Agrokonsalting


–савол Biznes-reja tuzish bosqichlari, tartibi va asosiy shartlari



Download 2,27 Mb.
bet87/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

2–савол


Biznes-reja tuzish bosqichlari, tartibi va asosiy shartlari.
Xo‘jalikning biznes-rejasini tuzishda, uning moliyaviy iqtisodiy holati chuqur o‘rganilgan xolda ish faoliyatining strategiyasi, boshqarish usuli va hozirgi bozor sharoitidan kelib chiqadigan har xil muammolarni hal qilishdan iborat bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida xo‘jalik quyidagi tadbirlarni ishlab chiqishi kerak:
a) xo‘jalik qanday afzalliklarga egaligi;
b) xo‘jalikning nozik tomonlarining mavjudligi;
v) maqsadga erishish uchun investitsiya mablag‘lar talab qilinishi;
g) maqsadga erishish uchun qanday dadil qadamlar kerak bo‘lishi.
Xo‘jalik faoliyatini yurgizishda hozirgi bozor sharoitida, xo‘jalik rahbari o‘tgan yilgi moliyaviy xo‘jalik holatini o‘rgangan holda kelgusida ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida, o‘ziga hamkor tanlaydi. Mavjud vositalardan to‘liq foydalanishga harakat qiladi.
Xo‘jalik faoliyati holatini tekshirish uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar balansidan ma’lumotlar olish mumkin.
Biznes-reja va moliyaviy istiqbol xo‘jalik uchun hayotiy zaruriyat bo‘lib, har bir ishbilarmonga rejalashtirishda va boshqarishda asosiy qurol bo‘lib kapital mablag‘larni va moliyalashtirishni jalb qiladi.
Biznesning hamma bosqichlarida moliyaviy ko‘rsatkichlarni tushunish va asoslash imkoniyat muammolaridan foydalanishga xizmat qiladi. Taxminlar shunday kerakli savollarga javob beradiki, xo‘jalik qachon pulga muhtoj bo‘ladi, undan qanday foydalanadi?
Biznes-reja loyihasining bosqichlari quyidagilar:
1-bosqichLoyihaning maqsadi va vazifasi. Loyiha tuzish tashabbuskorlari, investorlar, unga qiziquvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
2-bosqich. Mavjud materiallarni inventarizatsiyalash, yo‘nalish bo‘yicha loyihalashtiruvchilarni ichki javobgarligini aniqlash.
3-bosqich. Berilgan materiallarni aniqlash (tasodifiy hodisalar uchrashi mumkin).
4-bosqich. Biznes-rejani tarkibi va qo‘shimcha bo‘limlar
5-bosqich. Biznes-loyihani asosiy bo‘limlarida variantlar bo‘yicha hisoblash
6-bosqich. Loyihani realizatsiya qilish samaradorligini baholash, berilgan materiallarga ishonch hosil qilish.
7-bosqich. Biznes-reja asosiy bo‘limlarining o‘zaro bog‘liqligi va ularni tarkibi
8-bosqich. Olingan ma’lumotlarni tashkilot mutaxassislari bajaruvchilar va investor bilan biznes-rejaning bo‘limlari bo‘yicha kelishuvi. Loyihaga qilingan tanbehlar.
9-bosqich. Loyiha bo‘yicha ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish.
10-bosqich. Keltirilgan to‘liq matn bo‘yicha qiziquvchilar o‘rtasida muhokama qilinishi, tashabbuskorlar, investorlar, biznes-rejani tuzuvchilar bilan majlis o‘tkazish
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilar ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritish bozorida mustaqillikka erishish bilan bir qatorda ishlab chiqilgan mahsulotlarni taqsimlash, ularni narxlarini belgilash hisob-kitob qilish, kredit berish va boshqa bir qator faoliyat yuritilishini ta’minlash bilan bog‘liq imtiyozlarni amalda qo‘llashdir. Oqibatda ularning funksiyalari, birinchi navbatda boshqaruv sohasida, demak rejalashtirish faoliyatlarini o‘zgartiradi.
Birinchidan xo‘jaliklarning asosiy vazifalari – davlat buyurtmasi rejasini bajarish, mahsulotni belgilangan tayyorlovchi idoralarga yoki iste’molchilarga yetkazib berish o‘rniga yangi vazifalar kelib chiqdi, jumladan mahsulot sotish uchun maqbul bozorni izlash muammosi tug‘ildi. Ikkinchidan, ilgari standartga to‘g‘ri kelgan va xatto pasaytirilgan narxlarda nostandart mahsulot ham, tayyorlovchi idoralar tomonidan sotib olinavergan bo‘lsa, yangi sharoitda mahsulotning raqobatga bardoshligiga talab kuchaydi. Bu borada, mahsulotning raqobatbardoshligini nafaqat mahsulot sifati bilan balki uning tannarxi taklif etilgan narxi, o‘z vaqtida yetkazib berilishi sifatli bo‘lishi va boshqalar bilan o‘lchana boshlanadi. Uchinchidan, moddiy-texnika ta’minotidan taqsimlash tizimi barxam topadi. Endi resurslar sotib olish uchun mablag‘ orttirish lozim bo‘lib, bu avvalgi vaqtlarda unchalik shart emas edi. To‘rtinchidan, ishlab chiqarish xo‘jalik yuritish faoliyat samaradorligiga talab nisbatan ortdi.
Bularning barchasi rejalashtirishga munosabatning o‘zgarishiga olib keladi.
Xo‘jalik maqsadida rejalashtirish tizimi quyidagicha ifodalanadi.

  • tashkiliy-xo‘jalik tuzilma rejasi (asosan yangi, shuningdek qayta tuzilayotgan xo‘jaliklar uchun);

  • xo‘jalik tomonidan belgilangan davr uchun istiqbol rejasi;

  • asosiy ishlab chiqarish va moliyaviy ijtimoiy ko‘rsatkichlarni belgilovchi biznes-reja

Rejalashtirishda quyidagi masalalar aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir:

  • Asosiy faoliyat yo‘nalishini yoki uning qishloh xo‘jaligi mahsulotlari bozoridagi holatining o‘zgarishiga bog‘liqligi asosida marketing strategiyasi;

  • asosiy ishlab chiqarish bazasi va belgilangan maqsadga erishish uchun infrastrukturani rivojlantirish;

  • qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, uni qayta ishlash, ishlab chiqarish, xizmati ko‘rsatish, qo‘shimcha va noqishloqxo‘jalik faoliyat yuritish; samaradorlik ko‘rsatkichlari

Xo‘jalikni istiqbolli rejalashtirishning asosiy maqsadi uning shaxsiy va qarzga olinadigan moliyaviy resurslarini ma’qul yo‘nalishlarda ishlatilishini belgilashdir.
Xo‘jaliklar uchun asosiy rejaviy hujjat bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asosida tuzilgan yillik biznes-reja hisoblanadi.
“Biznes-reja” tuzishda xo‘jalik rahbariyati va mutaxassislar quyidagi masalalarga e’tibor berishlari lozim:

  1. Aniq bozordagi mahsulot turlariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda ekin turlarini ekishni rejalashtirish, sotish shakllarini aniq bilish.

  2. Rejalashtiriladigan yilda ekiladigan ekin turlarini yerdan to‘g‘ri foydalangan holda joylashtirish.

  3. Ekiladigan har bir ekin turi bo‘yicha xo‘jalikda texnologik kartalarni tuzishda mavjud me’yorlardan kelib chiqqan holda har bir hududining va xo‘jalikning iqtisodiy geografik xususiyatlarini hisobga olish.

  4. Mehnat va moddiy harajatlar me’yorlariga qat’iy rioya qilish, moddiy harajatlarni kamaytirish yo‘llarini topish.

  5. Ekiladigan ekinning hosildorligini to‘g‘ri belgilash.

  6. Chorvachilikda poda harakatini tuzish.

  7. Mollar mahsuldorligini to‘g‘ri belgilash.

  8. Mollar va parrandalarning ozuqaga bo‘lgan talabini hisob-kitobini qilishi.

  9. Yuz boshdan buzoq, qo‘zi olish hisob-kitobi esa xo‘jalikning ishlab chiqarish yo‘nalishini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.

  10. Ekish rejalashtirilayotgan ekin turini yoki chorva mollarini parvarish qilish bilan bog‘liq sarf-harajatlarni aniq hisob-kitob qilish.

  11. Yil boshida mavjud qoldiqni saqlash harajatlarini hisob-kitobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish.

  12. Erkin va shartnoma asosida sotiladigan mahsulotlarga bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda narx belgilash va yil davomida bozorda baholarni o‘zgarishiga qarab mahsulot sotishni shartnoma bahosini to‘g‘rilab borishni shartnomada ko‘zda tutish.

  13. Tayyorlov tashkilotlar shartnoma asosida oladigan mahsulotlarini tashish harajatlarni qoplash manbalarini va miqdorini aniqlashni shartnomada aniq ko‘rsatish.

  14. Ishlab chiqarishda ishlatilmay foydasiz yotgan inventar, mashina va texnikalarni sotishni yo‘lga qo‘yish.

  15. Xo‘jalikda har bir tarmoqning foyda bilan ishlashini ta’minlash.

  16. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga qilinadigan mehnat va moddiy resurslar me’yori (kishi-soati, urug‘ yoqilg‘i, moylash materiallari, meneral o‘g‘itlar va boshqalar) vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishga talab etiladigan me’yordan mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda foydalanish.

  17. Ekiladigan ekinlarning texnologik kartalarida ko‘rsatiladigan davrlar bo‘yicha ish miqdorini bajarilishi va harajatlari, davr tugashi bilan tahlil qilib borilishi.

Rahbar va mutaxassislar «Biznes-reja” ni to‘g‘ri va amaliyotdan foydalanish mumkin bo‘lgan holda tuzish va uni quydagi muddatlarda amalga oshirilishini ta’min etishi zarur.

  1. “Biznes-reja” ni xo‘jalik rahbari boshchiligida bosh iqtisodchi, bosh hisobchi, bosh agronom, bosh zootexnik va tajribali ishbilarmonlar va tadbirkorlar qatnashgan holda kelgusi yil uchun noyabr oyida tuzilib yil yakuni bilan aniqlik kiritiladi.

  2. “Biznes-reja” ho‘jalikning umumiy yig‘ilishda yillik hisobot bilan birgalikda tasdiqlanadi.

Shuning uchun «Biznes-reja» ni tuzishda avval respublikada tadbirkorlikka doir oid qonunlarni, hamda ularga kiritilayotgan o‘zgarishlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga doir farmonlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini yaxshi bilish talab etiladi.
Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlari rejalashtirishga ahamiyat bermay, biznes-reja tuzishga erinadilar va uni keraksiz deb biladilar, bu albatta katta xatodir. Rejalashtirish barcha xo‘jalik faoliyatining zarur va muhim qismi ekanligi hech esdan chiqarmaslik lozim. Buni ayniqsa, bankrotlar tasdiqlashi mumkin, bankrotlik, ya’ni korxonaning sinishi sababi pulning yetishmasligi emas, balki tadbirkor rahbarning qishloq xo‘jaligi korxonasining o‘z faoliyatining to‘g‘ri rejalashtirmaganligi natijasidir.
“Biznes-reja” tuzishda qo‘yiladigan birinchi qadam mahsulotlar sotish bozorini aniqlashdan boshlanshi lozim. Chunki, noma’lum bozor uchun ishlagan korxonaning moliyaviy inqirozga uchrashi aniq.
Bozor tizimining asosiy ustunligi uni doimo ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishni rag‘batlantirishdir.
Bozorning afzalliklari quyidagilardan iborat:
Resurslarning samarali taqsimlanishi, ya’ni bozor resurslarini jamiyat uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarini ishlab chiqarishga yo‘naltiradi, sharoitlarning o‘zgarishlariga yuqori darajada moslashuvchanligi, iste’molchi va tadbirkorning qaror qabul qilishida erkinligi; fan va texnika taraqqiyoti natijalaridan eng maqsadli ravishda foydalanish va boshqalar.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turlari, miqdori, ularni qayerda qayta ishlash mumkinligi o‘zgarib turishi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishning texnologik, jarayonlari bo‘yicha sarflanishi mumkin bo‘lgan mehnat, material hamda mablag‘ harajatlar (miqdori summasi) o‘zgarishi ko‘rsatilishi lozim. Shuni natijasida xo‘jalik qancha mahsulot ishlab chiqarishi va unga mehnat, material va mablag‘ sarflanishi aniqlanadi. Bular esa mahsulot tannarxi qancha tushishini aniqlash imkonini beradi.
Bozorda o‘rni yuksalayotgan xo‘jalik raqobatbardosh hisoblanadi va u kelajakda samarali rivojlanadi. Raqobatchilar to‘g‘risida batavsil ma’lumotlar xo‘jalikning tashqi bozorga chiqish imkoniyatlari, masalan, paxta tolasini, korako‘l terisini, sabzavot hamda bog‘dorchilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha imkoniyatlari ham asoslangan holda ko‘rsatiladi. “Biznes-reja”ni muvoffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydigan muhim shart-sharoitlardan biri uning ijrosini tekshirishdir. Reja o‘z o‘zidan amalga oshavermaydi: Xo‘jalikning istiqbollik va joriy rejalarini amalga oshirish uchun kun sayin kurash olib borish kerak. Rejalashtirish uni tuzishdangina iborat deb o‘ylash noto‘g‘ridir. Aslida esa rejani tuzish rejalashtirishning boshlanishidir. Asosiy rejani boshqarish esa reja tuzib bo‘lingandan keyingina, joylarda bu rejani qayday bajarilayotganligini nazorat qilish, ishlab chiqarishda uning qanday amalga oshirilayotganlgini tekshrib borish unga ayrim tuzatishlar kiritish, ishlab chiqarishning reja tuzilgan yilga xos bo‘lgan sharoitlarini hisobga olish jarayonida olib boriladi.
“Biznes-reja”da ko‘rsatilgan ishlarni bajarilishini tekshirib borish tashkiliy ishlarbilan bog‘liqdir. Rejani amalga oshirish ishidagi barcha qiyinchiliklarni bartaraf etishda, bo‘limlarga, fermalarga va xo‘jalikka yordam anashu tashkiliy ishlarning bir qismidir.
Qabul qilingan rejalarnng bajarilishini nazorat qilib borish ishiga xo‘jalikdagi barcha mutaxassislarni jalb etish kerak. Xo‘jalikda reja qanday bajarilayotganligini kun sayin nazorat qilib borish ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Shunday qilingandagina kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ishda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni xo‘jalik yili yakunlanayotgan paytda emas, balki ish jarayonida tuzatish mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, xo‘jalik rejalarini bajarilishi bilan xo‘jalikdagi foydalanilmayotgan imkoniyatlar ishga solinadi, asbob-uskunalar va material pul vositalaridan to‘laroq, foydalaniladi, ishlab chiqarishni rivojlantirishni yangi manbalarini izlab topish, mehnat unumdorligini oshirish, moddiy sarflarni tejamli yo‘lini topish, yoqilg‘i, urug‘likni tejab sarflash imkoniyati vujudga keladi.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish