Buxoro davlat tuzumiga ko'ra mutlaq monarxiya davlati edi. Davlat tepasida amir, ya'ni yakka mustabid hukmdor turgan. Hukmdor rasman cheklanmagan huquqqa ega bo'lib, butun hokimiyat uning qo'lida to'plangan. Amir ayni paytda davlatning ma’naviy rahnomasi ham edi.
Buxoro amiri Amir Olimxon
U davlatni o'zi ishongan eng oliy toifadagi amaldorlar (arkoni davlat) ga tayanib idora qilgan. Hukmdor amalda davlatni boshqarishda eng nufuzli qabilalarning boshliqlari bilan hisoblashib ish tutgan. Amirlikda davlat boshqaruvi sohasida ayrim islohatlar o’tkazilgan. Chunonchi, Ashtarxoniylar davrida mavjud bo’lgan boshqaruvning dargoh va devonlar tizimi tugatildi. Dvlat vazifalarini ijro etish to’g’ridan-to’g’ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir nufuzli davlat arbobi qo’lida to’planuvchi tartib joriy etildi. Unga ko’ra Qo’shbegi lavozimiga davlat maqomi berildi, ya’ni u davlatda amirdan keyingi ikkinchi shaxsga aylandi. Shuning uchun ham u amir arkida yashagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |