2–савол
Chorva mollari naslchiligini yaxshilash va rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar
Bugungi kunda Respublikamizda chorvachilik va naslchilik ishlarini yanada takomillashtirish, chorva mollarining mahsuldorligi oshirish, yem-xashak bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni chorvachilikda joriy etish, omuxta ozuqa korxonalarining mavjud quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyentini oshirish, shuningdek, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni jadal rivojlantirishga a’lohida e’tibor qaratilmoqda.
1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Naslchilik to‘g‘risida»gi qonuni chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qonun naslchilik ishlarini yanada kuchaytirishga va himoya qilishga qaratilgan. Qonun 25 ta moddadan iborat. Seleksiya ishining rivojlanib borishi va takomillashish jarayonlarida ushbu qabul qilingan qonunning ayrim moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib borilishi mumkin.
2006 yil 23 martda naslchilikni rivojlantirish maqsadida «Shaxsiy yordamchi va dehqon-fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirish» to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bu qarorning qabul qilinishi naslchilikni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etib, chorva mollari mavjud aholini ish bilan ta’minlangan aholi tarkibiga kiritishni va ularga pensiya yoshida pensiya tayinlashni belgilagan holda qishloq aholisi bandligini oshirishni belgilaydi. Bu qaror orqali «2006-2010 yillarda qoramolchilikni rivojlantirishda rag‘batlantirish» dasturi qabul qilindi. Dasturda har bir bosh mol uchun yer berish tartibi, zooveterinariya xizmati, urchitish yo‘llari, servis xizmatlarini rivojlantirish tartibi belgilandi. Omuxta yem olish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, ixtisoslashgan omborlarda savdo shahobchalarini tashkil etish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Mahalla qo‘mitalarining kafolatlari bilan mikrokreditlar berish yo‘lga qo‘yildi va zarur texnologiyalar uchun boj to‘lovlari olib tashlandi. Homiylik sifatida kam ta’minlangan oilalarni bir bosh qoramol bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Bu qarorning ijro etilishi qishloq xo‘jaligida sut va go‘sht mahsulotlarining ko‘payishiga olib kelmoqda va buning natijasida chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikka erishilmoqda.
Respublikada qoramolchilik yo‘nalishida naslchilik toifasidagi xo‘jaliklar soni 434 taga yetdi, ular tomonidan 8 ming 944 boshnaslli mollar tayyorlanib, chorvachilik fermer xo‘jaliklariga auksionlar orqali sotish tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |