadi.
XX asrning boshlarida shved olimi G.Sundberg tomonidan aholi yosh
tarkibining uch turi ajratilgan 1) Progressiv yosh tarkibi-aholi tarkibida bolalar (0-14
yosh) salmog’i yuqori bo’ladi va aholi o’sishiga olib keladi.
2) Statsionar yosh tarkibi-aholi tarkibida bolalar va qariyalar (60 yosh va undan
yuqori) salmog’i deyarli teng bo’ladi, bunday yosh tarkibi aholi o’sishida asosiy omil
bo’la olmaydi. 3) Regressiv yosh tarkibi-aholi umumiy sonida qariyalar salmog’i
bolalarga nisbatan yuqori bo’ladi, aholi takror barpo bo’lishi qisqarib aholining qarish
jarayoni ro’y beradi.
Aholining qarish jarayoni-tug’ilishning kamayib ketishi va aholi o’rtacha umr
ko’rishi muddatini uzayish hisobiga aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan
yuqori) salmog’ini oshib borishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: