Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Fosfor  tog‗  jinslari  va  tuproqda  ortofosfat  kislotaning  qiyin  eriydigan 
temir,  aluminiy  yoki  kalsiy  tuzlari  tarkibida  bo‗ladi,  o‗simliklar  esa  bu 
kislotalarning  ionlarinigina  o‗zlashtiradi.  O‗simliklar  uchun  fosforning 
ahamiyati  nihoyatda  katta,  lekin  tuproqda  uning  foydali  shakllari  juda  kam 
bo‗ladi.  Tuproqda  fosfor  asosan  tirik  organizmlarda,  o‗simliklarning  nobud 
bo‗lgan  organlarida,  chirindi  tarkibida,  tuproqning  mineral  tarkibida,  tuproq 
eritmasida  bo‗ladi.  Fosforning  o‗simliklar  o‗zlashtirilishi  qulay  bo‗lgan 
birikmalar  tuproqda  kam  bo‗lib,  o‗simliklarning  nobud  bo‗lgan  organlari 
parchalanishidan va minerallanishidan hosil bo‗ladi (Rabotnov, 1979). 
O‗simliklarning  fosfor  bilan  oziqlanishi  mikrosimbiotrofiya  bilan 
chambarchas  bog‗liq  bo‗ladi.  Lekin  simbiotik  azotfiksatsiya  tuproqqa  azot 
tushishini  oshiradigan  bo‗lsa,  u  vaqtda  mikoriza  hosil  bo‗luvchi  zamburug‗lar 
bilan bo‗lgan simbiozda tuproqqa qo‗shimcha miqdorda fosfor tushmaydi, lekin 
bunda o‗simliklar uning tuproqdagi zaxiradan foydalanishi uchun qulay sharoit 
vujudga  keladi.  Bunda  simbiozdagi  zamburug‗  giflari  o‗simliklar  ildiziga 
fosfatlar  o‗tishini  ta‘minlaydi,  chunki  harakatchan  fosfatlar  joydan-joyga  juda 
sekin  ko‗chadi  va  o‗simliklar  ildizining  singdiradigan  qismi  atrofida  foydali 
shakldagi fosfatlar tanqisligi sodir bo‗lishi mumkin.  
Bu  o‗simliklar  ildizi  uncha  chuqur  kirmagan  fotosenozlar  uchun  ayniqsa 
muhimdir.  Lekin  ayrim  o‗simliklar  fosforini  mikorizasiz  ham  o‗zlashtirishi 
kuzatiladi.  Ba‘zi  o‗simliklar,  masalan,  fosfor  bilan  mo‗l-ko‗l  ta‘minlanganda 
fosfor  eritma  tarkibida  bo‗lgan  suvli  muhitda  yoki  suv  singigan  tuproqlarda, 
o‗simliklar  to‗qimasida  zamburug‗lar  bilan  simbioz  holda  yashashga  imkon 
bermaydigan  tuzlar  va  alkologidlar  to‗planganda;  simbiont  zamburug‗larning 
rivojlanishini 
tezlashtiradigan 
ekstremal 
harorat 
sharoitida 
va 
suv 
yetishmaganda  mikorizasiz  ham  fosfor  o‗zlashtirishi  mumkin.  O‗simliklarning 
tarqalishini  o‗rganishda  bularning  hammasini  albatta  hisobga  olish  kerak. 
Masalan,  keng  bargli  o‗rmonlarning  fosforga  boy  bo‗lgan  va  nitrifikatsiya 
prosessi  jadal  boradigan  tuproqlarida  mikorizasiz  ham  qichitqi  o‗t  o‗sishi 


163 
 
mumkin,  tarkibida  fosfor  kam  bo‗lgan  tuproqlarda  esa  mikorizali  holda 
prolesnik (Mercurislis perennis) o‗sadi. 
Kaliy  ko‗pchilik  tuproqlarda  yetarli  miqdorlarda  bo‗lib,  o‗simliklar  uni 
kaliy  ioni  shaklida  o‗zlashtiradi.  O‗simliklarda  kaliy  kolloidlarning  bo‗kishi 
(shishishi)  uchun  imkoniyat  yaratadi  va  hujayralarning  turg‗un  holatini  saqlab 
turadi.  Kaliy  yetishmasa  o‗simliklar  so‗lib  qoladi,  haddan  tashqari  ko‗p 
bo‗lganda  esa  hujayra  shirasining  osmotik  bosimi  ortib  ketadi.  Kaliy 
fotosintezga  ham  ta‘sir  ko‗rsatadi.  U  ayniqsa  barglarning  normal  funksiya 
bajaruvchi  fotosintetik  apparatida  ko‗p  bo‗ladi.  Kaliy  yetishmasligini  aks 
ettiruvchi belgilar o‗sishning susayishi, eski barglarda tomirlar oralig‗ida xloroz 
sodir  bo‗lishi,  barglarning  qizg‗ish-binafsha  rangga  kirishi  va  boshqalardan 
iborat. 
Temir.  Yer  qobig‗i  tarkibida  temir  miqdori  ancha  ko‗p.  Zaxi  yaxshi 
qochirilgan tuproqlarda temirning amalda deyarli erimaydigan birikmalari hosil 
bo‗ladi. Suv bilan yaxshi to‗yingan, aerasiyasi yomon bo‗lgan tuproqlarda temir 
tuproq  kolloidlari  bilan  mustahkam  birikkan  tuzlar  (sulfidlar,  karbonatlar, 
fosfatlar)  hosil  qiladi;  u  organik  moddalar  bilan  qisman  eriydigan  va  qisman 
erimaydigan birikmalar hosil qiladi. O‗simliklar uni ionlar (Fe
2
–, Fe
2
–) shaklida 
o‗zlashtiradi,  kislotali  tuproqlarda  bu  xildagi  o‗zlashtirish  kuchli  bo‗ladi. 
Yuksak  o‗simliklar  bargida  temir  oksidlar  holatida  to‗planish  xususiyatiga  ega 
bo‗ladi;  barglar  to‗kilganda,  yer  yuzasidagi  to‗shama  temir  elementi  bilan 
boyiydi. 
O‗simliklarda  temir  energiya  almashinuvi  jarayonida  ishtirok  etadi 
(oksidlanish-qaytarilish  jarayonlarida),  azot  almashinuviga  ta‘sir  ko‗rsatadi. 
Temirning  o‗zlashtirilishi  qiyin  bo‗lgan  sharoitda  (ayniqsa  ohakli  tuproqlarda) 
«ohakli  xloroz»  paydo  bo‗ladi.  Bunda  o‗simliklar  bargining  tomirlari 
yashilligicha  qolib,  o‗zi  rangsizlanadi,  ularning  sathi  kichrayadi.  Ana  shu 
holatda  o‗simliklar  tomonidan  o‗zlashtirilgan  temir  noaktiv  shaklga  o‗tadi. 
Temir  elementiga  «ixtisoslashgan» turlar  hozircha  ma‘lum  emas.  Ba‘zan  temir 


164 
 
oksidi  bilan  boy  bo‗lgan  tuproqli  maydonlarda  o‗sadigan  ayrim  kalsifob  turlar 
(Calluns, Agrostis, Silene rupestris) pioner o‗simliklar deb ataladi. Lekin bunda 
ularda xloroz belgilari va past bo‗ylilik kuzatiladi (Braun-Blanguef, 1964). 
Magniy ham, kalsiy kabi, yer qobig‗ida va ko‗pgina tog‗ jinslari tarkibida 
ko‗p miqdorda uchraydi. Serpentin haqiqiy magniy jinsi hisoblanadi. Tuproqda 
magniy  karbonatlar  (dolomit)  shaklida,  silikatlar  (avgit,  olivin),  sulfatlar, 
xloridlar  tarkibida  bo‗ladi.  Xlorofill  molekulasining  tarkibiy  qismi  sifatida 
magniy  fotosintez  prosessida  ishtirok  etadi,  bundan  tashqari,  u  kolloidlarning 
bo‗kishi  (shishishi)  ning  regulatsiyalanishiga  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Magniy  yetish-
masligi  mexanik  tarkibi  yengil  bo‗lgan  kislotali  tuproqlarda  kuzatiladi. 
O‗sishning  susayishi  va  eski  barglar  tomirida  xloroz  paydo  bo‗lishi  magniy 
yetishmasligini belgilaridir. 
Maxsus  «serpentin  flora»  magniyga  bog‗liq  bo‗ladi.  Serpentin  tarkibidagi 
MgO miqdori 40% dan ham oshib ketishi mumkin. Tirik serpentin turlar, ya‘ni 
faqat serpentinga (magnezitga ham) xos bo‗lgan turlar kamdan-kam uchraydi va 
garchi ayniqsa Yevropaning janubiy oblastlarida o‗ziga xos serpentin jamoalari 
mavjudligiga qaramay, odatda, ular endemiklarga kirtiladi. 
Haqiqiy serpentin turlar ko‗p magniy to‗playdi. Ularning ko‗pchiligi kuchli 
rivojlangan  ildiz  sistemasiga  ega,  lekin  yer  ustki  qismi  va  gullari  yaxshi 
rivojlanmagan bo‗ladi. 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish