52
О„zlashtirish uchun topshiriqlar:
1. Vazifa nima?
2. Biznes nima va u nimalarni belgilaydi?
3. Maqsad daraxti nimani kо‗rsatadi?
4. Missiyaning asosiy ishchi konsepsiyalari qaysilar?
5. Matritsali modellar nima?
53
5-Ma‟ruza
Axborot tizimlarining axborot ta‟minoti
(4 soat)
Reja:
1. Axborot tizimlarining axborot ta‘minoti.
2. Kompyutersiz axborot tizimlari.
3. Axborot klassifikatsiyasining asosiy tushunchalari.
4. Axborotni kodlash tizimiga talablar va asosiy tushunchalar.
5. Hujjatlash tizimi.
6. Kompyuterdagi axborot tizimi.
7. Elektron hujjatarni ekrandagi shaklini loyihalash.
8. Axborotlar bazasi va uni tashkillash usullari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Raul Sidnei Wazlawick. Object-Oriented Analysis and Design for information
Systems. Modeling with UML, OCL, and IFML. -USA, 2014. -p. 314.
2. Shouhong Wang, Hai Wang. Information Systems Analysis and Design. -USA:
Universal-publishers, 2012. -p.263.
3. Избачков Ю., Петров В. «Информационные системы» -СПб.: Питер, 2005.
4. Матвеев С.И. и др. «Геоинформационные системы и технологии на
железнодорожном транспорта» -М., 2002.
5. Проектирование информационных систем: курс лекций: учеб пособие для
студентов вузов, обучающихся по специальностям в области информ. технологий /
В. И. Грекул, Г. Н. Денищенко, Н. Л. Коровкина. -М.: Интернет Ун-т Информ.
Технологий, 2005. -304 с.: ил.
6. Гвоздева В. А., Лаврентьева И. Ю. Основы построения автоматизированных
информационных систем. Учебник. -М.: ИД «ФОРУМ» ИНФРА-М, 2007. -320 с.: ил.
7. Смирнова Г.Н. Проектирование экономических информационных систем:
Учебник / Г.Н. Смирнова, А. А. Сорокин, Ю. Ф. Тельнов; Под ред. Ю. Ф. Тельнова. -
М.: Финансы и статистика, 2003. -512 с.: ил.
8. Вендров А.М. Case-технологии. Современные методы и средства
проектирования информационных систем. –М.: Финансы и статистика, 1998.
9. К. Дейт. Введение в системы баз данных. 7-е изд. -М.: СПб.: Вильямс, 2000.
10. Буч Г., Рамбо Д., Джекобсон А. Язык UML: руководство пользователя. -М.:
ДМК, 2000.
11. Internet saytlar:
www.wessex.ac.uk
,
www.miit-inf.ru
,
www.rgotupc.ru
,
54
www.liigt-inf.ru
va hokazo.
Axborot tizimining axborot ta‘minoti quyidagi masalalarni yechish uchun asosiy
vosita hisoblanadi:
- tizimdagi axborotni bir qiymatli va tejamli tasvirlash (obyektni kodlash asosida);
- obyektlar orasidagi bog‗lanish tavsifini hisobga olgan holda axborotni qayta ishlash
va tahlil ishlarini tashkillash (obyektlarni tartiblash asosida);
- foydalanuvchilarni tizim bilan о‗zaro aloqalarini tashkil etish (ma‘lumotlarni
kiritish va chiqarish jarayonini ekranda tasvirlash asosida);
- avtomatlashtiriluvchi obyekt faoliyatini boshqarish chegarasida axborotni tejamli
foydalanishni tashkil etish (hujjatlar tizimini bir shaklga keltirish asosida).
AT ni axborot bilan ta‘minlash ikkita majmuani о‗z ichiga oladi:
- kompyutersiz axborot ta‘minoti (texnik-iqtisodiy axborotlarni sinflash, hujjatlar,
metodik materiallar);
- kompyuterdagi axborot ta‘minoti (boshlang‗ich ma‘lumotlarni kiritish yoki
natijaviy axborotlarni chiqarish, axborot bazasi strukturasi, kiritish va chiqarish fayllari,
axborotlar bazasi).
Axborotlar ta‘minotiga quyidagi talablar qо‗yiladi:
- axborot ta‘minoti, avtomatlashuvchi obyekt barcha vazifalarini bajarish uchun
yetarli bо‗lishi kerak;
- axborotlarni kodlash uchun buyurtmachida qabul qilingan tartiblar qо‗llanilishi
kerak;
- kiritilayotgan yoki chiqariladigan axborotlarni kodlash uchun foydalanuvchilar
darajasiga qarab ulardagi qabul qilingan tartiblashga mos holda bо‗lishi kerak;
- ishlab chiqilayotgan tizim bilan tayyor tizim orasidagi moslik hisobga olinishi
kerak;
- hujjatlar shakllari buyurtmachilarni umumlashgan standartlariga qо‗yilgan
talablarga mos bо‗lishi kerak;
- hujjat tuzilishi va uni ekrandagi shakli oxirgi foydalanuvchi ish joyidagi terminal
xarakteristikasiga mos bо‗lishi shart;
- grafiklarni shakllanishi va axborotli xabarlar mazmuni va ularning qisqartirilgan
belgilari buyurtmachi bilan kelishilgan holda shu sohada tan olinganlarga mos bо‗lishi
zarur;
- AT da kiritiluvchi va natijaviy (chiqariluvchi) axborotlarni kuzatish ishlari, axborot
massivlaridagi ma‘lumotlarni qayta tiklash, axborot bazalarini butunligini kuzatish va
ularni ruxsat etilganlardan himoya qilish kо‗zda tutilgan bо‗lishi kerak.
AT larni axborot bilan ta‘minlashni, tartiblash tizimlari, hujjatlashni tartiblashtirilgan
tizimi va axborotlar bazalarini tо‗plam deb qarash mumkin.