201
bo‗ladi. Urug‗larni dorilashni 3 usuli bor. Quruq dorilash, biroz namlab va
suvlab dorilash.
Quruq usul bilan dorilashda urug‗lar kukun holidagi preparatlar bilan
dorilanadi, biroz namlab dorilashda urug‗lar biroz miqdorda yopishtiruvchi
eritmalar bilan namlanadi, so‗ngra kukun holidagi preparatlar sepiladi. Suvlab
dorilashda urug‗lar dorivor
kimyoviy eritmaga solinib, bo‗ktirib qo‗yiladi.
Keyingi yilda ayrim urug‗lar, chigitlar kapsula usulida dorilanmoqda.
Bunday urug‗larga maxsus polimer moddalar hamda kimyoviy preparatlar
yordamida ishlov beriladi. Kapsula holidagi urug‗lar zaharli moddalarni aniq
miqdor, me‘yorda ishlatishga yordam beradi, chigitlar benuqson unib chiqadi,
hosildorlik bir qator oshadi. Chunki kapsullashtirgan moddalar tarkibiga o‗sim-
liklarning o‗sishini ta‘minlaydigan mikroelementlar ham qo‗shiladi.
Quruq usul bilan dorilashda tadbirkorlik bilan foydalanilmasa kimyoviy
moddalrning xavfli va zaharli tomonlari bo‗lishi mumkin. Shuning uchun
keyingi yillarda urug‗liklar sal suvlanib yoki yaxshigina namlanib so‗ngra
zaharli moddalar bilan ishlanmoqda. Urug‗larni dorilash maxsus qurilgan
binolarda amalga oshiriladi. Dorilangan urug‗lar traktorlar bilan ekiladi, qo‗l
bilan ekish taqiqlangan. O‗zbekiston hududida, issiq iqlimli sharoitlarda
samolyotlardan foydalanish ma‘qul kelmaydi.
Chunki bu usulda atrof-muhit obyektlarining pestitsidlar bilan ifloslanishi
ko‗proq bo‗ladi. Tashqi muhit obyektlarining zaharli kimyoviy moddalar bilan
ifloslanishi inson sog‗lig‗iga, butun jonivorlarga yomon ta‘sir qiladi. Pestitsidlar
biologik faol moddalar bo‗lgani uchun organizmga asoratli ta‘sir ko‗rsatishi
mumkin. Pestitsidlarni tadbirkorlik bilan me‘yorida ishlatish lozim.
Biosfera organizmlarning hayot faoliyatiga ta‘sir qilaoladigan minglarcha
kimyoviy moddalarning tinmay uzluksiz aylanib borishi fan olamiga ma‘lum.
Zaharli kimyoviy moddalar odam nasl-nasabiga asoratli ta‘sir qiladi. Bu dolzarb
muammo bo‗lib irsiy kasalliklar hisoblanadi. Bundan tashqari allergik
kasalliklarni aniqlash va davolash usullarini ishlab chiqish muammosi bor.
202
Kimyoviy moddalar juda oz miqdorda organizmga tushganda unda gonadalar,
embirion hujayralariga, immunologik xususiyatlariga zararli ta‘sir qilaoladigan
o‗zgarishlar boshlanishiga olib keladi, bunda organizmlarning immun
reaksiyalari muhim rol o‗ynaydi. Kimyoviy moddalarning ishlatishdan oldin
pestitsidlarni toksidinamikasi va ta‘sir mexanizmini batafsil o‗rganishga, aholi
salomatligiga qay darajada, qay xilda xavf solishini oldindan aniqlab olish katta
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: