Ahmad Yugnakiy va uning “Hibatul-haqoyiq” asari. Reja


Sanga ranj, anga ganj berikli ug’on



Download 25,86 Kb.
bet6/7
Sana24.04.2022
Hajmi25,86 Kb.
#579423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dokument microsoft word 7

Sanga ranj, anga ganj berikli ug’on,
Jaza’ qilma, yo ranj idisi turup.
Shoir bu bilan ham cheklanib qolmaydi; u jafo chekuvchilarni zolimlarga qarshi bosh ko’tarmaslikka, balki ularga sodiq va vafodor bo’lishga da’vat qiladi:
Jifo qildachingg’a yonut qil vafo,
Orimas necha yusa qon birla qon.
U kishilarni xudojo’ylikka, toat-ibodat qilishga, bandalik qoidalariga to’la sodiq bo’lishga chaqiradi, islom g’arib bo’ldi, xudoga tobelik majoziy bir narsaga aylanib qoldi deb shikoyat qiladi:
G’arib erdi islom, g’arib bo’ldi boz,
Ibodat riyo bo’ldi, obid-majoz.
Xarobat o’rami bo’lub obodon,
Xarob bo’ldi masjid, butun benamoz.
«Bu kun bor yorin yo’q bu dunyo nangi»-»Dunyoning buyumlari bugun bor-u, ertaga yo’q» degan shoir dunyoni bir rabotga, hayotni karvonga o’xshatadi:
Bu ochun biliklik yizin izlashil,
Robotqa tushukli tushar ko’chkuluk.
Ung orqish o’zadi qo’pub yo’l tutib,
O’ngi qo’nmish orqish necha ko’chkuluk.
Ahmad Yugnakiyning fikricha, «foniy dunyo» zaharli ilonga o’xshaydi, u rohat ko’rish uchun emas, balki azob chekish uchun yaratilgan, uning turli-tuman achchiq tomonlariga ko’nikish, ularga sabr-chidam bilan bardosh berish kerak; baxt-rohat esa tushdir, xayol yoki qushning bir zumda uchib o’tishidir:
Yozingi bulut-tak yo tush-tak xoli,
Darangsiz kechar baxt yo qush tak uchar.


...Niqob ko’trur ochun, birar yuz ochar,
Yozar qo’l quchar-tak, yana tark qochar.
Dostonning badiiy xususiyatlari va tili


«Hibatul haqoyiq»da axloq-odob masalalari
«Hibatul-haqoyiq» avtori biror voqeani, sarguzashtni hikoya qilish vazifasini emas, balki ilm-ma’rifat, axloq-odob va boshqa masalalar haqida mulohaza yuritib, kishilarga o’git berish vazifasini o’z oldiga qo’yadi. Shunga ko’ra, "«ibatul-haqoyib"«didaktik doston bo’lib, bu uning badiiy xususiyatlari va uslubini belgilaydi. Garchi dostonda voqeaviy syujet bo’lmasa ham, uning boblari mazmuni va mohiyati bilan o’zaro uzviy bog’lanib, bir butun kompozision qurilishni vujudga keltiradi. Avtor dostonning boblarida turli xil hodisa, xislat va tushunchalarni muqoyasa qilish va ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish asosida ulardan har birining o’ziga xos ijobiy yoki salbiy tomonini ochadi, yaxshilarini e’tirof va targ’ib qiladi, yomonlarini qoralaydi va rad etadi. Bu usul avtorga dostonda qo’yilgan masalalarni ma’lum qarshilantirish asosida yoritish va yakunlash, mulohazalardan kelib chiqadigan o’gitning ta’sirini kuchaytirish va asarning badiiy qimmatini oshirish imkonini beradi. Ma’rifat bilan jaholat, saxiylik bilan baxillik, to’g’rilik bilan egrilik, xushtavozelik bilan odobsizlik va boshqalar mana shunday muqoyasa qilish va qarama-qarshi qo’yish usuli bilan yoritiladi.
«Hibatul-haqoyiq»da ko’proq uchraydigan badiiy til vositalaridan biri o’xshatishdir. Ahmad Yugnakiy ba’zan tradision o’xshatishlarni takror-takror ishlatsa ham, lekin u yangi va asl o’xshatishlar ham yarata olgan. Dostonning muqaddimasida avtor Dod-sipahsolorni dengizga va o’zini yomg’ir tomchisiga o’xshatadi. Biroq bu tomchi shunday tomchiki, u dengizga tushib, sadafdan qimmatli dur yasaydi. Bilimli kishi qimmatbaho oltinga, johil kishi arzimas, qalbaki aqchaga, bilimli ayol er kishiga, bilimsiz er ayolga, bilimli ilikli suyakka, bilimsiz iliksiz suyakka, qaramsiz kishi mevasiz daraxtga, dunyo karvonsaroyga, to’g’ri so’z asalga, yolg’on so’z og’izni achituvchi piyozga o’xshatiladi va hokazo.
Shoir asalari, xarobot-obodon, ming-bir, atlas-bo’z kabi tazod usulini bulut uyaladi, dunyo (bir go’zal kabi) o’z betidan chodirini oladi, ya’ni tong otadi kabi metaforalarni; ula-eshit va ula-bog’langin, ertagil-surgin va ertagil -er degin kabi so’z o’yinlarini ustalik bilan ishlatadi. Shu bilan birga u takrir, alliterasiya kabi poetik usullarni ham qo’llaydi. Bular she’riy misralarning mazmunini boyitish va uning badiiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi.
«Hibatul-haqoyiq»ning muqaddima boblari g’azal yo’lida qofiyalangan bo’lib, boblar xalq qo’shiqlariga xos «a-a-b-a» to’rtlik tarzida qofiyalangan. Biroq ayrim o’rinlarda to’rtlik qofiyasi buziladi. Bu holat kitobdan nusxa ko’chirishda kotiblarning e’tiborsizligi bilan sodir bo’lganmi yoki aslida shunday bo’lganmi-aytish mushkul. Dostonda «unun-urun» kabi och qofiya ishlatish, radifni qofiya o’rnida qo’llash hollari ham ba’zan ko’rinadi. Biroq dalillar Ahmad Yugnakiy she’r tuzilishi qoidalarini yaxshi egallamagan degan xulosaga olib kelmaydi. Aftidan, shoir bunday hollar misralarning umumiy mohiyatiga putur etkazmaydi deb o’ylagan bo’lsa kerak.
«Hibatul-haqoyiq» qadimgi turkiy adabiy tilining qimmatli yodgorligidir. «Hibatul-haqoyiq»da «Qutadg’u bilig»dagidek qadim (kiyim), kelinki (keyingi), adoq (oyoq), qo’d (qo’y-»qo’ymoq» fe’lidan) kabi so’zlardagi «d» arxaik elementi, adiz (baland), ochun-ajun (dunyo), akshi (karvon), chig’ay (qashshoq, gado) kabi arxaik so’zlar sezilarli darajada uchrasa ham, lekin bu dostonning tili «Qutadg’u bilig»ning tiliga nisbatan keyingi adabiy yodgorliklarning tiliga xiyla yaqinroqdir. Bu hol eski turkiy adabiy tilining turli shevalar hisobiga va ma’lum darajada fors-tojik va arabcha so’zlarni o’zlashtirish yo’li bilan taraqqiy etib borganini ko’rsatadi.
Xalq maqollari va ta’birlari dostonning tilini ham, mazmunini ham birmuncha boyitadi. Xalq maqollariga alohida e’tibor bergan shoir bunday degan edi:



Download 25,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish