Agrokonsalting


–savol AMXda o‘zaro teskari aloqalar mexanizmlari



Download 2,27 Mb.
bet31/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

2–savol


AMXda o‘zaro teskari aloqalar mexanizmlari.
Ko‘rsatilgan o‘zaro teskari aloqalar bir vaqtning o‘zida turli xil omillar ta’sirida vazifaningmohiyati o‘zgarib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holda maslahatchi yoki xodim qo‘yidagi savollarga javob bera olishi kerak:
- mijoz tomonidan vazifaning mohiyati o‘zgartirilishiga yetarlicha ishonchli axborot (informatsiya)lar mavjudmi?
-muddatidan oldin o‘zgartirish kiritilishiga yoki taxlikaga soluvchi tavakkalchilik mavjudmi?
-mijoz oldindan risk ya’ni tavakkal xaqida xabardor qilinadimi?
Bajarilgan topshiriq haqida yakuniy xulosalarni tayyorlashda o‘zaro teskari aloqalar muhim ahamiyatga ega. Aniq bir maqsadga xizmat qilishi vaqtida o‘zaro teskari aloqalarni yo‘lga qo‘yish kerak.Bunga misol qilib, shu vaqtgacha yig‘ilgan barcha ma’lumotlar shartnomada ko‘zda tutilmagan va topshiriqni boshlang‘ich davrida rejalashtirilmagan yangi muammo yoki kutilmagan vaziyatlar mavjudligi haqida mijozni xabardor qilish kerak. Yana bir holatda esa maslahatchi to‘plagan barcha ma’lumotlar asosida topshiriqning boshlang‘ich davrida topshiriq haqidagi fikr mulohazalar noto‘g‘ri ekanligini xabar berishi va shu sababli mijoz bilan bu mavzuda yana bir bor fikrlashishi kerak bo‘ladi. “Juda ko‘p mayda qadamlar bilan” strategiyasida ish olib boradigan maslahatchilar qo‘lida yetarli darajada informatsiya bo‘lganida,ularni mijozga yetkazishi uchun hamda keyingi qarorlarni qabul qilishdan oldin xar safar mijoz bilan o‘zaro teskari aloqalarni amalga oshiradilar.
Axborot-maslahat xizmat ko‘rsatuvchi xar qanday xodim yoki maslahatchi, o‘zaro teskari aloqalarni unga eng ko‘p yordam bera oladigan, yangi ma’lumotlarni olsa bo‘ladigan va muammoga bog‘liq bo‘lgan vaziyatlardan xabardor shaxs bilan amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Juda ko‘p hollarda o‘zaro teskari aloqalar chegaralangan bo‘ladi, aniqrog‘i, axborot-maslahat xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektlar xodim va maslahatchilar bilan mijoz jamoasidagi faqat top menedjerlarga bu imkoniyat berilgan bo‘ladi. Ya’ni, axborot-maslahat xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektlar xodim va maslahatchilar topshirilgan vazifa bo‘yicha ma’lumotlarni olishlari uchun ularga biriktirilgan mijoz jamoasidagi shaxslargagina murojat qilishlari mumkin. Bu jarayonda maslahatchiga mijoz jamoasining boshqa a’zolari yordam berishlari majburiy bo‘lmaydi. Shu sababli maslaxat berish etikasi buyicha tadqiqot ishlari olib borayotgan olimlar, mijoz jamoasidagi o‘z ma’lumotlari bilan maslahatchi bilan o‘rtoqlashgan xar bir jamoa a’zosi, o‘zi bergan ma’lumotlar yordamida erishilgan natijalar bilan tanishtirilib borilishi maqsadga muvofiqdir deb ta’kidlaydilar.Lekin amalda bu xolatlar chegaralangan, chunki ba’zi bir ma’lumotlar ko‘pchilik jamoa a’zolari ya’ni xodimlar orasida bayon qilinishi taqiqlanadi. Maslaxatchi olib borayotgan ishlar natijalari bilan kim va qaysi muddatda xabardor bo‘lib turishlikni aniqlash, maslahatchi firmaning strategiyasiga bog‘liq. Masalan, jarayon boshida maslahatchiga o‘z bilgan ma’lumotlari haqida axborot berishdan bosh tortgan insonlar, maslahatchining jarayon bo‘yicha erishilgan natijalari xaqida muntazam holda axborot berayotganini ko‘rganidan so‘ng o‘z fikrlarini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Axborot-maslahat xizmat ko‘rsatuvchi xar qanday xodim yoki maslahatchi o‘z vaqtini zoya ketkazmaganligini, ish faoliyatini samarali olib borayotganligini va qo‘lida muhim axborotlar yig‘ilganligini namoyish qilishni xoxlaydi. Lekin asosiy maqsad insonlarda o‘zi haqida muayyan tasavvur qoldirishdir. Maslahatchi ma’lumotlar almashuvi jarayonida, ya’ni mijoz uchun juda muxim bo‘lgan va uni faolligini oshirishga sabab bo‘ladigan ma’lumotlarni taqdim etish jarayonida o‘ziga xos oldindan xis qila olish iqtidorga ega bo‘lishi kerak. Amalga oshirilayotgan o‘zaro teskari aloqalar mijozga maslahatchining xamma narsani bilishidan dalolat bermaydi. Bu umumiy qoidalardan biri bo‘lib, mijoz va maslahatchi orasidagi munosabatda bu qoidaga rioya qilish kerak. Lekin, mijoz uchun yangilik bo‘lib xizmat qiladigan yoki aniq faktlar asosida to‘plangan zaruriy ma’lumotlar bo‘lsa hamdatopshiriq bo‘yicha boshlang‘ich reja va faoliyat natijasi orasida ko‘tilmagan bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, o‘zaro teskari aloqalarni o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Amalga oshirilgan o‘zaro teskari aloqalar mijozni to‘laqonli baholash imkonini bermaydi. Shu sababdan maslahatchi, mijoz haqida yakuniy xulosaga kelishi joiz emas, chunki bu mijoz olgan axborotlarni qay darajada qabul qilishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Maslahatchi mijozga faqat vazifani bajarish davomida duch kelgan muammo va qiyinchiliklar haqida gapiraverishi ham maqsadga muvofiq emas, chunki bu asosiy maqsad emas. O‘zaro teskari aloqalar asosida mijoz patensialidan foydalangan holda muamolarga yechim topishga va vazifani amalga oshirishga yordam beradigan strategiyani ishlab chiqish kerak.
Axborot maslahat ko‘rsatuvchi xodim yoki maslahatchi mijozlar bilan o‘zaro teskari aloqalarni amalga oshirish ko‘rinishi ya’ni formasi muhim ahamiyatga ega, shu bois bunga jiddiy e’tibor berish zarur. Bu jarayonning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishi- bu yakka holda mijoz bilan og‘zaki muloqot bo‘lib kelmoqda. Boshqa ko‘rinishlaridan biri esa mijozdan oraliq hisobotlar ko‘rinishida yozma ma’lumotlar olish. Juda ko‘p maslahatchilar mijoz tashkilotining turli xil guruxlari bilan muloqotda bo‘lishni afzal ko‘radilar. Bunday uchrashuvlar maslahatchilar uchun kerakli malumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi hamda ish yuzasidan to‘g‘ilgan savollarga javob olishlariga yordam beradi. Shu bilan birga ular duch kelgan muammolarini yechimini topishga yo‘naltirishlari mumkin.
Tashxis fazalarining natijalari o‘zaro teskari aloqalarni olib borishga muhim asos bo‘ladi. Natijaviy hisobotlarni taqdim etishdan oldin, maslahatchi mijoz jamoasini bilan vazifa bo‘yicha yakuniy xulosalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida o‘zaro teskari aloqali majlislar uyushtirishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida natijaviy taxlil jarayonidagi ba’zi bir muammolarning yechimini topishga hamda mijoz jamoasi a’zolarini yakuniy natijalar taqdimotini rasmiy ravishda qabul qilib olishlariga yordam beradi.
Berilgan vazifa davom etgan taqdirda xam (vazifa rejalashtirilgan faoliyat turiga aylanganda) bunday o‘zaro teskari aloqalar mijoz guruhi a’zolari uchun vazifaning bajarilish jarayoni bo‘yicha bajarilgan ishlar hisoboti ko‘rinishida taqdim etilgan bo‘lishi ham mumkin. Mijoz uchun olingan yangi ma’lumotlar va asoslangan axborotlarni o‘rganib borish juda ham qimmatli va muhim hisoblanishi mumkin. Ko‘pgina rahbarlar vazifani bajarilishiga qiziqishlari bo‘lsa ham, butunlay bu ishga kirishib ketishlari qiyin bo‘ladi. Yaxshi va sifatli tayyorlangan ma’ruza esa ularni bajarilgan topshiriq haqida ko‘proq bilib olishlariga imkon beradi. Maslahatchi mijozga vazifa bajarilishi to‘g‘ri rejalashtirilganligi, oldindan qo‘yilgan tashxis o‘z tasdiqini topganligi, ish davomida paydo bo‘lganligi muammolar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berib borish kerak.
Agar mijoz xizmat ko‘rsatish jarayonidan qoniqmasa, ya’ni xizmat ko‘rsatish darajasi mijoz talablariga javob bermasa yoki mijoz keyinchalik aynan shu axborot maslahat ko‘rsatuvchi sub’yekt xizmatidan foydalanishni xoxlamasa, maslaxatchi buning sababini o‘rganishi zarur hamda o‘zaro teskari natijasida xizmat ko‘rsatuvchi o‘z kamchiliklarini bilib oladi va uni bartaraf etishga xarakat qiladi.
Agar mijoz tomonidan vazifani davom ettirish va qo‘shimcha vazifalarni topshirishi haqida roziligi olinsa, yangi faoliyatni rejalashtirish (misol uchun, yangi informatsion sistemani ishlab chiqish yoki uning bajarilish rejasini tuzish) muhim ahamiyat kasb etadi. Konsultativ xamkorlik shartnomalarida tashxis bosqichining ohirida yana yangi topshiriq olinishi, ya’ni qo‘shimcha vazifalar berilishi bo‘yicha qaror qabul qilinishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida axborot maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’yeklar fermer va dexqon xo‘jaliklariga turli xil masalalari bo‘yicha maslahat berishlari, duch kelingan muammolarni bartaraf etishda muqobil qarorlarni qabul qilishga ko‘maklashadilar. Respublikamizda qishloq xo‘jaligida axborot maslaxat markazlari faoliyatini barqarorlashtirish, axborot maslahat xizmatlarini yanada takomillashtirish uchun bir qancha vazifalarni amalga oshirish zarur. Bu vazifalardan biri axborot maslahat xizmat ko‘rsatuvchi xodim yoki maslahatchi fermer va dehqon xo‘jaliklari yoki boshqa qishloq xo‘jalik sohasidagi tadbirkorlar o‘rtasidagi o‘zaro teskari aloqalar mexanizmini takomillashtirishdir. Shu orqali axborot maslahat xizmati faoliyatini samarali va xizmat sifatini oshirish imkonini beradi.
Axborot konsultativ xizmatlarda o‘zaro teskari aloqalar –xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati haqida axborot berib borishdir. Lekin amaliyotda ko‘pincha o‘zaro teskari aloqalarni o‘xshash kategoriyada bo‘lgan ko‘rsatkich, ya’ni bajarilayotgan vazifani monitoringi va uni baholanishi bilan almashtirib yuboriladi.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish