Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


O‗zbekiston o‗simliklarining ekologik muammolari



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

O‗zbekiston o‗simliklarining ekologik muammolari 
 
Insoniyat yashab turgan zamin ma‘lum bir darajada turli-tuman o‗simliklar 
dunyosi bilan qoplangan. Ularning barcha tirik organizmlar uchun tutgan o‗rni 
ham juda katta. Hozirgi kunda dunyo bo‗yicha 500 mingga yaqin o‗simlik turi 
mavjud bo‗lib, shulardan 8% suv o‗simliklari, 50% dan ortig‗i gulli o‗simliklar, 
27%  ni  zamburug‗lar,  qolganlari  mox  va  lishayniklar  hisoblanadi  (Tilovov, 
2003). Ular o‗zlarining tuzilishi va ranglariga qarab xilma-xildir. 
Insoniyat  paydo  bo‗libdiki,  uning  hayoti  asosan  yuksak  o‗simliklar  bilan 
chambarchas 
bog‗liqdir. 

o‗simliklardan 
turli-tuman 
oziq-ovqat 
mahsulotlarigina  emas,  balki  boshqa  har  xil  mahsulotlarni  (tola,  efir  moyi, 
smola, kauchuk, yog‗och, selluloza va hokazo) ham oladi.Toshko‗mir, neft, torf 
kabi  moddalar  ham  qadimgi  zamonlarda  yer  yuzida  yashagan  o‗simliklardan 


225 
 
paydo  bo‗lgan.  O‗simlik  –  tirik  organizmdir,  u  o‗z  atrofini o‗rab  turgan  muhit 
bilan o‗zaro bir-biriga to‗xtovsiz ravishda ta‘sir qilishib turadi. 
O‗simlik  bizning  atrofimizda,  ko‗z  o‗ngimizda  –  uyimizda,  deraza 
tokchalarida,  stol  ustida,  uyimiz  oldida,  ko‗chalarda,  o‗tloqlarda,  dalalarda, 
o‗rmonlardan  iborat  yashil  manzara  bo‗lib  ko‗rinadi.  Yovvoyi  holda  o‗suvchi 
xilma-xil  o‗simliklarning  ko‗pchiligi  xalq  xo‗jaligi  uchun  foydalidir.  Ular 
orasida juda chiroylisi, zaharlisi, manzarali, texnika o‗simliklari, begona o‗tli va 
hokazolar bor. Yashil o‗simliklarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, u hayot 
uchun zarur bo‗lgan kislorod manbayidir. 
Respublikamizning  tabiiy  boyliklari  ichida  uning  o‗simlik  boyliklari 
muhim  o‗rin  tutadi.  Bular  orasida  oziq-ovqat,  yem-xashak,  kauchuk,  bo‗yoq 
moddalari  beradigan,  vitaminli,  efir  moyli,  dorivor  bo‗ladigan  juda  ko‗p 
o‗simliklar  bor.  Odam  hayoti  butunlay  deyarli  o‗simlik  bilan  bog‗liq  deyish 
mumkin.  Chunki,  insonlar  uchun  zarur  oziq-ovqat,  qandolat,  yoqilg‗i,  kiyim-
bosh,  qurilish  materiallari,  tabiiy  bo‗yoq,  dorivor  xomashyosi,  nihoyat  sanoat-
ning  ko‗p  sohalari  uchun  zarur  bo‗ladigan  xomashyolarni  faqat  o‗simliklar 
beradi. 
O‗zbekistan Respublikasi o‗zining tarixiy-tabiiy omillari va xususan, fizik-
geografik  sharoitiga  muvofiq  xo‗jalik  jihatdan  eng  qimmatli  bo‗lgan 
o‗simliklarning o‗sishi uchun bebaho joy bo‗lib hisoblanadi. Yashil o‗simliklar 
havoni  tozalaydi,  tevarak-atrofimizga  go‗zallik,  chiroy,  estetik  zavq  beradi. 
Dalalarni  shamoldan  himoya  qiladi.  Masalan,  o‗rmonlar,  xiyobonlar,  bog‗lar, 
gulzorlar muhit havosini turli xil gazlardan, tutun va changlardan tozalaydi, tex-
nika,  transport  shovqin-suronlarini  pasaytiradi,  iqlimni  yumshatadi,  tuproqni 
shamol  va  suv  eroziyalaridan  saqlaydi,  suv  bosish,  qor  ko‗chish  va  sel  kelish 
xavfini kamaytiradi. Undan tashqari, yashil maydonlar ham muhim ahamiyatga 
ega.  Inson  tabiat  bilan  doimo  o‗zaro  muloqotda  bo‗lib,  unga  nisbatan  ehtiyoj 
sezadi,  shunga  ko‗ra  u  mumkin  qadar  yashil  maysazorlar  va  gullar  orasida 
bo‗lishga  intiladi.  Yashil  olam  kishilar  ruhiyatiga  yoqimli  ta‘sir  ko‗rsatadi. 


226 
 
Uning hayot tarzini ko‗taradi va estetik tarbiyasining eng muhim vositasi bo‗lib 
xizmat qiladi.     
Respublikamiz o‗simliklar dunyosiga nihoyatda boy va rang-barangdir. 
Ayniqsa,  janubiy  viloyatlarimiz  –  Qashqadaryo  va  Surxondaryoda 
o‗sadigan  dorivor  o‗simliklar  borki,  ular  boshqa  mintaqalarda  umuman 
o‗smaydi  yoki  o‗sganda  ham  o‗zining  shifobaxsh  xususiyati  –  kimyoviy 
tarkiblari, dorivor moddalari bo‗yicha sifat jihatdan bir xil o‗rinda turaolmaydi. 
O‗zbekiston tabiati o‗zining betakror go‗zalliklari, quyosh, havosi, tuprog‗i 
va  suvi  bilan  alohida  ajralib  turadi.  Shuning  uchun  ham  uning  o‗simliklar 
dunyosi  g‗oyat  boy  bo‗lib,  4560  dan  ortiq  yovvoyi  o‗simlik  turlari  o‗sadi. 
Shundan  577  tasi  dorivor  o‗simliklar,  103  turi  bo‗yoqdor  o‗simliklar 
hisoblanadi.  Bu  o‗simliklarning  hammasi  tabiat  va  inson  uchun  juda  zarurdir. 
Biz  haligacha  ko‗pchilik  o‗simliklarning  mohiyatini,  ahamiyatli  tomonlarini 
yetarli darajada o‗rganmaganmiz. 
Agarda  tabiatda  birorta  o‗simlik  yoki  hayvon  turi  yo‗qolsa,  albatta  ular 
orasidagi muvozanat buziladi. 
Ko‗p  o‗simlik  turlari  tog‗dagi  o‗rmonlarda  bo‗lib,  bunday  o‗simliklar 
respublikamizdagi  jami  yerning  11  %  ni  tashkil  etadi  va  u  311ming  gektardan 
iborat  (Tilovov,  2003).  Ko‗p  o‗rmonzorlardagi  daraxtlarning  asosiy  qismini 
archalar  tashkil  etadi.  Bunday  joylarda  xalqimiz  dam  olishi  uchun  oromgohlar 
tashkil  qilingan.  Toshkent  viloyati  Bo‗stonliq  tumani  shahar  aholisining  yoz 
oylarida  dam  olish  maskani  hisoblanadi.  Bu  joylar  o‗simlik  dunyosiga  boy  va 
rang-barangdir.  Afsuski,  shunday  o‗simlik  dunyosiga  boy  go‗zal  tabiatimiz 
insonlar ta‘sirida oyoq-osti qilinmoqda. 
Yana  cho‗l  zonasiga  qaytadigan  bo‗lsak,  Buxoro  viloyatining  qumli 
cho‗llarida o‗sadigan partek, chog‗on, shuvoq, yulg‗un, saksovul, keyreuk kabi 
o‗simliklar  mahalliy  xalq  tomonidan  ketmon  bilan  chopib  olinib,  pilla  qurtiga 
dasta va o‗tin sifatida foydalanilmoqda. 


227 
 
Tog‗  zonasiga  nazar  tashlaydigan  bo‗lsak,  birgina  Bo‗stonliq  tumani 
misolida  yong‗oq  va  bodom  to‗g‗risida  ularning  har  tomonlama  foydali 
xususiyatlarini  har  qancha  gapirsak  ham  kamlik  qiladi.  O‗.Pratov, 
G‗.Shermatovlarning  1991-yilgi  ma‘lumotlari  bo‗yicha,  tabiiy  yong‗oq  va 
bodomzorlar maydonlari keskin darajada qisqarib ketgan. Ulardan o‗tin, qurilish 
materiali  sifatida  ko‗plab  ishlatish  shunday  oqibatlarga  olib  kelgan.  Xumson 
qishlog‗i  atrofidagi  ajoyib  bodomzorlardan  hozirgi  kunda  to‗nkalari  qolgan, 
xolos. 
Shu o‗rinda pista, qayin daraxti, yetmak to‗g‗risida ham gapirsa bo‗ladi. Bu 
o‗simlik  issiq  iqlimli  joylarda  yaxshi  o‗sadi,  juda  sekinlik  bilan,  5–8  yilda 
hosilga  kiradi.  Pistalar  uzoq  yil  yashaydigan  o‗simlik  bo‗lib,  mevali  tabiiy 
o‗simliklar ichida eng noyoblaridan hisoblanadi. Respublikamizning Namangan 
viloyati  Chodaksoy  havzasining  qayinli  soyida  ilgari  qayin  daraxtlarining 
ko‗pligi,  ularning  zich  joylashganligi  to‗g‗risida  qimmatli  ma‘lumotlar  bor. 
Qayinzorlar  –  tog‗li  vodiylarning  o‗ziga  xos  o‗rmonlari  hisoblanadi.  Mahalliy 
aholi  ayniqsa,  cho‗ponlar  qayin  daraxtining  yaxshi  yonishi,  pishiq  qurilish 
materiallari  ekanligi  hamda  dorivorlik  xususiyatlarini  suiste‘mol  qilishmoqda. 
Oqibatda,  havzaning  o‗ziga  xos  o‗simlik  jamoalaridan  biri  butunlay  yo‗qolib 
ketish arafasida turibdi. 
Ma‘lumki, umumbashariy ekologik muammolardan biri yer yuzasi bo‗ylab 
cho‗llanish darajasining kuchayib borayotganligidir. Bu muammo nafaqat cho‗l 
yoki  adir  mintaqasiga,  qolaversa,  tog‗ga  ham  tegishlidir.  Archa,  terak,  qayin, 
zarang,  yong‗oq,  bodom  kabi  daraxtlarni  va  butasimon  o‗simliklarni  turli 
maqsadlar  uchun  ayovsiz  ishlatish  ham  o‗ziga  xos  cho‗llanishni,  eng  muhimi 
tuproq eroziyasini kuchaytiradi. Chodaksoy havzasi hududida joylashgan ayrim 
qishloqlarda  kesilgan  archazorlar  o‗rnida  bug‗doyiqlar,  tikanli  o‗tzorlar, 
butazorlar ikkilamchi ravishda rivojlanmoqda (Tojiboyev, Rahimova, 2000). 
Qayinzorlarni  sun‘iy  ravishda  ko‗paytirish  oqilona  yo‗lga  qo‗yilgan 
taqdirda  tabiatni  bu  ajoyib  o‗simlik  turi  bilan  boyitibgina  qolmay,  aholini  shu 


228 
 
bilan  bog‗liq  bo‗lgan  ayrim  muammolarini  hal  etish  mumkin.  Chunki,  qayin 
daraxtidan  xalq  xo‗jaligining  tibbiyot,  parfumeriya  kabi  sohalarida  keng 
foydalaniladi. 
Undan  tashqari,  mahalliy  aholining  tabiatga  nisbatan  ongli  munosabatiga 
ham katta umid bilan qarashimiz kerak. Tabiatimiz ko‗rkini to‗la saqlab qolish 
masalasi mohiyatini to‗la tushunib yetmas ekanmiz, uning betakror boyliklarini 
birin-ketin  yo‗qotishimsiz  muqarrar.  Bilasizki,  tabiat  insonlar  tomonidan  yo‗l 
qo‗yilgan xatolarni kechirmaydi. 
O‗zbekistonda  yetmak  asosan  G‗arbiy  Tyan-Shan  adirlarida,  Farg‗ona 
vodiysida,  Zarafshon  tog‗  etaklarida,  Sangzor,  Qashqadaryo  va  Surxondaryo 
havzalarida  o‗sadi.  «Botanika»  IIChM  xodimlari  (Allanazarova,  Rahimova, 
Raxmonqulov va boshqalar) O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish 
Davlat  qo‗mitasi  homiyligida  (1995–98-yy.)  tog‗li  hududlarda  yetmakning 
arealini  o‗rganib  chiqishgan.  Yetmak  rejasiz,  muhofaza  talablariga  rioya 
qilmasdan  foydalanishlari  oqibatida  uning  zaxiralari  keyingi  yillarda  keskin 
kamayib ketgan. Natijada bu o‗simlikni muhofaza qilish uchun «Qizil kitob» ga 
kiritildi.  Shunga  qaramasdan,  hozirgi  kunda  ham  uning  zaxiralari  antropogen 
omillar  ta‘sirida  kamayib,  ayrim  joylarda  esa  butunlay  yo‗qolib  ketmoqda. 
Ayniqsa,  Farg‗ona  vodiysida  adirlar  o‗zlashtirilib,  yetmak  zaxiralari  kamayib 
ketgan. Yetmakdan sanoat  uchun  zarur saponin  moddasi bo‗lib, undan ko‗pikli 
ichimliklar  tayyorlashda,  parfyumeriyada,  qandolat  mahsulotlari  (holva, 
parvarda,  nisholda)  tayyorlashda  qo‗llaniladi.  Bundan  tashqari,  rangli 
metallurgiyada,  tibbiyotda,  to‗qimachilik  va  qurilish  sanoatida  ham  ishlatiladi. 
1962-yilgacha  etmak  Namangan  viloyatining  bir  qancha  tumanlaridan  yig‗ib 
olingan  bo‗lsa,  hozirgi  kunda  bu  tumanlarda  yetmak  umuman  uchramaydi, 
Sababi,  adirlarning  o‗zlashtirilganligi,  o‗simlikning  biologik  xususiyatini 
bilmaslik,  rejasiz  qazib  olinishi  kabi  antropogen  omillar  uning  kamayib, 
yo‗qolib  ketishiga  olib  kelgan.  Bu  esa  tabiatda  tarixan  tashkil  topgan 


229 
 
muvozanatning buzilishiga, ya‘ni ko‗plab foydali o‗simliklar, o‗simlik jamoalari 
hamda ekotizimlarning o‗zgarishiga olib kelmoqda. 
Yana  yovvoyi  holda  o‗sadigan  qatrong‗i,  xurmo,  nok,  olma,  jilonjiyda 
(unabi), tok (uzum), archalar, kamyob dorivor o‗simliklar (omonqora), kamyob 
ziynatli  o‗simliklar  (lolalar),  to‗g‗risida  ham  gapirishimiz  mumkin.  Bunday 
o‗simliklar  inson  tomonidan  yo‗q  qilinishiga  emas,  balki  insonning  yordamiga 
muhtoj va ularni muhofaza qilishga e‘tiborni kuchaytirish lozim. 
Insonning  salbiy  ta‘siri  oqibatida  Respublikamizdagi  o‗rmonzorlar 
maydoni  keyingi  yillarda  4–5  marta  kamayib  ketdi.  Ko‗plab  qimmatli  o‗simlik 
turlari yo‗qolib ketgan. Hozirgi vaqtda o‗rmonlar maydonining keskin qisqarish 
jarayonlari  davom  etmoqda.  Yangi  yerlarni  o‗zlashtirish,  atrof-muhitning 
ifloslanishi  oqibatida  o‗simlik  turlari  kamayib  bormoqda.  Bu  esa  o‗simliklar 
genofondining kamayishiga olib keladi. 
Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o‗simliklarni muhofaza qilish va 
ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun 
turli tadbirlar o‗tkaziladi. 
XIX  asrdan  boshlab  qo‗riqxonalar,  milliy  bog‗lar,  davlat  buyurtmalarini 
tashkil  qilish  faoliyati  tezlashgan.  Bunday  alohida  muhofaza  qilinadigan 
hududlarda  yo‗qolib  borayotgan  noyob  o‗simlik  va  hayvon  turlari  muhofaza 
qilinadi.  Noyob  va  yo‗qolib  borayotgan  turlarning  muhofazasiga  e‘tiborni 
kuchaytirish uchun 1966 yili tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan 
xalqaro  «Qizil  kitobi»  tashkil  qilindi.  «Qizil  kitob»  faqatgina  xatar  darakchisi 
bo‗lib qolmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi ham hisoblanadi. 
«Qizil  kitob»  ayrim  viloyatlar,  mamlakatlar  yoki  butun  dunyo  bo‗yicha 
kelajakda  xavf  ostida  turgan  o‗simlik  va  hayvonlar  haqida  ma‘lumotlarga  ega 
bo‗lgan rasmiy hujjatdir.  
Tabiatdagi  mavjud  o‗simliklarning  400  dan  ortiq  turlari  (10–12%)  kam 
uchraydigan endemik va relikt turlardan hisoblanadi. Bunday o‗simliklardan 163 
turi  1984-yili  nashr  etilgan  O‗zbekistonning  «Qizil  kitobi»  ga  kiritilgan  bo‗lib, 


230 
 
ular  yo‗qolib  ketish  xavfi  ostida  turgan  o‗simlik  turlaridir  (Belolirov  va 
boshqalar, 1997). Bu kitobga kiritilgan o‗simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish 
Xalqaro  uyushmasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  klassifikatsiyaga  binoan,  4 
kategoriyaga ajratiladi. Ular quyidagilardan iborat: 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish