Agrokonsalting


–савол Ishlab chiqarishning samaradorligi va uni oshirish bo‘yicha maslahatlar



Download 2,27 Mb.
bet85/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

3–савол


Ishlab chiqarishning samaradorligi va uni oshirish bo‘yicha maslahatlar
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi xar doim iqtisodiyotning dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo‘lib
keladi. Ayniqsa hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo‘yilmoqda. Buning sababishundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldidaturgan muhim masala mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasiniamalga oshirib bo‘lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doimishlab chiqarishning provard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag‘laryoki qilingan harajatlar o‘rtasidagi nisbat tushiniladi. Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’yekt ko‘proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IX) nisbati bilan aniqlanadi,
ya’ni:

Bu yerda: R’ - foyda normasi, IX – iqtisodiy resurs xarajatlari.


Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezonifoyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, cof mahsulot, uchinchilari milliydaromad, to‘rtinchilari esa qo‘shimcha mahsulot deb ko‘rsatadilar. Biz hozir bu yerdafikrlarning qaysi biri to‘g‘ri ekanligi haqida batafsil to‘xtolmaymiz, lekin shuniaytish kerakki, ko‘pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitidasamaradorlikning bosh ko‘rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya’nirentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi. Ishlabchiqarish samaradorligi ko‘p qirrali masala bo‘lib, bu aytilgan birgina asosiyko‘rsatkichda, uni to‘la ravishda har tomonlama ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchunishlab chiqarish samaradorligini to‘la ifodalashda unda qatnashgan omillarningunumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradiganko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchikuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlabchiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriganisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan,kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU,mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini esa - V bilan belgilasak, mehnatunumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
.

Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evazigaya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilananiqlanadi.


Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko‘rsatkichdan hamfoydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligievaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapitalunumdorligini - KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini - K,mahsulotni - M, yalpi daromadni - YaD bilan, foydani - F bilan belgilasak quyidagiformulalar hosil bo‘ladi:


; ;

Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri yer hisoblanishi sababli yerdanfoydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi ham aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich olinganmahsulot hajmining yer maydoniga (gektarga) nisbati bilan hisoblanadi. Samaradorlikni aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi degan ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi.


Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan
omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:
1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo‘llash.
2. Ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va
kooperatsiyalash.
3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo‘g‘inlarini
o‘zgartirish.
4. Ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish va ularning faolligini oshirish.
5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab
foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangihosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlabchiqarishga joriy qilish.
6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va
mutaxassislar tayyorlash.
Bu sanab ko‘rsatilgan omillar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchunta’sir qiladigan asosiy va butun iqtisodiyotning barcha sohalari uchun umumiyomillardir. Bulardan tashqari aniq olingan xo‘jaliklarda, tarmoqlarda vaxududlarda samaradorlikni oshirishning shu joyning sharoitlari xususiyatidankelib chiqadigan qanchadan-qancha omillari borki, ularni topib ishga solish vafoydalanish samaradorlikni keskin oshirishning keng imkoniyatlari bo‘lib,hisoblanadi. Biz bu yerda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hammaomillari to‘g‘risida batafsil to‘xtala olmaymiz. Lekin uning muhim va hozirgi kundarespublikamiz uchun dolzarb omillaridan biri bo‘lgan ilmiy texnika taraqqiyotito‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz.
Fan-texnika taraqqiyoti fan sohasidagi ishlab chiqarish qurollari, texnologiya,boshqarish va boshqa ko‘pgina o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda fan-texnika tez sur’atlar bilan taraqqiy qilmoqda va u ilgarigi texnika taraqqiyotigaqaraganda birmuncha afzalliklarga egadir.
Hozirgi davrdagi fan-texnika taraqqiyoti afzalligi shundaki, ilg‘ormamlakatlarda fan yangiliklari tezlik bilan ishlab chiqarishga joriy qilinadi,binobarin fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib boradi.
Hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning texnik bazasini mustahkamlash
elektronika, radioelektronika, telemexanika, atom energiyasi, ximiya va boshqafanlarning erishgan yutuqlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Xullas fanning erishgan yutuqlari ishlab chiqarishning taraqqiyoti uchun vauning iqtisodiy samaradorligi uchun cheksiz imkoniyatlar ochib beradi. Shuning uchunham O‘zbekiston davlati fan-texnika taraqqiyotiga katta e’tibor berib, uni keskinjadallashtirishni, texnikaning eng yuqori unumdor va samaradorlikni ta’minlovchiyangi turkumlarni, prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarni keng joriy etishvazifasini qo‘ymoqda. Fan taraqqiyotining natijasi va uning ishlab chiqarish bilanyaqinlashishining muhim belgisi takomillashgan, chidamli va unumli mehnatqurollari va predmetlarini vujudga keltirish va ishlab chiqarishga joriy qilishhisoblanadi. Ishlab chiqarishga yangi unumli mehnat qurollari va sifatli mehnatpredmetlari qancha ko‘p kirib kelsa jonli mehnat shuncha ko‘p mehnat vositalariniharakatga keltiradi va ko‘p iste’mol qiymati yaratadi. Davlatning investitsiyasiyosati resurslarni fan-texnika taraqqiyotining ilg‘or sohalari bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, aviatsiya,mashinasozlik sanoatini, informatika, elektronika, atom energetikasi, ishlabchiqarish sohalarini kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, yangimateriallarni yaratish va bularga ishlov berish texnologiyasi singari muhimyo‘nalishlariga jalb qilishga qaratilgandir. Shuning uchun ham fan-texnikataraqqiyotining evolyutsion va revolyutsion shakllarini farqlamoq lozim. Fan-texnika taraqqiyotining evolyutsion shaklda rivojlanishi deganda, uning mavjudtexnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalash asosidarivojlanishi tushuniladi.
Revolyutsion shaklda rivojlanishi deganda esa, fan-texnikaning bir qanchasohalarida birdaniga katta o‘zgarishlar bo‘lib, texnikaning eng so‘nggi
yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qo‘llash, prinsipial yangi texnologiktizimga o‘tish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shakldarivojlanishi yuksak samara beradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan jarayonlar va ularning yuqori samaradorligini ta’minlashda konsalting xizmatlarinig o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa iqtisodiyotimizning asosiy sohalaridan bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini ta’minlashda ishlab chiqarishni tashkil etish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha konsalting xizmatlarining tashkil etilishi bugungi kunda dolzarb masalaga aylanmoqda.
Ishlab chiqarish bo‘yicha konsultant qo‘yidagi soxalarni taxlil qilishi kerak.
1.Maxsulotni o‘zi ko‘p xollarda tovarlarning ayrim jixatlari ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun konsultant tovarlarning hamma bo‘g‘inlarini yaxshi o‘rganib chiqishi kerak. Bular asoson qo‘yidagi savollardan iborat bo‘ladi.

  • tovarlarning bo‘g‘inlarini yaxshilash yoki standartlashtirish

imkoniyatlari.

  • tovarlarning ba’zi kompanentlarini arzonrog‘i bilan

almashtirish imkoniyati(ayniqsa kimyo soxasida)

  • tovarlar ishlab chiqarilayotgan asbob uskunalarni yaxshilash

imkoniyati mavjudligini aniqlash.
Undan tashqari yuqoridagilarning xar birida konsultant sifat nazorat tizimini yaxshilashi mumkin:

  • nazoratning soni va davomiyligini belgilash bilan;

  • tanlanma asosida nazoratning xilini aniqlash;

  • ishchilarni bilim saviyasini aniqlash.

2.Ish metodi va tashkillashtirilishi birinchidan konsultant asbob uskunalarining joylashuviga e’tibor berishi lo’zim, unda:

    • mavjud asbob uskunalar, ish joyi sifatiga ta’sir qilish yoki

qilmasligi

    • ba’zi elementlarning xaddan ziyod zichligi yoki bo‘shligini

aniqlash.

    • belgilangan maydondan to‘g‘ri foydlanish darajasi

Shu shakilda konsultant

      1. Ish maydonlariga ehtiyojni, omborxonalar, yarim tayyor maxsulotlar va shu kabilar haqida ma’lumotlarni bilishi kerak.

      2. Konsultant uskunalarning ekspluatatsiyasi va tamirlanishi xaqida ma’lumotlarni to‘plashi lozim.

      3. Ishlab chiqarishni rivojlantirishi oddiy va samarali metodlaryordamida ishlashi tekshirilishi kerak.

      4. Konsultant ishlab chiqarish rejasi masalasini ham ko‘rib chiqmog‘i lozim, unda asosan sotishni oldindan aytish, ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlash va shu kabilarni bilishi kerak.

Iqtisodiy boshqaruv, injinering savollarga javoblarni mujassamlashtiradi. Unda ishlab chiqarish texnologiyalari jarayoni, mexnat unumdorlagini yaxshilash, maxsulot sifatini baxolash va nazorat qilish, qoldiq tovarlarni taxlil qilish, ishlab chiqarishni rejalashtirish, uskuna va xom ashyodan to‘g‘ri foydalanish, maxsulotni yaxshilash va qayta ishlash, ishni boxolash va boshqalardan iborat. Ishlab chiqish jarayoni boshqaruvchidan sifatli maxsulot olishda, son jixatidan to‘g‘ri kelishida, xarajatlarni kamaytirishda qo‘l keladi. Shuning uchun konsultantning asosiy vazifasi bu maqsadga erishishning optimal yo‘llarini ishlab chiqishdan iboratdir.



Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish