“Agronomiya Qishloq xo’jaligi ekinlari, seleksiyasi va urug’chi ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Boboyorov Xidir Jumanazar o’g’lining


I.2. G‘o‘zaning morfobiologik xususiyatlari va genetikasi



Download 427 Kb.
bet5/28
Sana11.07.2022
Hajmi427 Kb.
#775204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
BMI

I.2. G‘o‘zaning morfobiologik xususiyatlari va genetikasi
G‘o‘za o‘q ildizli bo‘lib, uning asosiy ildizi 1,5–2 m chuqurlikkacha boradi. Yon ildizlarining rivojlanishiga qarab kuchli farq qiladi. Ba’zi na­vlarda ular bir tekis tarqaladi, ayrimlarida–ertapishar navlarda ko‘proq, tuproqning ustki qatlamlarida joylashadi, bu holda ildiz ti­zimi kuchsiz rivojlangan bo‘ladi. Bunday navlarning suv tanqisligiga chidamliligi kuchsiz bo‘ladi. Ildiz tizimining o‘sishi va rivojla­nishiga tuproq tipi, mexaniq tarkibi, yer osti suvlarining chuqur yoki yuzaligi, tup qalinligi, sug‘orish, oziqlantirish, qator orasiga ishlov berish kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi .
Poyasi va shoxlanishi. G‘o‘zaning asosiy poyasi ikki qismdan iborat: quyi qism – ildiz bo‘g‘zi bilan urug‘barg joylashgan oraliq–urug‘barg osti tirsagi (gipokotil) va ustki qism – poyaning urug‘barg joylashgan qismidan yuqorisi – urug‘barg ustki qismi (e pikotil) deb ataladi. Oripov R., Ostonov S. /2005/
Urug‘barg ostki tirsagida hech qanday chinbarg va shox bo‘lmaydi. Urug‘barg ustki qismida chinbarg bo‘lib, uning qo‘ltig‘idan shox chiqadi. Ekilib kelinayotgan g‘o‘zalarning bo‘yi o‘sish sharoiti, turi, naviga qarab 70–80 sm dan 120 – 140 sm gacha, ingichka tolali g‘o‘zalarda 120–150 sm, ba’zan 200 sm ga yetadi (3-rasm).
Poya tikka, mustahkam, tukli yoki tuksiz bo‘lishi mumkin. Bosh poyada barglar spiral shaklida 1/3, 2/5, 3/8 formula asosida joylashgan, bu ko‘proq g‘o‘za turiga bog‘liq.
Bosh poya bo‘g‘im oralig‘ining katta – kichikligiga qarab uch zonaga bo‘linadi: 1 – quyi zona – bo‘g‘im oralig‘i qisqa; 2 – o‘rta zona – bo‘g‘im oralig‘i uzun; 3 – yuqori zona – bo‘g‘im oralig‘i yana qisqarib boradi. G‘o‘za ko‘karib chiqqandan to shonalaguncha nav sekin o‘sadi, shonalashdan bosh­lab esa o‘sishi tezlashadi. Poyasining o‘sish va rivojlanish tezligiga tur va navdan tashqari harorat, yorug‘lik, tuproq namligi, oziqa bilan ta’minlanishi, tuproq xili ta’sir ko‘rsatadi.
G‘o‘zaning yon shoxi bosh poyadagi barg qo‘ltig‘iga o‘rnashgan ko‘rtakdan chiqadi. /Abdukarimov D.T., Ostonaqulov T.Ye., Lukov M.Q./ 1993
G‘o‘zada shoxlar ikki xil bo‘ladi: 1. O‘suv shoxi (monopodial). 2. Hosil shoxi (simpodial). O‘suv shoxi bosh poyaning quyi qismidan, barg­ning qo‘ltiq ko‘rtagidan bosh poyaga nisbatan o‘tkir burchak yasab, uchki o‘sish ko‘rtagining rivojlanishi hisobiga uzluksiz o‘sib boradi. O‘sish xarakteriga ko‘ra egri – bugri bo‘lmay to‘g‘ri o‘sadi, bosh poyani eslatadi, undan hosil shoxlari ham paydo bo‘lib, hosil beradi.

Download 427 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish