Ahmad Yugnakiy
Yugnakiy, Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri,
Samarqand, Yugnak qishlogʻi — 13-asr 1-
yarmi, ?) — shoir, mutafakkir. Tarjimai holi
haqida deyarli maʼlumot yoʻq. "Hibat
ulhaqoyiq" ("Haqiqatlar tuhfasi") asari
bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida Adib
Ahmad ismi tilga olinadi. Asar
nusxalaridan biriga temuriy
amaldorlardan Arslonxoja Tarxon
tomonidan ilova qilingan 10 baytli
masnaviyda Yu. haqida baʼzi maʼlumotlar
mavjud. Undan maʼlum boʻlishicha, Adib
Ahmad Yugnak degan soʻlim va bahavo
joyda tugʻilgan. Otasining oti Mahmud
Yugnakiy boʻlgan. Kitobi adabdan iborat
boʻlib,nomi —"Hibat ulhaqoyiq". Kitob
koshgʻariy tilda sheʼriy yoʻl bilan yozilgan.
"Qutadgʻu bilig"dan 1—2 a. keyin
yaratilgan bu asar oʻzbek mumtoz
adabiyotining noyob durdonasi
hisoblanadi. Alisher Navoiy "Nasoyim
ulmuhabbat" tazkirasida Yu.ni Oʻrta
Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga
qoʻyib, uning tugʻma koʻrligi xususida
soʻzlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaroʼtt
oʻgʻli Badiuzzamonga yozgan xatlaridan
birida ham "Hibat ulhaqoyiq"dan
parchalar keltiradi. "Hibat ulhaqoyiq"
asari shoir haqidagi maʼlumotlarni
birmuncha toʻldirishga, Yu. yashab ijod
etgan davrni tahlil qilishga imkon beradi.
YU. tugʻilgan joy olimlar oʻrtasida koʻp
tortishuvlarga sabab boʻlgan.
Samarqand, Fargʻona va Turkistonda
Yugnak degan joy borligi aytilsada,
koʻpchilik uni Samarqand atrofida
deyishga moyil va keyingi tadqiqotlar bu
fikrning toʻgʻriligini tasdiqlaydi. 12-asrda
yashagan mashhur muarrix Abulkarim
asSamʼoniy "AlAnsob" ("Nasabnoma")
kitobida yozadi: "Bu nisba (taxallus)
"Yugʻanak"dan va bu (joy) Samarqand
qishloqlaridan. Bu nisba bilan Abuhomid
Ahmad ibn Abu Ahmad alYugʻanakiy
mashhurdirlar".
Shoir "Hibat ulhaqoyiq"ni tugatib, uni
hukmdori Dod Sipohsolorbekka taqdim
etadi. Mashhur sharqshunos olim
Ye.E.Bertels bu asar qadimiy oʻzbek
adabiy tilidan mumtoz oʻzbek adabiy
tiliga oʻtishda bir koʻprik boʻlganini aytadi.
Asar tilida qadimiy turkiy soʻzlardan koʻra,
arab va fors soʻzlarining koʻp qoʻllangani
shundan dalolat beradi. Yu. bu asari bilan
oʻzbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga
katta hissa qoʻshgan.
"Hibat ulhaqoyiq" 14 bob, 512 misradan
iborat. Dostonning 1bobi Allohga hamd,
2bobi Muhammad (sav) naʼti va
choryorlar taʼrifiga, 3bobi Dod
Sipohsolorbek madhiga bagʻishlangan.
4bobda kitobning yozilish sabablari
bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima
bobdan soʻng asosiy qismga oʻtiladi.
5bob — maʼrifatning foydasiyu
jaholatning zarari, bbob — til odobi, 7bob
— dunyoning oʻtkinchiligi, 8 bob —
saxiylik va baxillik, 9 va 10boblar turli
masalalarga bagʻishlangan boʻlib, 11bob
— kitobning xotimasi (asarning 1480 yil
Istanbulda Abdurazzoq Baxshi
tomonidan koʻchirilgan nusxasida 11 bob
mavjud — 3 bob yo tushib qolgan, yo
boshqalariga qoʻshilib ketgan).
YU. oʻzini shoir emas, balki adab
muallimi, deb hisoblagan. Oʻziga xos
axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni
karim va Hadisi sharif maʼnolari
singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq
qilish, komil insonni tarbiyalab
yetishtirish maqsadi bilan yozilgan.
"Hibat ulhaqoyiq" ilk bor uygʻur yozuvida
bitilgan. Uning nusxalari koʻp boʻlib,
ularda asar hajmi turlicha. Hozircha
maʼlum qoʻlyozmalardan 3 tasi (biri
uygʻur yozuvi, ikkinchisi arab va uygʻur
yozuvi, uchinchisi esa arab yozuvi bilan
bitilgan) toʻliq, qolganlari parchalardan
iborat. 1444 yil Samarqandda
Zaynulobidin baxshi, 1480 yil Istanbulda
Abdurazzoq baxshi va Turkiyaning
Toʻpqopi kutubxonasidagi nomaʼlum
kotib tomonidan koʻchirilgan
qoʻlyozmalar eʼtiborli nusxalar
hisoblanadi. Asarni 1marta turk olimi
Najib Osimbek topib (inv. №4757), nashr
ettirgan (qisqartirilgan nashri — 1906,
toʻliq nashrlari1916, 1925). Keyin 1951 va
1992 yillarda uni R.R. Arat soʻzboshi,
izohlar va 6 ta nusxasining faksimilesi va
Turkiyada 16-asrda koʻchirilgan arab
yozuvidagi nusxasining tarjimasi bilan
nashr ettirgan. Oʻzbekistonda asardan
parchalar Fitrat, Oybek, P.Shamsiyev,
S.Mutallibovlar tomonidan oʻzbek
adabiyoti namunalaridan tuzilgan
majmualarda eʼlon qilingan. Soʻng u
Q.Mahmudov tomonidan alohida kitob
holida eʼlon qilindi (1968; 1971). Oʻtgan
asr oxirlarida uygʻur olimlari H.Temur va
T.Ayyub, qozoq olimlari E.Qurishjonov va
boshqaSogʻindiqovlar uni asl matni,
tarjima va fotonusxalari bilan nashr
ettirganlar. Shuningdek, Ye.E.Bertels,
Fitrat, Fuod Koʻprulu, T.Takin, E.Rustamov,
N.Mallayev, A.Qayumov, A.Hayitmetov,
A.Rustamov, M.Imomnazarov, B.Toʻxliyev,
N.Rahmonov, I.Haqqulov, G.Xoʻjanova va
boshqalar Yu. va "Hibat ulhaqoyiq"
haqida u yoki bu darajada tadqiqot
ishlarini olib borganlar.
Manbalar
Hibat ulhaqoyiq, T., 1968, 1971;
Qadimgi obidalar, T., 1972; Qadimiy
hikmatlar, T., 1987; XI—XIV asrning
turkiy yodgorliklari, T., 1994.
Alisher Navoiy, Nasoyim ulmuhabbat
[Mukammal asarlar toʻplami], 17j., T.,
2001; Abdurauf Fitrat, "Hibat
ulhaqoyiq" [Tanlangan asarlar, 3 j.li], 2j.,
T., 2000; Mahmudov Q., Ahmad
Yugnakiyning "Hibat ulhaqoyiq" asari
haqida, T., 1972; M a l l a ye v N.,
Oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1976; Oʻzbek
adabiyoti tarixi [5 j.li], 1j., T., 1978;
Buyuk siymolar, allomalar, 1-kitob, T.,
Adabiyot
1995; Xoʻjanova G., "Hibat ulhaqoyiq"
haqiqatlari, T., 2001.
Ergash Ochilov.
Oʻzbek adabiyoti
•Milodiy VII asrgacha
•VIII-XIII asrlar (Qadimgi)
•XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
•XVI-XIX asrlar (Mumtoz)
•XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
•1905-30 yillar (Jadid davri)
•1930-80 yillar (Sovet davri)
•1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Adib Ahmad Yugnakiy (XII — XIII asrlar)
Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy,
yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy
didaktik adabiyot namoyandasi.
Fargʻona vodiysining Yugʻnoq qishlogʻida
tugʻilgan, «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqat
sovgʻalari») asari Fargʻona hukmdori Dod
Sipohsolor bekka bagʻishlangan.
Navoiyning taʼriflashicha, tugʻma koʻr
boʻlgan. Asarning arab va uygʻur
yozuvidagi qoʻlyozma nusxalari (XV
asrda koʻchirilgan) Istanbulda saqlanadi.
Asar 14 bobni tashkil qilgan Qurʼon va
Hadis hikmatlarining badiiy sharhidir.
Taʼlimiy doston janriga mansub bu
asarda ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon
qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi
axloqiy muammolar talqini berilgan. Adib
Ahmad yashagan davri va joyi haqida
adabiyotshunoslikda turli qarashlar
mavjud. Asarining toʻla matni (izoh va
nasriy bayon) eʼlon qilingan, rus olimlari
S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov,
I.Stebleva; turk olimlari F.Koʻprulu,
N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va oʻzbek
olimlari Fitrat, Q.Mahmudov, I.Haqqulov,
M.Imomnazarov, H.Boltaboevning
tadqiqot va maqolalari bor.
Nashr qilingan manbalar
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq.
Kitobda: Q. Mahmudov. Ahmad Yugnakiy
va uning «Hibatul-haqoyiq» asari
toʻgʻrisida. — T.: 1972;
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq
(nashrga tayyorl. Q. Mahmudov) -T.:
1972.
Fitrat. Hibatul-haqoyiq.. «Tanlangan
asarlar». (nashrga tayyorl.H.Boltaboev).
2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000;
Q.Mahmudov. XII—XIII asrlar adabiy
manbalarining fonetikasi. — T.: 1994;
H.Boltaboev. Butun ehtimollarning
kuchlisi. «Oʻzbekiston adabiyoti va
Ilmiy adabiyot
sanʼati», 1997. 13 iyun.
G.Xoʻjanova. «Hibatul-haqoyiq»
haqiqatlari. — T.: 2001.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Ahmad_Yugnakiy&oldid=20050
32
" dan olindi
So‘nggi tahrir 10 oylar avval Plane…
Do'stlaringiz bilan baham: |