AgrokonsaltingQoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan konsalting va marketing xizmati tarmoqlarining 2019 yildagi faoliyati to‘g‘risida
Agrokonsalting
Mamlakat viloyat va tumanlarida axborot-konsalting xizmatlari ko‘rsatayotgan turli mulk shaklidagi muassasa, tashkilot va markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu tuzilmalarning faoliyat samaradorligini oshirish uchun yetarli darajada huquqiy-me’yoriy baza va iqtisodiy-moliyaviy imtiyoz hamda yengilliklar joriy etilgan.Dastlabki axborot-konsalting markazlari akbariyat hollarda axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirilgan edi. Keyinchalik, bu sohani rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi va mexanizmlari shakllantirilib borishi bilan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi va ko‘lami kengayib bordi. Respublikamizda zamonaviy axborot-konsalting xizmatlarining shakllanishi va rivojlanishi xususida gapirganda, mamlakatimizda nufuzli xalqaro tashkilot va loyihalar doirasida tashkil etilgan axborot-maslahat va axborot-konsalting markazlari faoliyati to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish lozim20. Birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshida respublikamiz tadbirkorlari faoliyatiga axborot-maslahat xizmatlarining zamon talablariga javob beradigan jihatlarini joriy etish asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, real tadbirkorlik muhitini shakllantirish, xorijiy tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun sharoitlar yaratishga yordamlashish maqsadida "SSP-MAROQAND" unitar koxonasi tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu korxonaning respublikamiz hududlari bo‘ylab, asosiy maqsadi tadbirkorlik sub’yektlariga axborot, maslahat, yuridik yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan 265 ta sho‘’ba korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.21 Ushbu korxona milliy iqtisodiyotimizning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga zamonaviy axborot-maslahat xizmatlarini ko‘rsatib kelayotganligi bois, xizmatlar yo‘nalishi va ko‘lami, tashkiliy tuzilmasi va moliyalashtirish manbai jihatidan tarmoq ichida, aniqrogi, ma’lum bir tarmoq sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish bilan cheklanib qolayotgan turdosh markazlardan farq qiladi. Agrosanoat majmui, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida dastlabki shunday markaz 2000 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tassarrufidagi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliygohlar qoshida tashkil etila boshlandi. Shunday markazlardan biri, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tassarrufida 2000 yilda tashkil etilgan "Qishloq xo‘jaligi mugaxassislari va tadbirkorlari, fermerlarni malakasini oshirish hamda axborot bilan ta’minlash respublika markazi" hisoblanadi. Ushbu markaz davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etildi. Uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarkand, Namangan va Toshkent viloyatlarida joylashgan, xo‘jalik hisobidagi filiallarida fermer va tadbirkorlarga axborot-maslahat xizmatlari, ilmiy-amaliy maslahatlar ko‘rsatish, o‘kitish, qayta o‘qitish va malaka oshirish, o‘quv-uslubiy va amaliy qo‘llanmalar tayyorlash, ilg‘or tajriba va fan yangiliklarini ommalashtirish yo‘nalishida xizmatlar ko‘rsatila boshlandi. 2003 yilda agrar sohada amalga oshirilgan takibiy o‘zgartirishlar natijasida markaz faoliyatini to‘xtatdi. Shunday xizmat ko‘rsatish markazlaridan yana biri Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi G‘allachilik va ozuqa ekinlari seleksiyasi va urugchiligi ilmiy-tadqiqot instituti qoshida tashkil etilgan Fermerlarga ilmiy-amaliy maslahat ko‘rsatish Markazidir. Fermerlarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish, yangi texnika va texnologiyalar bo‘yicha ko‘rgazmali seminar-treninglar tashkil etish, axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish ushbu markazning asosiy vazifalari sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 fevraldagi PQ-578-sonli qaroriga muvofiq xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish «O‘zinfoinvest» agentligi xorijiy investorlarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash hamda ularga har taraflama ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Agentlik Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan mustaqil muassasa hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari: xorijiy ishbilarmon doiralar o‘rtasida va ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning iqtisodiy va resurs salohiyati hamda investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma’lumotlarni keng yoritish; xorijlik investorlarni axborot bilan ta’minlash, ularga istiqbolli loyihalar va investitsiya faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari haqidagi ma’lumotlarni takdim qilish; xorijlik investorlar va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv va muzokaralarni tashkil etish; xorijiy mamlakatlarda reklama tadbirlari va aksiyalari o‘tkazish orqali respublikaning yuqori darajadagi xalqaro imidjini shakllantirish va qo‘llab-qo‘vvatlash va boshqalar22. 2010 yildan boshlab xalqaro moliyat institutlari va loyihalar moliyaviy ko‘magida O‘zbekistoi Fermer xo‘jaliklari Uyushmasi qoshida "Axborot-resurs markazi" o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Fermerlar Kengashi qoshida qayta tashkil etilgan ushbu markaz, endilikda agroaxborot va innovatsiya markazi ko‘ri- nishida faoliyat yuritmokda. Uning asosiy e’tibori fermer xo‘jaliklari rahbar va mutaxassislarining iqtisodiy va huquqiy bilimlarini oshirishga hamda xorijiy hamkorlar bilan o‘quv seminar-treninglari o‘tkazishga qaratgan. Shunday markazlar sirasiga 2012 yilda Toshkent Davlat agrar universiteti qoshida xalqaro hamkorlar ishtirokida tashkil etilgan Axborot-resurs markazini ham kiritish mumkin. Markazning asosiy maqsadi fermerlar uchun axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish hisoblanadi23. Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tasarrufidagi "Fan yutuqlarini amaliyotga joriy qilish" bo‘limi ham 2006 yildan fermer va dehqon xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi "O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-4478-sonli farmoni qabul qilinishi bilan respublikamizda Axborot-konsalting markazlarini rivojlantrishning yangi bosqichi boshlandi, deb e’tirof etsak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, ushbu farmonning 4-bandida qayta tashkil etilgan O‘zbekiston Fermerlari Kengashi vertikal tizimi bo‘yicha bo‘g‘in rahbar va mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biri, deb "... ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda, suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda, tomchilatib sug‘orishni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ularning faoliyatiga tatbiq etishga, .... qishloqda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar bo‘yicha konsalting markazlari tarmog‘i"ning turli shakllarini tashkil etish va kengaytirishga ko‘maklashish belgilab qo‘yilgan. O‘ta muhim va dolzarb hisoblangan bu vazifaning amalga oshirilishi joylarda axborot-konsalting markazlari faoliyatini tashkil etish, boshqaruv tuzilmasini va moddiy-texnik bazasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ko‘lamini faollashtirishni ta’minladi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting markazlari (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) turli mulk shakliga asoslangan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklida tashkil etilgan bo‘lib, ularning ta’sischilari soni qonun-tartiblarda belgilangan me’yordan oshmasligi lozim. Axborot-konsalting markazlari ta’sischilari quyidagilar bo‘lishi mumkin: fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, xususiy tadbirkorlar hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar. Qishloq xo‘jaligida markazlar, odatda, ma’lum bir fuqarolar yig‘ini hududidagi mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda hududiy tashkil etilmokda. Ular o‘z-o‘zini moliyalashtirish (xo‘jalik hisobi) tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi tijorat tashkiloti hisoblanadi. Ularning moliyaviy mablag‘lari fermer va dehqon xo‘jaliklari, boshqa qishloq tadbirkorlariga ko‘rsatilgan xizmat va turli moliyaviy yordamlar, grantlar hamda homiylar hisobiga shakllanmokda. Markazlarning yuqori boshqaruv organi - ta’sischilar umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Umumiy yig‘ilishlar orasidagi davrda Markazda rahbarlikni saylangan Markaz boshlig‘i olib boradi. U markazning iqtisodiy, moliyaviy, statistik va boshda faoliyatlariga rahbarlik qiladi va umumiy yig‘ilish oldida hisobot beradi. Axborot-konsalting markazlari qaysi hududiy darajada (respublika, viloyat, tuman) va mulkiy-tashkiliy tuzilmasi xususiyatlariga qarab, turli funksiya va xizmatlarni ko‘rsatmoqdalar. Aksariyat hollarda Axborot-konsalting markazlarining faoliyat funksiyasi va xizmatlari yo‘nalishi quyidagilardan iborat bo‘ladi: o‘qitish, qayta o‘qitish, kasbiy mahorati va malakasini oshirish; ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy xizmatlar ko‘rsatish; axborot ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish; maslahat xizmatlari ko‘rsatish; innovatsiya va ilg‘or tajriba, ish ulubi, texnologiya va ishlab chiqarishxizmat ko‘rsatish borasida maslahatlar berish, uni amalga oshirish-o‘zlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yordam berish, xizmat ko‘rsatish; matbuot ishlarini yuritish; reklama, tashviqot va targ‘ibot ishlarini (vakolati va qonun doirasida) olib borish borasida xizmat ko‘rsatish; ko‘rgazmalar, ko‘riklar va tanlovlar tashkil etish; on-layn video anjumanlari, mavsumiy-davriy va maxsus ruknlar hamda mavzular bo‘yicha anjumanlar tashkil etish; xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlash, ularga istiqbolli loyihalar va investitsiya faoliyatining me’yoriy- huquqiy asoslari haqidagi ma’lumotlar taqdim qilish; xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv va muzokaralar tashkil etish; agro-kuzatuv xizmatlari ko‘rsatish va boshqalar. Qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting markazlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishda quyidagi yo‘nalish va tadbirlar tavsiya etiladi: fermer va qishloq tadbirkorlarining me’yoriy-huquqiy hamda iqtisodiy-moliyaviy masalalarga oid bilimini oshirish yo‘nalishida: hududdagi mulk shaklidan qatiy nazar tashkil etilgan axborot- konsalting markazlari, kasb-hunar kollejlari va o‘quv markazlari, "Fermerlar dala maktabi" yoki "Namunaviy dala uchastkasi"da maxsus dasturlar asosida turli muddatli o‘quv kurslari, amaliy-seminar- treninglari, ko‘rik va taqdimotlar o‘tkazish yo‘li bilan; qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan ajralgan (asosan noyabr-mart oylari) holda yuqorida qayd etilgan o‘quv maskanlarida fermer va qishloq tadbirkorlari kasbiy malakasini oshirish, ularni o‘qitish, qayta o‘qitish va tayyorlash yo‘li bilan; qishloq(ovul)lar va mahalla fuqarolar yig‘ini hamda hududdagi MMTP va boshqa markazlarda yangi texnika va agrotexnologiya, innovatsion g‘oya va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ko‘rgazma va namunali amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish yo‘li bilan; mutaxassislik va ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga bo‘lib o‘qitish va bilimini oshirish yo‘li bilan; internet tarmog‘i va kompyuterlashgan tizimdan foydalangan holda, elektron model va dasturlar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, xizmatlardan foydalanish, marketing va menejment, resurs sarfi va pul harakatini boshqarish, iqtisodiy-moliyaviy faoliyatni boshqarishning kompyuterlashgan monitoring tizimini o‘zlashtirish yo‘nalishlaridagi o‘quvlarni tashkil etish yo‘li bilan va boshqalar. Qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting markazlari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish va yo‘nalishini o‘zgartirishda quyidagilarni inobatga olish maqsadga muvofiq: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda modsiy-texnik resurslarga bo‘lgan narx-navo tebranib turishi va o‘sib borishi mumkinligi; xizmatlar ko‘lami, miqyosi va darajasini oshirish, xizmatlar sifatini doimo yaxshilab borish lozimligi; shartnoma shartlarining xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlar tomonidan to‘liq bajarmasligi holatlarining uchrashi hamda yirik qayta ishlash va eksportchi tashkilot va korxonalar monopol mavqega egaligi; fermer xo‘jaliklari rahbar va xodimlarining bozor iqtisodiyoti, korporativ boshqaruv, xalqaro sifat va standartlar, resurs tejamkor agrotexnologiya hamda innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etish tartib-qoida va usullariga oid bilim va malakasi yetishmasligi va ularni doimiy ravishda oshirib borish zarurligi; fermer xo‘jaliklarining, birinchidan, axborot-konsalting markazlari xizmatidan to‘liq foydalana olmasligi, ikkinchi tomondan, bunday markazlar xizmatlari ko‘lami va miqyosining cheklanganligi, uchinchidan, ayrim markazlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati zamon talablari darajasida emasligi va ularni takomillashtirish lozimligi; fermerlarning hosildorlik va mahsuldorlikni ko‘tarish, mahsulot hajmini ko‘paytirish va samaradorlikni oshirish uchun sifatli, unumli va qimmatli xomashyo, resurs va texnikadan foydalanishga intilishi va buning uchun bular haqida ma’lumot va axborotlarga talabi mavjudligi hamda bunday talabning doimiy ravishda oshib borayotganligi va boshqalar. Bunday holat bozor munosabatlarining qaror topishi jarayonida bozor iqtisodiyotiga mansub bo‘lgan qator ob’yektiv va sub’yektiv qonuniyatlarning qo‘rinish shakli sifatida rivojlanib borayotgan davlatlar iqtisodiy rivojlanish jarayoniga xos xususiyat ekanligi Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari amaliyotidan ma’lum. Download 2,27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |