Kir II ning o‘g‘li Kambiz (mil. avv. 529-522) otasining bosqinchilik siyosatini davom ettiradi. Uning qo‘shinlari Misrni bosib oladi. Shunda Kambiz o‘z akasi Bardiyani o‘ldirib, hokimiyat tepasiga qonunsiz kelgani oshkor bo‘lib qoladi. Bu holdan foydalangan zardushtiylik kohini Gaumata o‘zini Bardiya deb e’lon qilib, taxtga o‘tiradi. Kambizni Eronga qaytayotganda yo‘lda o‘ldiradilar. Biroq, Gaumataning qismati ham shunday tugaydi. U mil. avv. 522-yilda o‘ldirilib, o‘rniga Ahamoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan Doro I (mil. avv. 522-486) o‘tiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |