1
O‟ZBЕKISTON RЕSPUBLIKАSI
OLIY VА O‟RTА MАХSUS TА‟LIM VАZIRLIGI
TOSHKЕNT TЕMIR YO‟L MUHАNDISLАRI INSTITUTI
“Temir yo‟l transportida axborot tizimalri”
kаfеdrаsi
Axborot tizimlarini loyihalash texnologiyalari
fаni bo‘yichа
Ma‟ruza matni
TUZUVCHI: IBRAGIMOV R.
TOSHKЕNT – 2018
2
Axborot tizimlarini (AT) loyihalash texnologiyalari fanidan
ma‟ruzalar matni
1-ma‟ruza
Axborot tizimlarini (AT) loyihalash texnologiyalarining asosiy tushunchalari
(2 soat)
Reja:
1. Axborot tizimlarini (AT) loyihalash texnologiyasining asosiy
tushunchalari.
2. AT sinflari.
3. AT arxitekturasi.
4. AT ni loyihalash bosqichlari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Raul Sidnei Wazlawick. Object-Oriented Analysis and Design for information
Systems. Modeling with UML, OCL, and IFML. -USA, 2014. -p. 314.
2. Shouhong Wang, Hai Wang. Information Systems Analysis and Design. -USA:
Universal-publishers, 2012. -p.263.
3. Избачков Ю., Петров В. «Информационные системы» -СПб.: Питер, 2005.
4. Матвеев С.И. и др. «Геоинформационные системы и технологии на
железнодорожном транспорта» -М., 2002.
5. Проектирование информационных систем: курс лекций: учеб пособие для
студентов вузов, обучающихся по специальностям в области информ. технологий /
В. И. Грекул, Г. Н. Денищенко, Н. Л. Коровкина. -М.: Интернет Ун-т Информ.
Технологий, 2005. -304 с.: ил.
6. Гвоздева В. А., Лаврентьева И. Ю. Основы построения автоматизированных
информационных систем. Учебник. -М.: ИД «ФОРУМ» ИНФРА-М, 2007. -320 с.: ил.
7. Смирнова Г.Н. Проектирование экономических информационных систем:
Учебник / Г.Н. Смирнова, А. А. Сорокин, Ю. Ф. Тельнов; Под ред. Ю. Ф. Тельнова. -
М.: Финансы и статистика, 2003. -512 с.: ил.
8. Вендров А.М. Case-технологии. Современные методы и средства
проектирования информационных систем. –М.: Финансы и статистика, 1998.
9. К. Дейт. Введение в системы баз данных. 7-е изд. -М.: СПб.: Вильямс, 2000.
10. Буч Г., Рамбо Д., Джекобсон А. Язык UML: руководство пользователя. -М.:
ДМК, 2000.
11. Internet saytlar:
www.wessex.ac.uk
,
www.miit-inf.ru
,
www.rgotupc.ru
,
www.liigt-inf.ru
va hokazo.
3
Loyihalash – bu axborot tizimini texnik topshiriq kо‗rinishdagi boshlang‗ich
tavsifidan, tizim tashkil qilish uchun yetarli bо‗lgan standart hujjatlar tо‗plami sifatida
tasvirlanishidir.
Loyihalashda texnik topshiriqni, ya‘ni texnik topshiriqda amalga oshirilishi kо‗zda
tutilgan narsalarni ishlab chiqish, amalga oshirish usullari ishlab chiqish. Bunda standart
hujjatlar deganda bu texnik va ishchi loyiha bо‗lib, uning asosiy mazmuni davlat
standartlarida keltirilgan bо‗ladi.
Loyihalash obyekti sifatida AT olinadi. Tizim degan termin ishlatilishi bu о‗zaro
bog‗langan elementlarning mavjudligidir. Masalan, о‗zaro bog‗langan masalalar tо‗plami:
bir masalani yechish natijasi boshqasi uchun zarur bо‗ladi va h.k., tizim elementlari
tо‗plami va ular orasidagi о‗zaro aloqalar tizim tuzilmasini aniqlaydi. Tizim elementlari bu
har xil belgilari bо‗yicha ajratilgan uning tashkil etuvchilaridir. Shuning uchun axborot
tizimlari boshqa narsalar kabi juda kо‗p tuzilmalar tо‗plamidan tashkil topgan bо‗lishi
mumkin: ular vazifaviy (funksional), texnik vositalar majmuasi tuzilmasi, vazifaviy
qismlar tuzilmasi, ta‘minot qismlari tuzilmasi, obyekt tuzilmasi va h.k.
Axborot zamonaviy dunyoda eng kerakli resurslardan biriga aylandi, axborot
tizimlari (AT) insoniyatning amaliyotdagi hamma faoliyatida zaruriy uskuna bо‗ldi.
AT yordamida yechiladigan turli masalalar turli tipli tizimlar tо‗plamini yaratilishiga
olib keldi, ular qurish va axborotga ishlov berish qonuniyati kiritilishi bilan farq qiladi.
Axborot tizimlarini qator turli alomatlari bо‗yicha sinflarga ajratish mumkin.
Qaralayotgan sinflashning asosiga mavjud alomatlari asos qilingan, funksional
imkoniyatlari va zamonaviy tizimlarni qurish hollari aniqlangan.
2. Yechilayotgan masalaning hajmidan kelib chiqib, foydalaniladigan texnik vosita,
funksionallashtirishni tashkillashtirish, axborot tizimlari bir qator guruhga (sinfga)
bо‗linadi (1.1-rasm).
AT saqlanaladigan ma‘lumotlari tipiga qarab faktografik va hujjatliga bо‗linadi.
Faktografik tizimi son va matn kо‗rinishidagi strukturlashgan ma‘lumotlarni saqlash va
ishlov berishga mо‗ljallangan. Hujjatli tizimlarda matn va referat, bayonnoma,
sarlavhadan tashkil topgan axborot hujjat kо‗rinishida taqdim etiladi. Strukturlashmagan
ma‘lumotlarni qidiruv semantik alomatlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Tanlangan hujjatlar foydalanuvchiga taqdim etiladi, bu tizimlarda ma‘lumotlarga asosan
ishlov berilmaydi.
Firmani boshqarish tizimida axborot jarayonini avtomatlashtirilganlik darajasi asos
qilinib, axborot tizimlari qо‗lda bajariladigan, avtomatlashtirilgan va avtomatiklarga
bо‗linadi.
4
1.1-rasm. Axborot tizimlari klassifikatsiyasi
Qо‗lda bajariladilan AT zamonaviy texnik vositalarning yо‗qligi sababli axborotni
ishlov berish inson tomonidan bajarilishi bilan tavsiflanadi. Avtomatik AT larida
axborotni ishlov berish inson aralashuvisiz bajariladi. Avtomatlashtirilgan ATlarida
axborotni ishlov berishda texnik vositalar va inson ishtirok etadi, kо‗p mehnat talab
qilinadigan axborotni ishlov berishda kompyuterga asosiy rol ajratiladi. «Axborot tizimi»
ni tushunishda xuddi shu sinf zamonaviy taqdimotga mos keladi. Axborotlarni ishlov
berishiga qarab AT lari qidiruv-axborot va yechuvchi-axborotlarga bо‗linadi.
Qidiruv-axborot tizimlari kiritish, tizimlash, saqlash, axborotni foydalanuvchining
sо‗roviga qarab ma‘lumotlarni murakkab almashtiruvlarsiz ishlab chiqadi (misol uchun,
Kutubxona xizmatini bajaruvchi AT, transportlardagi chipta savdosi va rezervlash,
mehmonxonadagi joyni bronlash va hokazo) Yechuvchi-axborot tizimlari aytilgandan
tashqari aniq algoritm bо‗yicha axborotga ishlov beradi. Chiquvchi axborotning
foydalanishiga qarab bunday tizimlar boshqariladigan va moslashuvchanlarga bо‗linadi.
Boshqariladigan AT da natijaviy axborot inson qabul qiladigan yechimga mos
ravishda transformallanadi. Bunday tizimlarga katta hajmdagi ma‘lumotlarga ishlov berish
va hisoblanadigan masalalar kiradi (misol uchun, Ishlab chiqarish yoki buyurtmani,
Buxgalter hisobini rejalashtiruvchi AT.)
Moslashuvchan AT lar axborotni ishlab chiqadi, u inson tomonidan ma‘lumot uchun
qabul qilinadi va boshqaruv yechimlarini shakllantirishda hisobga olinadi, konkret
5
harakatni kо‗rsatmaydi. Bunday tizimlar, ma‘lumotlarga emas, bilimlarga ishlov
berishning intellektual jarayonini imitatsiya qiladi (misol, ekspert tizimlar).
Qо‗llanish sohasiga bog‗liq ravishda AT quyidagi sinflarga ajratiladi: tashkiliy
boshqaruv axborot tizimlari, texnologik jarayonni (TJ) boshqaruvchi AT, AT
avtomatlashtirilgan loyihalash (ATAL-SAPR), integrallashgan (korporativ) AT.
Tashkiliy boshqaruv axborot tizimlari – boshqaruv personal funksiyalarini
avtomatlashtirishga
mо‗ljallangan
sanoat
korxonalari,
shuningdek,
ishlab
chiqarilmaydigan obyektlar uchun ( mehmonxonalar, banklar, magazinlar va hokazo).
Bunga о‗xshash tizimlarning asosiy funksiyasi quyidagilardir: tezkor nazorat va
boshqaruv, tezkor hisob va tahlil, kelajakka mо‗ljallangan (perspektiv) va tezkor
rejalashtirish, buxgalter hisobi, sbitni boshqarish, ta‘minot va boshqa iqtisodiy va tashkiliy
masalalar.
Texnologik jarayonni (TJ) boshqaruvchi AT – ishlab chiqarish amallarini nazorat va
boshqaruvchi ishlab chiqarishning shaxsiy tarkibiy funksiyalarini avtomatlashtirishga
mо‗ljallangan. Bunday tizimlarda odatda texnologik jarayon (temperatura, bosim,
kimyoviy tarkib va hokazo) parametrlari о‗zgarishini rivojlangan vositalari borligi nazarda
tutiladi, ya‘ni ruxsat berilgan parametr qiymatlari protsedurasi va texnologik jarayon
boshqaruvi.
AT avtomatlashtirilgan loyihalash (ATAL-SAPR) – loyihachi-muhandislar,
konstruktorlar, arxitektorlar, yangi texnika yoki texnologiya yaratuvchi dizaynerlar
funksiyasini avtomatlashtirishga mо‗ljallangan. Bunday tizimlarning asosiy funksiyasi
quyidagilardir: muhandislik hisob, grafik hujjatlarni yaratish (chizmalar, sxemalar,
rejalar), loyiha hujjatlarini yaratish, loyihalanayotgan obyektlarni modellashtirish.
Integrallashgan (korporativ) AT – firmaning hamma funksiyasini avtomatlashtirishda
foydalaniladi va rejalashtirishdan boshlab mahsulotni sotishgacha bо‗lgan jarayonni о‗z
ichiga oladi. Ular qator modullarni (nimtizimlarni) о‗z ichiga olib, bitta axborot fazosida
ishlaydilar va mos yо‗nalish faoliyatini qо‗llash funksiyasini bajaradi. Korporativ tizim
modullari bilan yechiladigan tipik masalalar, quyidagi 1.1-jadvalda keltirilgan.
Tablitsa 1.1. Funksionalnoye naznacheniye moduley korporativnoy IS.
Podsistema
marketinga
Proizvodstvenniy
e podsistemi
Finansoviye i
uchetniye
podsistemi
Podsistema
kadrov
(chelovecheskix
resursov)
Prochiye
podsistemi
(naprimer, IS
rukovodstva)
Issledovaniye
rinka i
prognozirova-
niye prodaj
Planirovaniye
obyemov rabot i
razrabotka
kalendarnix
planov
Upravleniye
portfelem
zakazov
Analiz i
prognozirova-
niye potrebnosti
v trudovix
resursax
Kontrol za
deyatelnostyu
firmi
6
Upravleniye
prodajami
Operativniy
kontrol i
upravleniye
proizvodstvom
Upravleniye
kreditnoy
politikoy
Vedeniye
arxivov zapisey
o personale
Viyavleniye
operativnix
problem
Rekomendatsii
po
proizvodstvu
novoy
produksii
Analiz raboti
oborudovaniya
Razrabotka
finansovogo
plana
Analiz i
planirovaniye
podgotovki
kadrov
Analiz
upravlencheskix
i strategicheskix
situatsiy
Analiz i
ustanovleniye
seti
Uchastiye v
formirovanii
zakazov
postavshikam
Finansoviy
analiz i
prognozirovaniye
Obespecheniye
protsessa
virabotki
strategicheskix
resheniy
Uchet zakazov Upravleniye
zapasami
Kontrol
byudjeta,
buxgalterskiy
uchet i raschet
zarplati
AT lari bozorining zamonaviy holatini tahlil qilinganda tashkiliy boshqaruv axborot
tizimlariga bо‗lgan talab turg‗un о‗sayotganini kо‗rsatayotir, integrallashgan boshqaruv
tizimlarga talab о‗sayotgani aniqlanayotir. Alohida funksiyalarni avtomatlashtirish,
masalan, buxgalter hisobi yoki tayyor mahsulotni sotish, bu kо‗p tashkilotlar uchun о‗tib
bо‗lingan bosqich hisoblanadi.
1.2-jadvalda hozirgi kunda turli sinflarda qо‗llanalinayotgan tashkiliy boshqaruv AT
dasturiy mahsulotlarning qо‗proq tarqalganlari keltirilgan.
Tablitsa 1.2. Klassifikatsiya rinka informatsionnix system
Lokalniye
sistemi
Maliye
integrirovanniye
sistemi
Sredniye
integrirovanniye sistemi
Krupniye
integrirovanniye sistemi
(IC)
BEST
Inotek
Infosoft
Super-
Menedjer
Turbo-
Concorde XAL
Exact
NS-2000
Platinum PRO/MIS
Scala
SunSystems
Microsoft-Business
Solutions - Navision, Axapta
J D Edwards
(Robertson & Blums)
MFG-Pro (QAD/BMS)
SyteLine
SAP/R3 (SAP AG)
Baan (Baan)
BPCS (ITS/SSA)
OEBS (Oracle E-
Business Suite)
7
Buxgalter
Info-
Buxgalter
BEST-PRO
1C-
Predpriyatiye
BOSS-
Korporatsiya
Galaktika
Parus
Resurs
Etalon
(COKAP/SYMIX)
Boshqaruv darajasiga bog‗liq ravishda AT quyidagicha tasniflanadi: tezkor darajali
axborot tizimlari, mutaxassislar axborot tizimlari, menedjment darajasidagi axborot
tizimlari, strategik axborot tizimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |