Mil. avv. 522-yilda Ahamoniylar taxtiga Doro I o‘tirishi bilanoq fors bosqinchilariga qarshi Parfiyada (miloddan avvalgi 522 yil 30.09-521 yilning yozi), Marg‘iyonada Frada boshchiligida (mil. avv. 522 yil 30.09.-10.12.) va saklar o‘lkasida Skunxa boshchiligidagi (miloddan avvalgi 519-yil) qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Doro I ning harbiy yurishiga qarshi tarixchi Poliyenning «Harbiy hiylalar» asaridagi Shiroqning harbiy jasorati diqqatga molikdir. Manbada hikoya qilinishicha, yilqi boquvchi Shiroq o‘z vataniga bostirib kelgan dushmanlarni hiyla ishlatib, chalg‘itib, Qizilqumning halokatli jazirama dashtlariga boshlab boradi va o‘z jonini qurbon qilib bo‘lsa-da, vatani va xalqini yovuz dushmandan asrab qoladi. Shiroq - millat, yurt va vatanga fidoiylik, vatanparvarlikning yorqin timsolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |