Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

 
 


195 
 
Tuproqda o‗z-o‗zini tozalash jarayoni 
 
Har  kuni,  har  soatda  tuproqqa  tushadigan  ko‗p  miqdordagi  chiqindi 
axlatlarning tarkibida mikroblar, viruslar, gijja tuxumlari, organik moddalarning 
chirishi  inson  hayotining  allaqachonlar  tugatishi  yoki  chidab  bo‗lmaydigan 
ahvolga solib qo‗yishi mumkin edi. Faqat tuproqda bo‗ladigan juda kuchli o‗z-
o‗zini  tozalash  biologik  jarayon  tufayli  falokatni,  xavfli holatning  oldi  olinadi. 
Uning  ustiga  odamlarning  o‗zlari  ham  zararli  chiqindilarni  zararsiz  holatga 
keltirishni  borgan  sari  takomillashtirmoqdalar,  ko‗p  chiqindilardan  xalq 
xo‗jaligida foydalanish mumkinligini isbotlamoqdalar.  
Tuproqda tabiiy holatda kechadigan o‗zini-o‗zi tozalash jarayoni sanitariya 
va epidemiologiya nuqtayi nazaridan asosiy hamda o‗ta zarur jarayondir. 
O‗z-o‗zini tozalash jarayonida: 
–  tuproq  tarkibidagi  organik  moddalar  minerallashadi  va  oxir  pirovardida 
mineral tuzlarga aylanadi. 
– patogenli bakteriyalar, ayniqsa ichak bakteriyalari guruhi va entorviruslar 
o‗ladi; 
– gijja tuxumlari yashash qobiliyatini yo‗qotadi. 
Tuproq  normal  holatda  mayda  yumaloq  agregatlardan  iborat,  katta-kichik 
zarrachalar 2–10 mmk bo‗lib, oralarida bo‗shliq g‗ovaklari mavjud, ular tuproq 
donachalarini  havo  bilan  ta‘minlaydi,  tuproqni  shamollashiga  va  namlanishiga 
yordam  beradi.Bu  esa  o‗z  navbatida,  tuproqda  kechadigan  jarayonlarni 
jadallashtirishga  imkon  tug‗diradi.  Tuproq  donachalari  o‗z  atrofida  biologik 
parda bilan o‗raladi, bu parda filtrlanish jarayonida o‗ziga erigan va qalqiydigan 
moddalarni shimadi. 
Tuproqda organik moddalarning parchalanishi ikki bosqichda o‗tadi: oldin 
moddalarning  minerallashuvi  yuz  beradi,  keyin  esa  nitrifikatsiya  bosqichlari 
o‗tadi. 


196 
 
Minerallashuv  jarayoni  havo  qatnashgan  aerob  sharoitda  yoki  havosiz 
anaerob sharoitda ham kechishi mumkin. Sporasi bo‗lmagan, achitish jarayonida 
qatnashadigan  mikroblar  tuproq  donachalaridagi  biologik  pardada  so‗rilgan 
organik moddalarning ta‘sirida anaerob sharoitida parchalana boshlaydi. 
Organik  moddalarning  parchalanishida  tuproqdagi  ko‗pchilik  bir 
hujayralilar,  chuvalchanglar,  mog‗orlar,  hasharotlarning  tuxumidan  chiqqan 
qurtlari ham qatnashadi. Natijada: 
a) karbon suvlar – suvga va karbonat angidridga parchalanadi;  
b)  yog‗lar  oldin  yog‗  kislotalarga,  glitseringa,  so‗ngra  ular  suvga  va 
karbonat angidridga parchalanadi; 
d) 
protsolitik 
jarayonlar 
yordamida 
murakkab 
oqsil 
moddalar 
aminokislotalarga va ammiakka aylanadi; 
e) oqsil tarkibidagi oltingugurt serovodorodga aylanadi. 
Anaerob  jarayonida  parchalanayotgan  organik  moddalar  o‗zidan  juda 
sassiq  gazlar:  ammiak,  uglevodorod,  merkaptan  moddalari  bilan  tashqi  havoni 
ifloslantiradi.  Aerob  sharoitda  oksidlanish  ustun  turadi,  qo‗lansa  hidli  gazlar 
ajralmaydi.  Lekin  bu  jarayonlar  bilan  tuproqning  o‗z-o‗zini  tozalashi  tamom 
bo‗lmaydi,  jarayonning  2-bosqichi,  ya‘ni  nitrafikatsiya  boshlanadi.  Azot 
moddasini ushlovchi birikmalar ta‘sirida nitrifikatsiya jarayoni katta ahamiyatga 
ega. Azot ushlovchi birikmalar bu fazasida S.N.Vinogradov tomonidan topilgan 
aerob mikroblari faol ishtirok etadi. 
Oksidlanish jarayoni yordamida: 
a)  vodorod  sulfit  sulfat  kislotasiga  va  sulfat  kislota  tuzlariga  (sulfatlarga) 
aylanadi. 
b) karbonat kislotasi karbonat kislotasi tuzlariga (karbonatlarga) aylanadi. 
d) fosfor esa fosfor kislotasiga (fosforlarga) aylanadi. 
Gumus qoramtir organik kislotalarga boy, murakkab kimyoviy tarkibga ega 
bo‗lgan  birikmadir.  Gumus  tarkibida  gumin,  ulmin,  kron  kislotasi,  ligninlar, 
proteinlar,  karbon  suvlar,  yog‗lar,  organik  kislotalar  va  boshqa  karbonat 


197 
 
moddalar bor. Gumus o‗simlik ozuqasiga aylanadi. Gumusda azot moddasi ko‗p 
bo‗lishiga  qaramay  sasimaydi,  yomon  hidlar  chiqarmaydi,  pashshalarni  o‗ziga 
tortmaydi. 
Organik  azot,  ammiak,  organik  karbon,  har  xil  tuzlar  va  sanoat 
korxonalarining  boshqacha  chiqindilari  tuproqni  kimyoviy  moddalar  bilan 
ifloslaydi. Tuproq tarkibida tirik jonlarning mavjudligi sababli, unga tashlashgan 
organik  moddalarning  parchalanishi  natijasida  mineralizatsiya  jarayoni 
tezlashadi va tuproqda tozalanish jarayoni kechadi. Tuproq juda ifloslansa unda 
bu ko‗rsatkich 0,70 ga teng bo‗ladi (N.I.Xlebnikov 1968-y.). 
Tuproqning  gijja  tuxumlari  bilan  ifloslanganligini  bilish  uchun  bir  kg 
tuproqda gijja tuxumlarining soni aniqlanadi (26-jadval). 
26- jadval 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish