Ma‟lumotlar bazasi va ularni tashkillashtirish yо„llari. Mashinani ichki ma‘lu-
motlar bilan ta‘minlashning asosiy qismi ma‘lumotlar bazasi hisoblanadi. Ma‟lumotlar
bazasi – bu fayllar kо‗rinishida hotirada saqlanadigan ma‘lum bir usul bilan tashkil etilgan
hisoblash tizimi yordamida yechiladigan masala va boshqarish jarayonini qoniqtiradigan
ma‘lumotlaridan foydalanadigan ma‘lumotlar tо‗plamidir.
Ma‘lumotlar bazasidagi hamma fayllarni quyidagi belgilar orqali klassifikatsiya
qilish mumkin:
- ketma-ket bosqichlar yordamida qayta ishlash (kiruvchi, bazaviy, natijaviy);
- tashuvchilar tipi bо‗yicha (oraliq tashuvchilar – magnit disklar va magnit lentalar
va asosiy tashuvchilar – qattiq magnit disklar, magnito optik disklar va boshqalar);
- ma‘lumotlar tarkibi bо‗yicha (tezkor ma‘lumotlar faylidan va doimiy ma‘lumotlar
faylidan);
- kо‗rsatma bо‗yicha (funksional tizim osti tipi bilan);
- mantiqiy tashkil etish tipi bо‗yicha (iyerarxik kо‗rinishdagi va chiziqli fayllardan);
- fizik kо‗rinishda tashkil etilgan (tо‗g‗ridan tо‗g‗ri kirish mumkin bо‗lgan, ketma-
ket va indeksli kirish mumkin bо‗lgan).
Kiruvchi fayllar ma‘lumotlarni kiritish yoki baza fayllarini yangilash uchun
boshlang‗ich hujjatlardan tashkil etiladi.
Natijaviy ma‘lumotlar fayli ularni chop etishga uzatish yoki bog‗lovchi kanallar
yordamida uzatishga mо‗ljallangan kо‗p saqlanmaydigan fayllardir.
Ma‘lumotlar bazasida saqlanadigan baza fayllar tarkibiga asosiy, ishchi, oraliq,
xizmat va arxiv fayllari kiradi.
Asosiy fayllar bir xil strukturali yozilgan va tezkor hamda shartli о‗zgarmaydigan
ma‘lumotlarni о‗z ichiga oladi.
Tezkor fayllar bir yoki bir necha kiruvchi fayllar yordamida tashkil etilgan bazadan
iborat bо‗lib, bir yoki bir nechta boshlang‗ich hujjatlar ma‘lumotlarini о‗z ichiga oladi.
59
Shartli о‗zgarmaydigan ma‘lumotlar faylida ma‘lumotnoma, jadvalli va boshqa
kо‗rinishdagi ma‘lumotlarni о‗z ichiga olib, ish davomida 40% ga о‗zgaradi va turg‗unlik
koeffitsiyenti 0,6 dan kamdir.
Spravochniy ma‘lumotlar faylida ishlab chiqilgan materiallarning hamma
xarakteristikasini saqlaydi. Qoidaga asosan ma‘lumotnomalar klassifikatsiya ma‘lu-
motlariga ega bо‗lib, elementlar bо‗yicha qо‗shimcha kо‗rsatkichlarga egadir. Normativ
baholovchi fayllar bajarilgan operatsiyalar haqida xarajatlar va kо‗p vaqt davomida
о‗garmaydigan iqtisodiy kо‗rsatkichlar haqida ma‘lumot saqlaydi.
Rejali fayllar rejalashtirish davridagi hamma reja kо‗rsatkichlarini saqlaydigan
fayllardir.
Ishchi fayllar asosiy fayllardan ma‘lumotlarni qayta ishlash vaqtini qisqartirish
maqsadida foydalanib, ma‘lum bir masalani yechishga mо‗ljallangan.
Oraliq fayl – ishchi fayllardan farqli ravishda, u iqtisodiy masalalarni yechish
natijasida paydo bо‗lishi bilan farqlanib, uni saqlash kerak, chunki undan boshqa
masalalarni yechish uchun foydalanish kerak bо‗ladi.
Xizmatchi fayllar – asosiy fayllardan axborot qidirishni tezlatishga mо‗ljallangan
bо‗lib, ular о‗z ichiga ma‘lumotnoma, katalog va fayllar indeksini olgan bо‗ladi.
Arxiv fayllari – asosiy fayllardan analitik masalalarni yechish uchun kerak bо‗lgan
ma‘lumotlarni saqlaydi. Arxiv fayllar axborotlar bazasi buzilganda ularni qayta tiklash
uchun ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |