“Agronomiya Qishloq xo’jaligi ekinlari, seleksiyasi va urug’chi ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Boboyorov Xidir Jumanazar o’g’lining



Download 427 Kb.
bet3/28
Sana11.07.2022
Hajmi427 Kb.
#775204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
BMI

I. Adabiyotlar tahlili
I.1. G‘o‘za sistematikasi va kelib chiqishi.
G‘o‘zaning madaniy va yovvoyi turlari Gossypium L. turkumiga va, gulxayridoshlar Malvaceae Juss. oilasiga mansub.
Ma’lumotlarga ko‘ra g‘o‘za turlarining ko‘pchiligi tropik mintaqasidagi Afro–Osiyo, Amerika va Avstraliya qit’alarida taxmi­nan uchlamchi davrda (kaynozoy erasining birinchi davriga oid) vujudga kelgan.
Yer yuzida g‘o‘zaning bir–biridan farq qiluvchi geografik guruhlari mavjud, bular Avstraliya (Sturtiya), Afrika–Osiyo (Poleotropik – Yeu­gossupium) va Amerika (Neotropik–Karpas) guruhlaridir. Har bir guruhdagi g‘o‘zalar ham belgi va xususiyatlariga qarab kichik guruhlarga bo‘linadi.
G‘o‘za turlari evolyusiyasining bosh yo‘nalishi – yer usti organla­rining o‘zgarishi, shoxlanish tipini soddalanishi va ko‘p yillik da­raxtlarini butasimon va chala butalarga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hayot siklini qisqarishi va bir yillik ekin bo‘lib o‘stirilishidir. Dastlab g‘o‘za tipini soddalanishi va hayot siklini qisqarishi tropik mintaqasining ajralishi jarayonida ro‘y bergan. G‘o‘zaning keyingi evolyusiyasi bu o‘simlikni madaniylashtirish jarayonida tabiiy tanla­nish bilan suniy tanlashlarning ta’siri ostida o‘tgan.
Insoniyat o‘z maqsadlari uchun tanlash va duragaylash usullari bi­lan yangidan yangi g‘o‘za shakllarini vujudga keltirdiki, oqibatda 7–9 oyda ko‘sagi ochiladigan daraxtsimon shakllardan 4–6 oyda pishib yetiladigan bir yillik g‘o‘zalar yaratildi.
Gossypium turkumi ko‘p miqdordagi madaniy, yovvoyi tur va tur xillarini o‘z ichiga birlashtiradi.
O‘n sakkizinchi asrdan boshlab, Karl Linney o‘simliklar sistematik klassifikasiyasini yaratgandan keyin hozirgi kungacha Gossypium turkumining klassifikasiyasi sohasida ko‘p botanik-sistematiklar Shug‘ullanib g‘o‘zaning mavjud xillarini har- xil turlar soniga bo‘lishgan. Masalan, Linney (1753-1764 y) Gossypium turkumini 5 turga, De Kandoll (1824 y) 13 turga, Bentam va Guker (1849-1862 y) faqatgina 3 turga, Parlatore (1866 y) 7 turga, Todaro (1877-1878 y) 52 turga, Alliota (1903 y) yana beshtagacha qisqartiradi, Uott (1907 y) avval 29 ga, keyinchalik (1926-1927 y) 41 turga, Shuman, Gurke va Ulbrix faqat 10 tur borligini tan olishgan, G.S.Zaysev (1927-1928 y) 4 tur bor deb hisoblagan. Harland (1932 y) 11 turni ajratadi, 1939 yil esa 18 tur bor deb hisoblaydi. Ya.N.Proxanov (1947 y) 67 tur, F.M.Mauyer (1948-1950 y) g‘o‘za turkumini 33 turga, oxirgi ishlarida esa (1954 y) 35 turga bo‘ladi.
G.S.Zaysev o‘zining klassifikasiyasini g‘o‘zaning madaniy shakllari asosida o‘tkazgan. Yovvoyi o‘simliklarning hammasini uning fikricha Gossypium turkumidan chiqarish lozim.
G‘o‘zaning mavjud jahon klassifikasiyasini sitologik tadqiqotlar va eksperimental izlanish asosida G.S.Zaysev g‘o‘zaning hamma madaniy shakllarini ikki guruhga: Yangi dunyo – somatik xujayralarida xromosomalar soni 52, jinsiy xujayralarda 26 bo‘lgan va eski dunyo – somatik xujayralarida 26 xromosoma va jinsiy xujayralarda 13 xromosomali. Undan keyin bu guruhlarni har qaysisini geografik kelib chiqishi, morfologik va boshqa belgilari bo‘yicha ikki kenja guruhga bo‘ladi: yangi dunyo guruhini – Markaziy Amerika va Janubiy Amerika kenja guruhiga, eski dunyo guruhini esa Afrikan va Hindu-Xitoy kenja guruhlariga. Shunday qilib g‘o‘zaning birinchi tabiiy klassifikasiyasi G.S.Zaysev tomonidan ishlab chiqilgan. Xorijiy mamlakatlarda D.B.Hadshinson, D.X.Saunders va P.A.Friksel klassifikasiyalari, bizda F.M.Mauyer klassifikasiyasi qabul qilingan. Bu klassifikasiya bo‘yicha g‘o‘zaning 35 turi mavjud bo‘lib, uchta kenja turkumga birlashgan. Gossypium kenja turkumga eski dunyo turlarining hammasi (2n = 26) jumladan ikkita madaniy tur: G.herbaceum– Afrika g‘o‘zasi va G.arboreum–Hindi–Xitoy g‘o‘zasi kiritilgan. Bu kenja turkumga afro–aziat yovvoyi turlari – G.anomalium, G. Sturtii va boshqalar ham kiradi. Ikkinchi kenja turkum–Sarpas yangi dunyoning hamma turlarini, jumla­dan madaniy tetraploid –G.hirsutum, G.barbadense, G.tricuspidatum (2n=52), yovvoyi tetraploid G.tomentosum va G.mustelinum turlarini birlashtiradi.
Yangi dunyo va yovvoyi diploid (2n=26) turlaridan G.trilobum. G.raimondii, G.harknessi va boshqalari ko‘p tarqalgan. Uchinchi kenja tur­kumga–Sturtii xromosoma to‘plami diploid bo‘lgan Avstraliya yovvoyi turlari kiradi.
Sitologik tadqiqotlar o‘tkazish natijasida g‘o‘zaning tetraploid turlari Osiyo va Amerika diploid turlarining chatishtirilishi nati­jasida hosil bo‘lgan tabiiy allotetraploidlar bo‘lganligi aniqlangan.
F.Mauyer klassifikasiyasi bo‘yicha g‘o‘zaning mavjud turlarining 5 tasi madaniy hisoblanadi (G.hirsutum, G.barbadense, G.tricuspidatum– yangi dunyo g‘o‘zalaridan, G.arboreum , G.herbaceum– eski dunyo g‘o‘zalaridan). Ammo jahon paxtachiligi to‘rtta madaniy turni ekishga asoslangan. Eng ko‘p maydonni (70 % gacha) G.hirsutum (o‘rta tolali g‘o‘za) navlari egallaydi. Bu tur ekini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi mamlakatlar, AQSH, Xitoy, Hindiston va boshqa g‘o‘za ekiladigan mamlakatlarning asosiy maydonlarini egallaydi. Undan keyingi o‘rinni Hindiston va Xitoyda ekiladigan G.arboreum egallaydi. Tolasining sifati bo‘yicha o‘ta qimmatli bo‘lgan ingichka tolali G.barbadense turi Misr va boshqa tropik va subtropik mintaqali mamlakatlarda, hamda MDH ning janubiy xududida nisbatan kichik maydonni egallagan. G.herbaceum turi esa Afrika va Janubiy – G‘arbiy Osiyoda juda kam maydonlarda ekiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda g‘o‘zaning faqat ikki turi – o‘rta tolali (G.hirsutum) va ingichka tolali (G.barbadense) turlari ekiladi. Yangi dunyo g‘o‘za turi – G.hirsutumning asl vatani Meksika bo‘lganligi uchun u Meksika g‘o‘zasi ypland ham deyiladi. G.barbadense Peru g‘o‘zasi, trisuspidatum esa Vest Indiya uch tishchali g‘o‘zasi nomi bilan ataladi.
Eski dunyo g‘o‘zalaridan G.arboreum Hindi–Xitoy g‘o‘zasi, G.herbaceum esa Afrika–Osiyo g‘o‘zasi nomi bilan yuritiladi. G‘o‘zaning ingichka tolali G.barbadense madaniy tetraploid turi Janubiy Afrikaning tinch okean qirg‘oqlaridagi tropik mamlakatla­ridan kelib chiqqan bo‘lib jahon paxtachiligining 10 % ga yaqin maydonini egallaydi. Uning o‘ta uzun tolali shakllari Ci–aylend, ya’ni dengiz qirg‘og‘idagi g‘o‘za deb ataladi. G‘o‘zaning bu turi ilk bor Barbados oro­lida topilganligi uchun shunday lotincha nomni olgan. Bu turning yov­voyi va ruderal shakllari hozirgacha Lotin Amerikasida o‘smoqda. Ulardan ingichka tolali g‘o‘zaning Peruan, Brazil va Amerikan navlari kelib chiqqan. Kelgusida bu g‘o‘za turi Misrda iqlimlashtirilib, u yerda asosiy ekin bo‘lib tarqaladi va tolasining sifati o‘ta qimmatli bo‘lgan navlari yaratiladi. Misr navlari asosida O‘zbekistonning janubi, To­jikiston va Turkmanistonda ekilayotgan ertapishar ingichka tolali na­vlari yaratilgan. Bu ekin turi maydonining chegaralanganligi uning kechpisharligi va issiqqa o‘ta talabchanligidadir. Ekin maydonlarini kengaytirilishi istiqbolli yangi tezpishar navlarini yaratish bilan bog‘liq.
G.hirsutum (tog‘li g‘o‘za hisoblandi) bizda mahalliy O‘rta–Osiyoli g‘o‘zaga qarama–qarshi qilib ko‘p vaqtlar Amerikalik deb atalgan.
Hirsutum nomlanishining sababi, uning poyalari va shoxlari uzun tukchalar bilan qoplanganligi; ko‘sagi yirik, 4–5 chanoqli, yaxshi ochiluvchanligi, tolasi G.barbadense ga nisbatan kaltaroq, odatda 2,5 sm, chigiti tuk bilan qoplanganligi.

Download 427 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish