Ahmad Al Farg'oniy o'rta osiyolik mashxur mutafakkir Reja: Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ijodi


Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili



Download 408,34 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2023
Hajmi408,34 Kb.
#914651
1   2
Bog'liq
Ahmad Al Farg\'oniy o\'rta osiyolik mashxur mutafakkir Reja Ahmad

2. Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili
Guvohi bo’lganimizdek, Ahmad al-Farg’oniyning tabiiy va ilmiy qarashlari juda ham boy. Uning asosiy tadqiqot mavzusi astronomiya, jug’rofiya va geodeziya sohalarida edi. U ilmiy ishlar bilan bir qatorda, muhandislik, me’morlik va irrigatsiya sohalarida ham katta tadbirga bosh bo’ldi. U me’mor, suv injeneri, to’g’on qurish mutaxasisi bo’lmasada, uning boshchiligida qilingan ishlar o’sha davr fanining eng ilg’or g’oyalariga asoslangan edi. O’z tadqiqotlarining natijalarini arab, eron, yunon, fors, Misr va boshqa mamlakat olimlarining ilmiy xulosalari bilan solishtiradi. Farg’oniy fikricha, osmon doiraga o’xshashdir, negaki samoviy jismlarning burchakli harakatlari tezligi bir xildir. Yer ham doiradir. Uning kattaligi osmon diametriga nisbatan ozginadir. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, inson hamisha osmonning teng yarmini ko’radi.
Aniqlanishicha, Ptolomeyda Quyosh va Oy bilan Yer orasidagi masofa haqida ma’lumot berilganligi al-Farg’oniyga ma’lum edi. Al-Farg’oniy sayyoralar va yulduzlar masofalarini ularga qo’shdi. Oy va Quyosh tutilishlarini tatbiq qilib, voqealar vaqt oralig’ini aniqlab berdi. Shundan so’ng astronomiya fani kelgusida sodir bo’ladigan voqealar ilmiga aylana boshladi.
Hali geliotsentrizm sharpasi yo’q zamonda al-Farg’oniy, Yer eng kichik yulduzdan ham kichikdir, degan fikr bilan maydonga chiqdi va unga asos qilib, Yer radiusi Osmon radiuslaridan juda ozligini aytdi. Yer shari go’yo bir nuqta bo’lib, uning kata kichikligini bilish uchun yerning diametrini, binobarin, uning meridian uzunligini o’lchash nihoyatda murakkab nazariy va amaliy masala ekanligi aniq edi. Al-Farg’oniyning bu ishiga Beruniy ham yuqori baho bergan.
Jumladan, u Dajla daryosiga tutashgan, tarixda Ja’fariya nomi bilan atalgan kanalning qazilishida rahbarlik qilgan. Shuningdek, 861 yida Fustotda (Qohira shahrining qadimiy nomi) barpo etilgan nilometr (Nil daryosi sathini o’lchash uchun mo’ljallangan inshoot) ham o’z davrida tengi yo’q edi. Alloma bu qurilishga o’zining shaxsiy mablag’larini ham sarfladi. Vujudga kelgan inshoot Misrda dehqonchilik, soliq tizimi sohalarida islohotlarni amalgam oshirishga sharoit yaratdi. Hokimiyat nilometrdan dehqonlardan olinadigan soliq miqdorini belgilashda foydalandi.
Ahmad al-Farg’oniy va Xristofor Kolumb o’rtasida o’ziga xos sirtqi munosobat vujudga kelgan. Xristofor Kolumbning shaxsiy kutubxonasida Farg’oniyning kitoblari va chizgan xaritalari ham mavjud bo’lgan. Bunga sabab Kolumbning xotini Portugal sayyohlaridan birining qizi bo’lgan. Portugallar azaldan arab xaritalaridan foydalanishgan. Umuman, Yevropa sayyohlari orasida al-Farg’oniy tuzgan xaritalar o’z mufassalligi va aniqligi bilan shuxrat qozongan hamda e’tiborli manbalardan bo’lgan.
Al-Farg’oniy Bag’doddagi Ma’mun akademiyasidagi faoliyati davomida rasadxonada ishlaydi. 1022 dan ortiq yulduz va sayyoralar ro’yxatga olinib, ularga xarita tuziladi. Olim koinotni ilmiy o’rganish va tahlil etishning yangi usullarini o’ylab topadi, ularni amaliy qo’llash bobida katta muvaffaqiyatlarga erishadi.
Astronomik tadqiqotlar olib borishda olim o’zidan avval o’tgan barcha allomalarning mavjud asarlarini ilmiy tahlildan o’tkazadi. Shu bilan birga qadimgi yunon olimlarining asarlarini mukammal egalladi, ularga tanqidiy yondashib, xatolarni asosli ravishda tuzatib chiqdi hamda mazkur fanlar rivojini yanada yuqori bosqichga ko’tardi. Ayniqsa, Klavdiy Ptolomeyning “Sintaksis Majesta” (“Ulug’ tartibot”) asari unga ko’mak beradi. Olim mazkur kitobni ilmiy o’rganib, tahlil etibgina qolmay, balki unga sharhlar ham yozadi. Ahmad al-Farg’oniy qadimgi yunon olimlari amalga oshira olmagan ishni bajaradi, ya’ni Yer va boshqa sayyoralar o’rtasidagi masofani aniqlab beradi.
Ma’lum bo’lishicha, samoviy jismlar harakatini Nyuton va Laplas massa harakatining dinamikasi shaklida, Kepler geometrik yo’sinda bayon etishgan bo’lsa, al-Far’oniy jadvallar shaklida izohlagan. Jadvalning fazilati – uning jonli mushohadalik tabiatidir.
Stereografik proyeksiyalar nazariyasining kashfiyotchisi al-Farg’oniydir. Quyosh, Oy, sayyoralar, yulduzlarning, binobarin, osmonning kelajak manzarasini bilish uchun geometrik – kinematik usul qabul qilib olinishida usturlob(astrolyabiya) asbobining ahamiyati katta bo’lgan. Osmon gumbazida mavhum ravishda joylashtirilgan meridian, ekvator, ekliptika, azimut, koordinata o’qlari va tizimlari, burchaklar, nuqtalarning doira asbobga proyeksiyalarini tushirish ancha qulayliktug’dirdi. Bu asbob oldin ham bor edi, lekin uning nazariyasini faqat al-Farg’oniy kashf etadi.
Shuningdek, Sinjor sahrosida al-Farg’oniy va Movarounnahrlik boshqa qator olimlar ishtirokida olib borilgan o’lchashlar natijasida hozirgi ilm nuqtai nazaridan katta aniqlikda bo’lmasa ham, bu ish xalifa al-Ma’mun davrida astronimiya va matematik geografiyaning barcha masalalari bo’yicha muntazam ilmiy izlanishlar olib borilgan. Al-Fa’rgoniy bu izlanishlar, o’lchash va kuzatishlarning faol qatnashchisi bo’lib, ularga maxsus asarlar bag’ishlagan.
Atoqli rus sharqshunosi I. YU. Krachkovskiy manbalarni sinchkovlik bilan tahlil qilib chiqargan xulosaga ko’ra, al-Farg’oniy ishtirokida Sinjor sahrosida Yer meridiani bir daraja uzunligi o’lchash ishlari 827 yilga yaqin olib borilgan. Lekin bu haqda xabar bergan Beruniy va Ibn Yunus aniq sanani k’orsatmaganlar.
Beruniy Sanad ibn Ali topgan Yer radiusining son qiymatini keltirmagan. Lekin aniq matematik qoida bilan Yer radiusining topilishining o’zi al-Ma’mun davridagi olimlarning, jumladan, al-Farg’oniyning katta yutug’i edi.
Misr mamlakati Nil havzasida joylashgan bo’lib, uning dehqonchilikka qulay qismi daryoning quyilishidagi yunonlarning delta harfi, ya’ni uchburchak shaklidagi kichik parchasini tashkil qiladi. Misrliklar juda qadim zamonlardan boshlab o’z hayotini Nilning “hulq-atvoriga” moslashtirganlar, ya’ni daryoning suv rejimi bilan muvofiqlashishiga uringanlar. Buning uchun ular har doim daryoning suvi ko’tarilish vaqtlarini bilishga harakat qilganlar. Bunday urinidhlar to Abbosiy xalifa al-Mutavakkil (847-861 yillar) davrigacha behuda ketavergan. Al-Mutavakkil Misrliklarni Nilning suv rejimi haqida ogohlantiruvchi bir qurilma uskuna yasashni al-Farg’oniyga topshiradi. Bag’doddagi “Bayt ul-Hikma” olimlarining eng ko’zga ko’ringani Ahmad al-Farg’oniy edi. Shuning uchun xalifa Nil suvi sathini o’lchovchi miqyosni barpo etish vazifasini unga yuklagan, lekin qurilma bitmasidan xalifa vafot etgan.
Nil miqyosini al-Farg’oniy al-Fustot shahridagi Ravzo orolida barpo etadi. Keyinchalik al-Fusto undan shimolroqda barpo etilgan Qohiraning tarkiby qismi bo’lib qoladi. Miqyos silindr shaklidagi bino ichida joylashgan bo’lib, uning tomi konus shaklidagi qubbadan iborat.
Ahmad al-Farg’oniy, shuningdek, o’z tadqiqotlarida islom kalendarini sharhlab beradi. U o’zining astronomiyaga bag’ishlangan risolasining so’ngida Yer kurrasining xaritasini beradi. Bu xaritaning o’ziga xos tomoni shundaki, bir davrda, bir akademiya doirasida yashab, ijod etgan ikki olim, al-Farg’oniy va al-Xorazmiy tuzgan Yer suratlari tamoman bir-biridan farq qiladi, ya’ni al-Farg’oniy al-Xorazmiy g’oyalarini rivojlantirgan bo’lib, o’ziga xos ilmiy salohiyati, qudratini namoyish qildi.
Ta’kidlaganimizdek, al-Farg’oniy tadqiq qilgan iqlim tushunchasi va iqlimlar guruhi Yevropa olimlari tomonidan tan olindi va fanda ancha vaqt xizmat qilib keldi, lekin keying asrlarda yeti iqlim o’rniga tropik, subtropik, ekvator, arktika, antarktida, qutblar, magnit qutblari, sovuqlik qutbi kabi tushunchalar paydo bo’ldi. Iqlimlar tasnifi o’zgargan bo’lsada, lekin al-Farg’oniyning o’sha asos qilib olgan qoidasi yangicha shaklda namoyon bo’lmoqda.
Xorazmiy xizmat qilgan Bag’doddagi “Hikmat”- lar uyi allomalari, shuningdek Ahmad Farg’oniy ishtirokigidagi Damashqdagi “Hikmat”lar uyidagi allomalar ham shug’ullanishgan muhim masalalardan biri bu hijriy qamariy va hijriy shamsiy va milodiy yillari orasidagi munosabat, ya’ni milodiydan hijriy qamariyga o’tish yoki aksincha, amallarni aniqlash edi. Chunki bu yil hisobi, ya’ni hijriy qamariy bo’yicha hisob yuritish islom ahlining kundalik zaruratiga aylangan edi.
Al-Farg’oniy yozadi: “Oylarning bu kunlari soni – Quyosh va OYning o’rtacha harakatida ijtimo’ qilishidan aniq hisoblash bilan olingan. Ammo yangi oy ko’rinishiga kelsak, u zoidlik yoki noqislik bilan farq qiladi. Bunda ketma-ket to’liq yoki noqis oylar kelishi kerak. Hamma vaqt ham hisoblab topilgan oy boshi va ko’rinma oy boshi bir kunga to’g’ri kelavermaydi. Ularning ikkalasi faqat uzoq zamonlarda teng bo’ladi”. Bu yerda aytilgan Quyosh va Oyning ijtimo’ qilishi, ya’ni qo’shilishlarning bir ekliptik uzunlikda eng yaqin masofada bo’lgan paytidir. Demak, al-Farg’oniyning so’zlariga ko’ra, bu yoritgichlarning ijtimo’ vaqtlari musulmon astronomlari tomonidan ancha ilgariroq aniq hisoblangan. Al-Farg’oniy o’z asarini ommabop qo’llanma tarzida yozgani uchun bu hisoblashlarni keltirmagan. Ijtimo’ vaqtlari oy boshiga, ya’ni hilol ko’rinishi paytiga to’g’ri keladi. Yangi oy – hilol ko’rinishi ikki xil usul bilan aniqlangan: birinchi va eng soddsi bu kuzatish bilan, ya’ni visual aniqlashdir.
Download 408,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish