Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet91/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Nazorat uchun savollar?
1. Biznes-reja tushunchasi, korxona faoliyatini rejalashtirish turlari.
2. Biznes-reja tuzish bosqichlari, tartibi va asosiy shartlari.
3. Biznes-reja tuzishda balans, normativ va ko‘p variantli hisob-kitob usullaridan foydalanish bo‘yicha maslahatlar.
4. Biznes rejaning tarkibiy qismlari
15-M A V Z U: Noqishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha maslahatlar

REJA
1. Noqishloq xo‘jalik korxonalari bilan munosabatlarni tashkil etish bo‘yicha maslahatlar
2. Qishloq xo‘jaligi bozor sub’yektlari faoliyatida noqishloq xo‘jaligi tarmog‘ini tashkil qilish bo‘yicha maslahatlar.
3. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jaligi tarmog‘ini tashkil qilish bo‘yicha konsultativ xizmatlardan foydalanish



Tayanch iboralar: AMX, noqishloq, tovar, tijorat, konsalting, iqtisodiyot, menejment, tijorat

1–савол


Noqishloq xo‘jalik korxonalari bilan munosabatlarni
tashkil etish bo‘yicha maslahatlar
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonaning uzoq istiqbolga qaratilgan faoliyatini samarali tashkil etish uchun boshqaruvning turli sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar xizmatiga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Amalda korxona va tashkilot rahbarlari bir vaqtning o‘zida iqtisodiyot va menejmentning barcha sohalari bo‘yicha yuqori malaka va tajribaga ega bo‘lishi mumkin emas, shu sababli firmalar korxona faoliyatini boshqarishga oid murakkab muammolarni hal etishda ixtisoslashgan konsalting firmalari xizmatidan keng foydalanadilar.
Axborot maslahat markazlari xizmatidan nafaqat qishloq xo‘jalik korxonalari balki xududdda joylashgan noqishloq xo‘jalik korxonalari ham foydalanishlari mumkin. Bu mijoz sifatida axborot maslahat xizmatidan foydalanadigan noqishloq xo‘jalik korxonalarining boshqaruv, marketing, buxgalteriya, soliq, korxona faoliyatini biznes rejasini tuzish borasida muammolariga yechim topish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lsa, axborot maslahat markazi uchun qo‘shimcha mijoz-qo‘shimcha daromad manbaidir. Axbarot maslahat markazlari nafaqat xizmatlar turini ko‘paytirish va sifatini oshirish balki mijozlar ko‘lamining kengaytirish orqali o‘z faoliyatini rivojlantirishga va moliyaviy holatlarini barqarorlashtirishga erishadilar. Hududlarda joylashgan noqishloq xo‘jalik korxonalariga qo‘yidagilar kiradi:

  • Tijorat, savdo-sotiq do‘konlari;

  • Kasanachilik;

  • suratxonalar;

  • guzallik saloni;

  • marosimlar uyi;

  • umumovqatlanish shohobchalari;

  • xalqhunarmandchiligi;

  • avtomobillarga texnik yordam ko‘rsatish;

  • poyabzal ta’mirlash va tikish;

  • qurilish materiallari ishlab chiqarish;

  • mebel yasash va ta’mirlash;

  • kiyim-bosh va trikotaj mahsulotlarini tikish-to‘qish;

  • teleradio, video, audio apparatlarini tuzatish;

  • qayta ishlash korxonalari va hokozo

Bu noqishloq xo‘jalik korxona va xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektlar axborot maslahat xizmatida o‘z faoliyatlarini rivojlantirish, masalan kredit olish yo‘llari va imkoniyatlarini bilib olishlari uchun, o‘z sohalariga tegishli bo‘lgan yangi ma’lumotlaridan xabardor bo‘lishlari, o‘zlarining moddiy texnika bazalarini mustahkamlash va boshqaruv tizimi bo‘yicha maslahatlardan foydalanishlari mumkin. Odatda korxona boshqaruv tizimini konsalting xizmatidan foydalanishiga quyidagi sharoitlar undaydi:

  • korxona raxbariyati tomonidan boshqaruv samaradorligini oshirish uchun yangi, zamonaviy usullardan foydalanishga intilishi;

  • yuqori malakaga ega bo‘lgan boshqaruv mutaxassislari qobiliyatidan foydalangan holda korxonadagi mavjud holat va uning istiqbolini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarga ega bo‘lish;

  • korxonaning tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlash va raqobatbardoshligini oshirish.

Konsalting faoliyatining quyidagi alohida xususiyatli qirralari mavjudligini ko‘rish mumkin:35
Birinchidan, konsultantlar boshqaruv xodimlariga kasbiy maslahat yordami ko‘rsatadi. Tajribali konsultantlar yangi va oldingi mijozlarga turli vaziyatlarda yordam ko‘rsatib, turli tashkilotlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganadi. Shunday ekan, ular umumiy o‘zgarish sur’atlarini tez anglaydilar, yuz bergan muammo tahlili jarayoni bilan tanish va uni yechish yo‘llarini tushunadilar.
Ikkinchidan, konsultantlar asosan maslahat beradilar. Bu ular faqat maslahatchi bo‘lib, berilgan tavsiyalar asosidagi o‘zgarishlarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha bevosita aralashuvi nojoizligidan darak beradi. Konsultantlar berilgan maslahatning sifati va tugallanganligiga mas’uldir. Mijozlar esa berilgan tavsiyalarni qo‘llash natijasida kelib chiqadigan oqibatlarga javobgardir.
Uchinchidan, konsultatsiya jarayoni – bu mustaqil xizmatdir. Konsultant o‘zi xoxlagan vaziyatni baholab, xolisona, mijoz talablari doirasida obe’ktiv tavsiyalar beradi.
Axborot maslahat xizmatida noqishloq xo‘jalik korxonalariga ko‘rsatiladigan xizmatlar yo‘nalishlari qo‘yida keltirilgan.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish