Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet102/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Тижорат, савдо-сотиқ

Касаначилик





Хизмат кўрсатиш:

  • автомобилларга техник ёрдам кўрсатиш;

  • пойабзал таъмирлаш ва тикиш;

  • ёғочни қайта ишлаш ва қуритиш;

  • қурилиш материаллари ишлаб чиқариш;

  • мебель ясаш ва таъмирлаш;

  • кийим-бош ва трикотаж маҳсулотларини тикиш-тўқиш;

  • телерадио, видео, аудио аппаратларини тузатиш;

  • телекоммуникация алоқалари (телефон, факс, интернет);





Фермер хўжалигининг қўшимча тармоқлари







Ярим тайёрмаҳсулотларишлабчиқариш (озиқ-овқат маҳсулотлари, ип, калава


вабошқалар)

Fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoqlarni yo‘lga qo‘yish - fermer xo‘jaliklari asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shimcha ravishda iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi xo‘jalik yuritish sub’yektlarida ishlab chiqarilayotgan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash, shuningdek, turli yo‘nalishda ta’minot va xizmat ko‘rsatish sohalari faoliyatini tashkil etgan holda, o‘z daromadini qo‘shimcha moliyaviy manbalar asosida barqaror ko‘paytirishni ta’minlashga qaratilgan faoliyati ham hisoblanadi.


Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishdan tashqari, o‘z mahsulotlarini, shuningdek, chetdan xarid qilingan mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulot sifatida yoki yarim tayyor mahsulot sifatida iste’molchilarga sotishni, shuningdek, o‘z xo‘jaligidan tashqari boshqa xo‘jalik sub’yektlariga ta’minot va turli xil xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu toifadagi tadbirkorlik sub’yektlarini ish bilan band bo‘lgan ishchilar sonidan qat’iy-nazar, noqishloq tadbirkorligi, deb belgilash maqsadga muvofiq.
Xorij va respublikamiz iqtisodchi olimlarining ilmiy tadqiqotlari, shuningdek, o‘z xulosalarimizga asoslangan holda, «fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyati»ga quyidagicha takomillashgan ta’rif berildi:
Fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyati - fermer xo‘jaliklari asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shimcha ravishda iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi xo‘jalik yuritish sub’yektlarida ishlab chiqarilayotgan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash, shuningdek, turli yo‘nalishda ta’minot va xizmat ko‘rsatish sohalari faoliyatini tashkil etgan holda, o‘z daromadini qo‘shimcha moliyaviy manbalar asosida barqaror ko‘paytirishni ta’minlashga qaratilgan faoliyat turidir.
Qishloq xo‘jaligida asosiy mahsulot ishlab chiqaruvchi - fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyati va uni rivojlantirishning ob’yektiv zarurligini belgilovchi asosiy omillar uch guruhga, jumladan tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy omillarga bo‘lindi.
Tashkiliy omillar:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash hajmini ko‘paytirish hisobiga mahsulotlar nobudgarchiligi kamayadi;
- o‘zgaruvchan muhitga tez moslasha oladigan kichik, ixcham va xususiy mulk shaklidagi sohalar rivojlanadi;
- tayyor mahsulotlarni saqlash muddati ortadi, mahsulotlarni tayyor holda iste’molchilarga yetkazish shakllanadi;
- qishloq hududlarida infratuzilma shoxobchalarini rivojlanishiga ehtiyoj ko‘payadi va o‘zaro raqobat muhiti shakllanadi.
Iqtisodiy omillar:
- yalpi ichki mahsulotda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hisobiga oziq-ovqat sanoatining ulushi ortadi;
- mahsulot birligi hisobiga olinadigan yalpi tushum ko‘payadi;
- tayyor mahsulotlarning turi va assortimenti kengayadi;
- innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy qilinishidan manfaatdorlik kuchayadi;
- ekologik sof toza mahsulot ishlab chiqarish, tuproq unumdorligini yaxshilashga mablag‘ ajratilishi ko‘payadi;
- fermer xo‘jaliklari yalpi daromadlari oshishi mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- qishloq xo‘jaligida tayyor mahsulotlarni eksport qilish hajmi oshishi hisobiga valyuta tushumi ko‘payadi;
- yangi ish joylarini tashkil qilinishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish ko‘payishi hisobiga davlat va mahalliy byudjetning daromadlar qismiga soliq tushishi ko‘payadi.
Ijtimoiy omillar:
- qishloq hududlarida ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi;
- aholining turmush darajasi yaxshilanishini ta’minlaydi;
- qishloq hududlari obodonchiligi va farovonligi ta’minlanadi;
- qishloq xududlarida yangi doimiy ish joylari tashkil qilinishi ko‘payadi;
- qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhit doimiy barqaror bo‘ladi.
Fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish uchun amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, soliq tizimi, ichki va tashqi investitsiya mablag‘larini jalb qilish, davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘zgartirishlar kiritilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Fermer xo‘jaliklari tomonidan yillik hisobot topshirish vaqtida noqishloq xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad to‘g‘risida aniq statistik ma’lumot taqdim qilinmaydi. Bizning fikrimizcha, fermer xo‘jaliklarining yillik hisobotida qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jaligi faoliyatidan olingan daromadlar alohida ko‘rsatilishi zarur. Buning uchun fermer xo‘jaliklari tomonidan tuman statistika bo‘limiga topshirilayotgan «1-fermer shakli» yillik hisobotida noqishloq xo‘jalik faoliyatini o‘zida aks ettiradigan maxsus band qo‘shilishi maqsadga muvofiq. Mazkur hisobot respublikamizning har bir fermer xo‘jaligi bo‘yicha alohida faoliyat turlari va ularning daromadlarini to‘liq tahlil etish, aholini doimiy ish bilan ta’minlashda noqishloq xo‘jalik faoliyatining o‘rni va ahamiyatini to‘liq belgilab beradi.
Tahlillarga ko‘ra, 2017 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatgan jami 200 000 ta fermer xo‘jaliklarining bor-yo‘g‘i 20 foizdan ko‘prog‘i qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan cheklanib qolmasdan, xizmat ko‘rsatish, qayta ishlash, kasanachilik, tayyorlov, mahsulotlarni saqlash, qadoqlash va uning savdosi kabi qo‘shimcha faoliyat turlari bilan ham bevosita shug‘ullanib, o‘z xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirib bormoqdalar.
Tumanlar savdo-sanoat palatasining konsalting-axborot markazlari, qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi hamda tegishli manfaatdor tashkilot va korxonalar ishtirokida fermerlarning huquqiy, texnologik yo‘nalishdagi bilimlarini mustahkamlash, malakalarini oshirish va xorij texnologiyasi asosida mahsulot ishlab chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida doimiy o‘quv kurslarini tashkil etilishi talab etiladi.
Fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish:
- yirik ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lmagan mintaqalardagi aholini;
- mehnatga layoqatli bo‘lgan, lekin, yetarlicha kasb malakasiga yoki ishlab chiqarish tajribasiga ega bo‘lmagan aholi qatlamlarini;
- o‘qishni mehnat faoliyati bilan birgalikda olib boradigan yoshlarni;
- yirik korxonalarning tugatilishi yoki inqirozga uchrashi natijasida vaqtincha ishini yo‘qotgan mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. AQSh, Yaponiya, Kanada, Germaniya va YEvropaning qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan mamlakatlari iqtisodiy siyosatida noqishloq xo‘jalik faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Mazkur davlatlar tajribalariga ko‘ra, noqishloq xo‘jalik faoliyati o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bilan iqtisodiyotda salmoqli o‘rin egallashi, sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirishi, xo‘jaliklar faoliyatida tadbirkorlikning shakllanishi, bozordagi talab va taklifga tez moslashishi bilan samarali ta’sir ko‘rsatishi, aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirishda o‘zining katta salohiyatga ega ekanligini namoyon qilmoqda. AQShda fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad jami daromadning 83 foizini, Yaponiyada 74 foizini, Germaniyada 70 foizini, Kanadada 68 foizini, Xitoyda 40 foizini, Fransiyada esa 36 foizini tashkil qiladi yoki noqishloq xo‘jalik faoliyati hisobidan 1 AQSh dollariga teng qishloq xo‘jaligi mahsuloti 5 AQSh dollarigacha qo‘shimcha qiymat yaratadi.
Fermer xo‘jaliklari iqtisodiy jihatdan barqarorlikka erishishida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yil mobaynida sotilishini ta’minlovchi yaxlit tizimning to‘liq shakllanmaganligi va narxlarning nomutanosibligi sababli, qishloq xo‘jaligi mavjud salohiyatni to‘liq ishga solish va kengaytirilgan ishlab chiqarishni ta’minlash imkoniyatiga ega emas.
Fermer xo‘jaliklari o‘z mahsulotlarini dehqon bozorlarida, ulgurji yarmarkalarda, tovar - xomashyo birjalarida, tayyorlov korxonalari va qayta ishlash korxonalarida erkin sotishlari uchun qulayliklar yaratilishi va moddiy jihatdan rag‘batlantirish tizimi joriy qilinishi maqsadga muvofiq.
Ushbu muammolarni ijobiy hal qilish uchun fermerlar o‘zaro kelishgan holda, yetishtirilayotgan mahsulotlarini sotish va qayta ishlash bo‘yicha kooperatsiya munosabatlarini amalga oshirishlari lozim. O‘z xo‘jaligida noqishloq xo‘jalik sohasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlik qobiliyatini namoyon qilayotgan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-
quvvatlash maqsadida imtiyozli soliq va to‘lovlar tizimi joriy qilinishi muhim o‘rin tutadi.
Fikrimizcha, qishloq hududlarida yangi ish o‘rinlari ochish maqsadida kichik sanoat korxonalari qurish yoki mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyalari sotib olishni rejalashtirgan fermer xo‘jaliklariga ustuvor imtiyozlar berish, ya’ni, bunda uzoq muddatli (10-15 yilga) imtiyozli (3-7 foizli) kreditlar ajratish, kreditni ustama foizi bilan qaytarish muddatini esa 3 yoki 5 yildan so‘ng qo‘llash taklif qilinadi. Chunki, qishloq hududlarida mahsulotlarni qayta ishlash yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun xarid qilinadigan texnologiyalar ishga tushgandan so‘ng, 2-3 yildan keyingina jalb qilingan mablag‘larni bosqichma-bosqich qaytarish imkoni tug‘iladi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida respublikamiz fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Fermer xo‘jaliklariga axborot-konsalting xizmatlari ko‘rsatish tizimi va xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘nalishida:


Axborot-konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish – bu:
– birinchidan, qishloq xo‘jaligida innovatsion agrotexnologiyalar va ilg‘or tajri-balarni amaliyotga joriy etishni tezlashtiradi, ularni ommalashtirish jarayoni sama-radorligini oshiradi;
– ikkinchidan, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish na-tijasida samaradorlikka erishgan fermerning bu jarayonni davom ettirishga ko‘nikmasi shakllanadi, ishonchi mustahkamlanadi, boshqa xizmat ko‘rsatish muassasalari bilan bir qatorda axborot-konsalting markazlari va ularning mutaxassislariga ishonchi ortib boradi. pirovard natijada ular xizmatidan muntazam foydalanishga odatlanadi;
– uchinchidan, fermer xo‘jaligi daromadi oshadi, moliyaviy jihatdan mustahkamlanadi, turli tarmoq yo‘nalishlarida faoliyat yuritishiga imkon yaratiladi;
– to‘rtinchidan, axborot-konsalting markazi xizmatlaridan foydalanish ko‘lami kengayadi va yo‘nalishi ortadi.
bularning barchasi axborot-maslahat markazlarida xizmat turlarini kengaytirish orqali daromadni oshirishni ta’minlaydi.
Axborot-konsalting markazlari xizmatlaridan foydalanayotgan fermer xo‘ja-liklarini qo‘llab-quvvatlash.
Axborot-konsalting markazlari xizmatlaridan to‘liq foydalanishni tashkil etish va fermer xo‘jaliklari innovatsion salohiyatini oshirishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
– fermer xo‘jaliklarining innovatsion faoliyatni to‘la tashkil etishlari uchun aylanma mablag‘larini ko‘paytirish;
– innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etishda byudjet va nobyudjet mablag‘lar hajmini oshirish;
– texnika vositasi, texnologiya, o‘g‘itlar v o‘simliklarni himoya qilish vositalari, shuningdek, qurilish materiallari, yuqori sifatli urug‘lik materiallari, xom ashyo va vositalar bilan ta’minlash yoki sotib olishni tashkil etishni takomillashtirish va boshqalar



Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish