Agronomiya va biotexnologiya fakulteti



Download 4,47 Mb.
bet44/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

Tuproq sifatini baholash uchun biomassa miqdori agronomik unumdorlik, muhofaza chora-tadbirlari, tabbiy toza suvlarni saqlash, issiqxonalar miqdorini kamaytirish, tabbiy sof toza oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish xozirgi kunning bosh muammolardan biri xisoblanadi.11


Tuproq qatlamida saqlanadigan suvning holatini belgilovchi uning barcha xossalari yig’indisiga suv (suv-fizik, gidrofizik) xossalari deyiladi. Eng muhim suv xossalariga tuproq ning suvni ushlab, saqlab turish qobiliyati, nam sig’imi, suv o’tkazuvchanligi va suv ko’taruvchanlik qobiliyati kabilar kiradi.

Suvni ushlab turish qobiliyati - tuproqning muhim xossalaridan biri bo’lib, suvni oqib ketishdan saqlab, namni ushlab tura olish qobiliyati hisoblanadi. Tuproqning suvni ushlab tura olish qobiliyatini miqdor jihatdan xarakterlovchi kursatkich, uning nam sig’imi hisoblanadi.

Tuproqning nam sig’imi - turli kuchlar ta’sirida ma’lum miqdordagi suvni singdirishi va ushlab turish qobiliyatidir. Tuproqdagi namni ushlab turadigan kuchga qarab va turli sharoitlarga kura nam sig’imining quyidagi turlari: maksimal adsorbilangan nam sig’imi, maksimal moleko’lyar nam sig’imi, kapillyar nam sig’imi, eng kam yoki dala nam sig’imi va tuliq maksimal nam sig’imi kabilar ajratiladi.

M a k s i m a l a d s o r b i l a n g a n n a m s i g’ i m i (MANS) - tuproq zarrachalari yuzasida sorbilanish (yutish) kuchlari ta’sirida eng ko’p miqdorda ushlab turilishi mumkin bo’lgan suv miqdori hisoblanadi. Bu namlik tuproqdagi mustahkam birikkan (adsorbilangan) suv miqdoriga to’g’ri keladi.

M a k s i m a l m o l ye k u l ya r n a m s i G i m i (MMNS) (A.F.Lebedev buyicha) - moleko’lyar tortish kuchlari ta’sirida tuproq zarrachalari yuzasida ushlanib turishi mumkin bo’lgan, ya’ni bush birikkan (parda) suvning yuqori chegarasini xarakterlaydi. Maksimal moleko’lyar nam sig’imi asosan tuproqning mexanik tarkibiga bog’liq.

MMNS tuproqning muhim tuproq-gidrologik kursatkichlaridan biri hisoblanadi. Tuproqdagi mavjud (faktik) nam miqdori bilan MMNS ni taqqoslab o’simliklarga o’tadigan foydali suv zahirasini aniqlash mumkin bo’ladi. Faktik namlik MMNS ga nisbatan ko’p bo’lganda foydali suv zahirasi ko’p va bu kursatkichlar teng bo’lganda esa ana shunday suv zahirasi deyarli bulmaydi.

K a p i l l ya r n a m s i g’ i m i (KNS) - kapillyar kayma (bevosita suvli qatlam ustida joylashgan tuproq qatlami) chegarasidagi tuproqda ushlanib turishi mumkin bo’lgan eng ko’p miqdordagi kapillyar-tiralgan suv hisoblanadi. Kapillyar nam sig’imi miqdori tuproq G’ovakligiga va shuningdek suv bilan tuyingan qatlam, sizot suvi sathidan qanchalik masofada joylashuviga bog’liq. Bu masofa qanchalik ko’p bulsa KNS shuncha kam bo’ladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin (1,5-2,0 m) bo’lganda kapillyar kayma (tuproq qatlami) yuzasigacha namlanadi va kapillyar nam sig’imi eng yuqori (urtacha qumoq tuproqlarning 1,5 m qatlami uchun 30-40 foiz) bo’ladi. Sizot suvlari sathiga kura KNS doimiy emas.



11 (Soil degradation in the United States: extent, severity, and trends/ Rattan Lal, Terry M.Sobecki, Thomas Iiваri, John M. Kimble.2004, 6 бет.)

E n g k a m n a m s i g’ i m i (EKNS) - sizot suvlari chuqurda joylashgan sharoitda oshiqcha suv oqib ketgandan keyin, tuproqda ushlanib turishi mumkin bo’lgan kapillyar-muallaq namlikning eng ko’p miqdori hisoblanadi.

Eng kam nam sig’imi atamasiga dala nam sig’imi (DNS), umumiy nam sig’imi (UNS) va chekli dala nam sig’imi (ChDNS) tushunchalari to’g’ri keladi. ChDNS termini agronomiya amaliyotida va meliorasiyada keng qullaniladi. Eng kam nam sig’imi tuproqning mexanik tarkibi, struktura holati va zichligiga bog’liq. Og’ir tarkibli va yaxshi strukturali tuproqlarda EKNS 30-35, qum tuproqlarda 10-15 foizdan oshmaydi. EKNS tuproqning muhim gidrologik kursatkichi bo’lib, u bilan tuproqdagi nam defisiti (yetishmaydigan nam) tushunchasi bog’liq. Shuningdek, ENKS ga kura Sug’orish va shur yuvish normalari, Sug’orish muddatini belgilash mumkin. Agar Sug’orish normasi ma’lum qatlamda EKNS ga nisbatan ko’p bulsa, suv foydasiz sarflanadi, oshiqcha suv esa tuproqning pastki qatlamlariga oqib o’tib, sizot suvlarini ko’taradi. Eng kam nam sig’imi va tuproqning mavjud namligi orasidagi farq tuproqdagi nam tanqisligini tashkil etadi.

Tuproqdagi eng maqbul suv rejimi shunday bo’lishi kerakki, tuproqning o’simlik ildizi taraladigan qatlamidagi namlik EKNS dan 70-100 foizgacha oraliqda saqlanadigan bulsin. Eng kam nam sig’imiga qadarli namlangan tuproq 1 m li qatlamining bir gektaridagi foydali nam zahirasi miqdori, qum tuproqlarda 700-1100 m3, qumloq, yengil va urta qumoq tuproqlarda 1200-1700 m3 va og’ir qumoq, soz tuproqlarda 1500-2100 m3 ni tashkil etadi.

T u l i q n a m s i g’ i m i(TNS). Havo siqilib (ushlanib) qolingan bushliqlar (odatda umumiy G’ovaklikning 5-8 foizini tashkil etadi) dan tashqari, tuproqning barcha G’ovakliklarida ushlanib qolinishi mumkin bo’lgan eng ko’p nam miqdoriga tuliq nam sig’imi deyiladi. Demak, TNS odatda son jihatdan tuproqning umumiy G’ovakligiga to’g’ri keladi. TNS ga teng namlik bo’lganda tuproqda barcha turdagi suv: birikkan (mustahkam va bush birikkan) va erkin (kapilyar va gravitasion) suvlar maksimal miqdorda saqlanishi mumkin. Demak, TNS tuproqning qanchalik suv singdirishi mumkinligini xarakterlaydi. Shuning uchun bu kursatkichni tuliq suv singdiruvchanlik ham deyiladi. Tuproqdagi TNS o’zoq vaqt saqlanadigan bulsa, tuproqda anaerob jarayonlar ko’payib ketadi va tuproq unumdorligi pasayib, ekinlar hosiliga salbiy ta’sir etadi.

Tuproqning suvni qabul qilib olishi va o’zi orqali yuqoridan pastga qarab o’tkazish qobiliyatiga suv o’tkazuvchanlik xossasi deyiladi. Suv o’tkazuvchanlik asosan ikki bosqichdan: shimilish va filtrlanish (sizib o’tish) dan iborat bo’lib, dastlab suv shimilib tuproq tuyinadi, sungra suv tuproq qatlamining pastki qismiga ma’lum tezlikda sizib o’tadi. Tuproqning suv bilan tuliq tuyingan holati sharoitida og’irlik kuchi va bosim gradiyenti ta’sirida, suvning pastga qarab harakatlanishiga filtrasiya deyiladi. Suv o’tkazuvchanlik tuproqning ma’lum maydoni yuzasidan muayyan vaqtda singib o’tadigan suv hajmi bilan ulchanadi va odatda mm/soat bilan ifodalanadi. Suv o’tkazuvchanlik tuproqning umumiy G’ovakligi va uning ulchamiga bog’liq. Masalan, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda yirik G’ovakliklar ko’p bo’lganidan, suv o’tkazuvchanlik, ham doimo yuqoridir. Og’ir mexanik tarkibli va kesakli changli strukturali tuproqlarda suv o’tkazuvchanlik past. Tuproqning suv

o’tkazuvchanligini baholashda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan shkaladan foydalanish mumkin. Shunga kura temperaturasi 10 0S va suv bosimi 5 sm bo’lgan sharoitda, tuproqning suv o’tkazuvchanligi quyidagicha baholanadi: agar ko’zatishning birinchi soatida 1000 mm dan ko’p suv o’tsa, tuproqning suv o’tkazuvchanligi bo’zuvchi, 1000 dan 500 mm gacha - Goyat (ortiqcha) yuqori, 500-100 mm - eng yaxshi, 100- 70- yaxshi, 70 dan 30 gacha qoniqarli, 30 mm dan kam - qoniqarsiz hisoblanadi.


Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish