Agrokonsalting


–savol Axborot-maslahat markazlarini barqarorlashtirish



Download 2,27 Mb.
bet11/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

2–savol


Axborot-maslahat markazlarini barqarorlashtirish
yo‘llari.

Mamlakatimiz agrar sektorida fermer xo‘jaliklari jadal rivojlanib borgan sari, ularning ko‘proq, arzon va sifatli tovar ishlab chiqarishga intilishlari kuchayib boradi. Bu jarayonga, ushbu sub’yektlarning moliyaviy holati va moddiy-texnika bazasi nechoglik mustahkamligi kabi omillardan tashqari, ularning zarur axborotlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Axborot ta’minotini yaxshilashni izchil yo‘lga qo‘yish va muttasil yaxshilab borishda xizmat ko‘rsatish sohasining muhim tarkibiy qismlardan biri bo‘lgan axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish aloxida o‘rin tutadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu jabhani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmokda.
Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarining qaror topishi xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma ob’yektlarining bozor tamoyillari asosida rivojlanib borishini taqozo etmokda. Shuning uchun joylarda tashkil etilgan axborot-maslahat markazlari faoliyati tahlili ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida quyidagi masalalarga e’tibor qaratish lozimligidan dalolat bermokda:
- ayrim xududlardagi axborot-maslahat markazlari mutaxassislarining nafaqat bozor iqtisodiyoti qonunlari, marketing va menejment asoslari, balki, o‘z mutaxassisliklari to‘g‘risidagi hamda innovatsion va resurs-tejamkor agrotexnologiyalar xususidagi zamonaviy bilim va malakalari yetarli emasligi, ularning bilim va kasbiy malakasini oshirish dolzarb vazifaligi;
- joylardagi ayrim markazlarda xizmatlar turlarini xududdagi real talablardan kelib chiqqan holda tashkil etishga yetarlicha ahamiyat berilmayotganligi;
- xizmatlar narxi shaffofligini oshirish lozimligi va boshqalar.
Shuningdek, qator axborot-maslahat markazlari faoliyati tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ular faoliyatida ko‘plab foydalanilmayotgan salohiyatli yo‘nalishlar va ichki imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bulardan keng foydalanish markaz rahbari va mutaxassislarining birinchi galdagi vazifalari hisoblanadi.
Buning uchun axborot-maslahat markazi rahbari joylardagi mavjud talab va taklifdan kelib chiqqan holda xizmat turlarini bosqichma-bosqich tashkil etish mexanizmini ishlab chiqishi va amaliyotga joriy etish lozim.
Shuningdek, markaz mutaxassislari xududdagi mavjud talabni aniqlagan holda, kutilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy manbalarni topishlari va bunga erishish uchun izchil ish olib borishlari zarur. Bunday yondoshuv, o‘z navbatida, markazda buyurtmalar portfelini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunda markaz rahbar va mutaxassislarining bozor iqtisodiyoti va raqobat muhiti sharoitida faoliyat ko‘rsatishga tezroq moslashishlari hamda ulardagi tashabbuskorlik markaz samarali faoliyat ko‘rsatishi va moliyaviy barqarorligining muhim mezoni bo‘lishi lozim.
Agar, rahbar markaz faoliyatini bozor talablari asosida tashkil eta olsa, samarali tashkiliy-boshqaruv tizimini shakllantirib, tizimdagi har bir bo‘linmaga malakali, o‘z sohasini chuqur biladigan mutaxassisni tanlab, oliy maqsad - xizmatlar ko‘lamini kengaytirish asosida daromadini oshirish sari yo‘naltira olsa, axborot-maslahat markazining moliyaviy holati yaxshilanib, barqarorligi ta’minlanadi.
Umuman olganda axborot-maslahat markazlari uchun moliyaviy manbalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • ko‘rsatilgan xizmatlardan keladigan mablag‘lar;

  • ta’sischilar tomonidan qo‘shilgan ulushlar;

  • turli xomiy tashkilotlar mablag‘lari;

  • xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar grantlari;

  • kredit mablag‘lari;

  • lizingga olingan asbob-uskunalar;

  • turli soliq, sug‘urta imtiyozlari va boshqalar.

Yuqorida sanab o‘tilgan, moliyaviy manbalardan tashqari, axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar amaliy yoki innovatsion ilmiy tadqiqot uchun loyihalar tayyorlab tanlovlarga taqdim etishsa, BMTTD (PROON) kichik grantlariga va boshqa shu kabi chet el jamg‘armalariga loyihalarni shakllantirib topshirishsa, bundan ham moliyaviy manba sifatida foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Shuningdek, axborot-maslahat markazlari o‘zlarini yaxshi reklama qila olishlari, joylarda fermer va dexqon xo‘jalilari bilan yaqin muloqotda bo‘lishlari, gazeta, televideniya hamda reklama agentliklariga e’lon berishlari, respublika, viloyat va tuman miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa turdagi tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘zlarini ko‘proq targ‘ib qilish ishlarini olib borishlari zarur. Shundagina markaz o‘z moliyaviy holatini yaxshilash imkoniyatini kengaytira oladi.
Axborot-maslahat markazlarida moliyaviy manbalarni ko‘paytirish, daromadni oshirish va umuman, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmi bo‘yicha quydagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz,jumladan:

  • axborot-maslahat markazlari faoliyatida ishga tushmagan juda ko‘plab salohiyatli yo‘nalishlar va ichki imkoniyatlar borki, bulardan keng foydalanish markaz rahbar va mutaxassislarining birinchi galdagi vazifalaridir.

Shunday vazifalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
- mavjud imkoniyatlar dan samarali foydalanish orqali pul tushumini ko‘paytirish;
- fermer xo‘jaliklaridan tashqari xududdagi dehqon xo‘jaliklari, aholi, turli tashkilot va korxonalarning konsalting xizmatiga bo‘lgan ehtiyoji va talabini o‘rganish asosida ularga xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu asosda xizmatlar ko‘lamini kengaytirish;
- qo‘shimcha xizmatlar bilan shug‘ullanish: internet xizmati, orgtexnika xizmati, aloqa xizmati va boshqa xizmatlarni tashkil etish va boshqalar;

  • axborot-maslahat markazining bozor iqtisodiyotiga mos tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Bunda axborot-maslahat markazida moliyaviy manbalarni ko‘paytirish orkali daromadni oshirish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida xizmatlarga bo‘lgan buyurtmalarni shakllantirish guruhi, shakllangan buyurtmalar bo‘yicha turli yo‘nalishlardagi axborot-maslahat xizmatlarini bajarish guruhi hamda joydagi talabdan kelib chiqib, boshqa turdagi ish va xizmatlar ko‘rsatish guruhi tashkil etilishi yaxshi samara beradi;

  • axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar amaliy yoki innovatsion ilmiy-tadqiqot uchun Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga tanlovga loyiha topshirishlari, turli xalqaro tashkilotlarga va boshqa shu kabi chet el jamg‘armalariga loyihalarni shakllantirib topshirish va tanlovlarda ishtirok etish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’min­lash maqsadga muvofiq bo‘ladi;

  • axborot-maslahat markazlari o‘zlarini yaxshi reklama qila olishlari, joylarda fermer va dexqon xo‘jaliklari bilan yaqin muloqotda bo‘lishlari, axborot-maslahat markazining saytini va uning sahifalarida reklama va targ‘ibot bo‘yicha namoyish-ko‘rgaz- malar sahifasini tashkil etishlari, xizmatlar reklamasi va ko‘riklarini uyushtirish, bu hakda internet saytlariga, gazeta, televideniya hamda reklama agentliklariga e’lon berishlari, respublika, viloyat va tuman miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa turdagi tadbirlarda faol ishtirok etib o‘zlari haqida ko‘proq targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishlari, qishloq tadbirkorlari va boshqa doimiy mijozlarga hamda faoliyatini endi boshlagan fermer va qishloq tadbirkorlariga xizmatlar prospektlarini yuborishlari;

  • xizmat ko‘rsatish, qayta ishlash va sanoat korxonalari bilan ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni (ish va xizmatlarni) reklama qilish hamda targ‘ib etish evaziga konsalting markazi moddiy-texnik va o‘quv-uslubiy bazasini mustahkamlash maqsadida ularga murojat qilish, hamkorlik bitimlari va shartnomalar tuzishni yo‘lga ko‘yish;

  • axborot-maslahat markazi xizmatlari iste’molchilariga imtiyoz va yengilliklar joriy etish orqali ularning mablag‘larini keng jalb qilish, masapan, doimiy mijozlar, homiylar, ayol fermer va tadbirkorlarga, ijtimoiy ahamiyatga molik korxona, tashkilot va muassasalarga xizmat baholariga chegirmalar, markaz bilan doimiy iktisodiy munosabatlarda bo‘lgan hamda hamkorlikni uzluksiz davom ettirish niyatidagi mijozlarga imtiyozlar joriy etish, imtiyozli va imtiyoz-yengillik beruvchi faoliyat turlari bilan shugullanish va xizmatlar strategik yo‘nalishlarini belgilab olish va unga asosan faoliyatni tashkil etish, davlat-xususiy sektor hamkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qonun va me’yoriy hujjatlardan samarali foydalanish;

  • hamkorlikda agrotexnologiya, iqtisodiy-moliyaviy va hukuqiy- me’yoriy masalalarga hamda ma’lum bir xizmat ko‘rsatish yoki maslahat berish yo‘nalishidagi davriy va mavsumiy davra suhbati, seminar-trening, innovatsion ko‘rgazma, tanlov va boshka anjumanlar tashkil etish;

  • ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda ularning mahsulotlari, innovatsion goya va ishlanmalari hamda fan yutuqlari va ilgor tajribalarini tarqatish, targib qilish va ommalashtirish ishlarini olib borish;

  • markaz maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda davriy va mavsumiy maqsadli anketa so‘rovlari o‘tkazish, natijalari asosida taklif va tavsiyalarni umumlashtiritib, tuman hokimligi, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi(bo‘limi), viloyat va tuman fermerlar Kengashlariga analitik hisobotlar va tavsiyalar taqdim etish, shu asosda buyurtmalar portfelini shakllantirish va xizmatlar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash;

  • maxsus guvohnoma va litsenziya talab kilinadigan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish maksadida hujjatlarni rasmiylashtirish va bu boradagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish orkali ko‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish;

  • oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, ilmiy-tadqiqot institutlar, eksprimental tajriba xo‘jaliklari hamda ko‘shma va xorijiy korxonalar bilan hamkorlik bitimlarini tuzish va shu asosda ko‘shimcha daromad topish va boshqalar.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish fermer va tadbirkorlarning konsalting markaziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, axborot-maslahat markazining xizmatlar bozorida mavqeini oshirishga, moliyaviy holatini yaxshilashga, faoliyati barqarorlashuviga imkon beradi.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish