Moliyaviy boshqaruv konsaltingi. Qo‘yidagi masalalarni yechishda yordam ko‘rsatishi mumkin.
moliyaviy manbalarni izlash;
korxonaning joriy moliyaviy daromadlarini oshirish va baholash;
korxonaning moliyaviy boshqaruv istiqbolini aniqlash.
Ular moliyaviy rejalashtirish va nazorati bo‘yicha, soliq, buxgaltiriya, aksiya va paylarni joylashtirish, foyda, tannarx, bankrotlik savollarini qamrab oladi.
Ko‘p hollarda moliyaviy holat menejment bo‘yicha konsultantlarning asosiy xizmat turini egallaydi. Masalan: moliyaviy ekspertiza xo‘jalik faoliyati diagnostikaning asosiy qismi bo‘lib xisoblanadi. Loyihani amalga oshirishda moliyaviy savollar bo‘yicha konsultantlar boshqa yo‘nalishdagi konsultantlar bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi mumkin, ayniqsa ishlab chiqarish va marketingda.
Moliyaviy savollar bo‘yicha konsultantlar uch yo‘nalishda tahlil olib borishadi.
Firmani kengaytirish bu asosan yangi tashkilotlarni ochish, yangi tashkilotlarga qo‘shilishi, yangi jixozlarni, bozorni egallash va boshqalar bilan bog‘liq. Har bir ko‘rilayotgan savollar bo‘yicha konsultantlar chegara va xarajatlarni aniqlaydi, undan tashqari jalb qilingan xarajatlar qancha foyda keltirishi va uning miqdorini xam aniqlashi kerak.
Kapitalni boshqarish. Bu holda konsultant mijozning kapital tizimini o‘rganib chiqadi. Venchur va zayom kapitalining samaradorligini tahlil qilib, moliyaviy tarmoqlarning uzoq va qisqa muddatlariga baho beradi.
Buxgalteriya tizimini ishlab chiqish va yaxshilash. Bu masalani ko‘rishdan avval konsultant qanday tur masalahatni boshqaruvchi undan kutayotganini, qanday maqsad uchun bu tizim tuzilmoqda, va ayniqsa bu ma’lumotlarni kim oladi va qanday ishlatadi degan savollarga javob berishi kerak.
Kadrlarning boshqaruvi bo‘yicha konsultant. U asosan ishchilarni tanlab oladi, kadrlar sonini nazorat qiladi, mehnat xaqqini taqsimlaydi, kadrlarning malakasini oshirib boshqarib turadi, mehnat muhofazasi va psixolagik holatni o‘rganadi va boshqa shu kabilarni ko‘rib chiqib savollarga javob topishi kerak.
Asosiy maqsadi menejerlarga har bir korxonaning eng muhim faktori bo‘lgan mehnat resurslarini to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatadi. Shu asosda kadrlarni boshqaruvi bo‘yicha konsultant qo‘yidagi savollarni qamrab chiqishi kerak.
1. Kadrlarni tanlab olish prinsipi. Bu holda ideal kadrlarning ko‘rinishini aytib o‘tish lozim bo‘lib, malakali ko‘rinishda bo‘ladi. Shu asosda baholash olib borilib, tanlash, joylashtirish amalga oshiriladi. Kadrlarni tanlashda asosan test va so‘rov usullari keng qo‘llaniladi.
2. Qabul qilishni rejalashtirish va personalning malakasini oshirish bo‘yicha savollar ko‘rib chiqiladi. Bu xolda konsultant qo‘yidagi savollarni qo‘rib chiqadi.
ishchilarning turli kategoriyalariga qarab asosiy talabni
aniqlash;
qiyinchiliklarni tahlil qilish, o‘qitish bilan bog‘liq, madaniyat,
sotsial jihatlarini aniqlash bunda xodim yuqoridagilarni yengib
o‘tish usullarini ishlab chiqishi kerak bo‘ladi;
malakasini oshirish bo‘yicha siyosatni aniqlash.
3. Motivatsiya. Har bir korxona o‘z xodimlarini maqsadga erishtirish qiziqishlarini oshiradi, hoh u individual bo‘lsin, hoh u jamoa bo‘lishidan qat’iy nazar. Kadrlar bo‘yicha konsultant qo‘yidagilarga maslahat berib, strategiyani tanlashga yordam beradi.
korxonaning psixologik muhitini yaxshilash;
ish tarkibini boyitish;
mukofotlar tizimini ishlab chiqarish;
xodimlar faoliyatini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |