DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
65
yaxshi tushmaydi, havo almashinuvi yomonlashadi, shuningdek sug'orish va ishlov
berish paytida o'simliklar shikastlanishi mumkin.
Vegetatsiya tajribalarida ham dala tajribalaridagidek entomologik va
fitopatologik kuzatishJar olib boriladi.
Ayrim hollarda (o'simliklarning quruq massasi hisobga olinganda, hosil
elementlarining shakllanishi va saqlanishi o'rganiladigan tajriba-larda) to'kilgan barg,
shona, gul, tuguncha va ko'saklar maxsus xalatchalarga terib olinadi.
O'sish da'rlari bir-biriga yaqin bo'lgan o'simlik navlari ustida tadqiqot ishlari olib
borilganda fenologik kuzatishlar va o'simlik organlarining kimyoviy tahlili o'simliklar
rivojlanishining muayyan davrlarida (masalan, g'o'zada unib chiqish, 2-3 chin barg,
shonalash, gullash, hosil to'plash va pishish), vegetatsiya davri turlicha bo'lgan navlar
ustida o'tkaziladigan tajribalarda esa, qo'yilgan maqsadga ko'ra har 10, 15 yoki 30
kunda amalga oshiriladi. Lekin har ikki holda ham shonalash, gullash, ko'saklarning
ochilish muddatlari belgilab boriladi, hosil elementlarining to'planish dinamikasi
o'rganiladi, hosil yig'ib-terib olinadi, tortiladi va tegishlicha hisob-kitob ishlari
bajariladi.
Vegetatsiya tajribasini olib borish uchun alohida, qalin muqovali, katta hajmli
daftar tutiladi va u «Vegetatsiya tajribasi jurnali» deb nomlanadi.
Unda quyidagi masalalar yoritiladi:
1.
Vegetatsiya tajribasining tizimi (variantlarning tartib raqamlari,
tajriba
variantlari, takrorliklar, vegetatsiya idislilarinmg tartib raqamlari).
2.
Tuproqning tipi va granulometrik tarkibi.
3.
Tuproq olingan joy haqidagi ma'lumotlar, qatlam chuqurligi.
4.
Olingan tuproqning qisqacha agrokimyoviy tavsifi.
5.
Tuproqning to'la nam sig'imi, %.
6.
Idishlarning og'irligi, kg.
7.
Tuproqni idishlarga
solinayotgan paytdagi namligi, %.
8.
Idishdagi nam holatdagi tuproq og'irligi, kg.
9.
Idishdagi mutlaq quruq tuproqning og'irligi, kg.
10.TNS ning 70% igacha namlangan tuproqning idish bilan birgalikdagi og'irligi,
kg.
11.Ekinning turi, navi, navlarning qisqacha tavsifi.
12.Urug' namlangan va ekilgan kun.
13.Nihollar paydo bo'lgan kun (ishning maqsadiga ko'ra unish sur'ati, unish
dinamikasi ham hisobga olib boriladi).
14.O'g'itlash (o'g'it berish) kunlari. O'g'itlarning shakllari, turi va miqdori.
15.Sug'orish (amalga oshirish tartibi).
16.Tuproqni ishlash (amalga oshirish tartibi).
17.Zararkutiandalarga qarshi kurash.
18.Rivojlanish davrlarining boshlanishi.
19.O'simliklarning o'sishi va rivojlanishi borasidagi ma'lumotlar.
20.Hosil
elementlarining
shakllanishi
va
saqlanishi
bo'vicha
hisob-
kitoblar.