Qishloq xo’jalik ekinlarining hosili bilan oziq moddalarini o’zlashtirilib ketishi va ularning nisbati.
Qishloq xo’jaligida o’simliklarni to’g’ri oziqlanish rejimini yaratishda ularni barcha rivojlanish davrlarida, ayniqsa, vegetasiya oxirida asosiy va qo’shimcha mahsulot bilan oziq elementlarini o’zlashtirib ketilishini bilish juda muhimdir. Asosiy oziq elementlarni (azot, fosfor, kaliy) ba’zi bir qishloq xo’jaligi ekinlari tomonidan o’zlashtirib ketishi quyidagichadir (64-jadval).
Har bir qishloq xo’jaligi ekinlarining asosiy va qo’shimcha hosildagi oziq elementlarining miqdori, avvalo ularning tur xususiyatiga naviga va yetishtirish sharoitlariga ham bog’liq. Masalan, azot va fosfor miqdori qo’shimcha mahsulotdagiga (somon, palagi) qaraganda, hosilning asosiy qismida - donida, ildizmeva va tuganaklarida ko’proq bo’lsa, kaliy esa aksincha, ko’proq qo’shimcha mahsulotlarda bo’ladi.
36 jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |