Agrokonsalting


–savol Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini taqsimlash va yerdan foydalanish tartibi bo‘yicha maslahatlar



Download 2,27 Mb.
bet57/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

3–savol


Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini taqsimlash va yerdan foydalanish tartibi bo‘yicha maslahatlar.
Fermer xo‘jaligining yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi, ular xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, xadya, ayirboshlash ob’yekti bo‘lishi, shuningdek, ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas. Fermer xo‘jaligi kreditlar olish uchun o‘z mol –mulkini, shuningdek, yer uchastasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yishga haqli.
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasi bo‘linishi mumkin emas. YEr uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda yer uchastkasini ijaraga olish huquqi shu xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida, fermer xo‘jaligi faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros bo‘yicha o‘tadi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i mehnat qobiliyatini to‘la yo‘qotgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi xo‘jalik a’zolarining roziligi bilan ulardan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi.
Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda, uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Fermer xo‘jaliklari yerdan foydalanishda quyidagilarga rioya etishlari lozim:

    • yer uchastkasidan kat’iy belgilangan maqsadda foydalanish;

    • tabiiy ob’yekt bo‘lmish yerga zarar yetkazmaslik;

    • yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-harajatlar qilish;

    • yer uchastkasini, agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, bir yil ichida o‘zlashtirish.

O‘zbekistonda dehqon xo‘jaligini yuritish uchun tomorqa yer uchastkasi beriladi. Tomorqa yer uchastkasida dehqon xo‘jaligi oila ehtiyojlari va bozorda sotish uchun qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish hamda yakka tartibda uy-joy kurish mumkin. Dehqon xo‘jaligi uchun berilagn tomorqa yer uchastkasi oila a’zolaridan biriga meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilishga beriladi. Davlat tomonidan beriladigan guvoxnoma tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beradi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) a’zolarining, boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari xodimlarining oilalariga, shuningdek, qishloq joylarida yashovchi o‘qituvchilari, shifokorlar va boshqa mutaxassislartning oilalariga dehqon xo‘jaligini yurtish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi imorat va xovli egallagan maydonni xam qo‘shganda sug‘oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 1 getargacha o‘lchamda beriladi.
Fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi, kim oshdi savdosi asosida sotilishi mumkin mumkin.
Yangi tashkil etilayotgan dehqon xo‘jaligi uchun tomorqa yer uchastkasi olish huquqidan mazkur joyda kamida uch yil mobaynida doimiy yashab kelayotgan shaxslar foydalanadilar (yangi uzlashtirilayotgan yer maydonlari bundan mustasno).
Dehqon xo‘jaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklariga yer ajratib berishni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan maxalliy byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lanadi. Shu sababli fermer xo‘jaliklari yerdan foydalanganlik uchun ijara haqi tarikasida yer uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, uning kadastr bahosini inobatga olgan holda, dehqon xo‘jaliklari esa meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi asosida berilgan tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik uchun xar yili 15 dekabrga qadar yagona yer solig‘i to‘laydilar. YEr uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun xaq ijara haqi shaklida olinadi, soliq stavkasining bir baravaridan kam va uch baravaridan ko‘p bo‘lmasligi kerak, yerdan qishloq xo‘jalik extiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda yer solig‘i stavkasining bir baravari miqdorida bo‘ladi. YEr haqini uz vaqtida to‘lamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undiriladi.
YEr uchastkalarining ma’muriy va sanoat markazlariga nisbatan joylashishiga karab soliq stavkalari Toshkent shaxri atrofida 20 kilometrlik doirada – 1,3, Qorakalpog‘iston Respublikasi poytaxti va viloyatlar markazi atrofida 15 kilometrlik doirda – 1,15, boshqa shaxarlar atrofida 5 kilometrlik doirada – 1,1 koeffitsiyentga mos yer solig‘i undiriladi.
YEr solig‘ini to‘lashda yerlarning sifati xam hisobiga olinadi. Agarda xo‘jalikning yeri yomon (ball boniteti 40 ballgacha) bo‘lsa, stavkalarga 0,75, o‘rtacha (ball boniteti 41 balldan 70 ballgacha) bo‘lsa, 1,0 va yaxshi (ball boniteti 70 balldan yuqori) bo‘lsa, 1,25 koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
Shuni xam ta’kidlash kerakki, birinchi marta tomorqa yer uchastkasi olgan dehqon xo‘jaligi va yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaligi hamda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaridan o‘zgartirilgan dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ikki yil mobaynida yer uchastkasidan foydalanganlik uchun yer solig‘idan ozod qilinadi. Shu bilan birga yer solig‘i tulashdan O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksida ko‘rsatilgan shaxslar xam ozod etiladilar.
Fermer xo‘jaligi o‘ziga berilgan yer uchastkalaridan kat’iy belgilangan maqsadada foydalanib, uning xususiylashtirish, oldi-sotdi, garov, xadya,ayirboshlash ob’yektiga aylanishiga, shuningdek, ikkilamchi ijaraga berilishi va bo‘linishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. YEr uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda yer uchastkasini ijaraga olish huquqi shu xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida, fermer xo‘jaligi faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros bo‘yicha o‘tadi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i mehnat qobiliyatini to‘la yo‘qotgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi xo‘jalik a’zolariining roziligi bilan ulardan biriga topshiriladi. Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda, uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi bekor kilinishi lozim.
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun xaq tuman byudjetiga kiritiladigan xar yilgi ijara haqi tarikasida yer uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga karab, uning kadastr bahosini inobatga olgan holda belgilanadigan yagona yer solig‘i stavkasi miqdorida undiriladi. Davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida fermer xo‘jaligi yer uchastkasidan foydalanganlik uchun xaq to‘lashdan ozod etiladi.
Dehqon xo‘jaligining yerdan foydalanish tizimi fermer xo‘jaligidagi yerdan foydalanish tizimi bilan o‘xshash bo‘lib, dehqon xo‘jaligiga yer uchastkasi meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqi bilan berliganligi uchun fermer xo‘jaligidagi kabi yer uchastkasini olish shartnomasini bekor qilish tadbirlari o‘tkazilmaydi. Dehqon xo‘jaligi yer uchastkasidan foydalanganligi uchun xaqni yer solig‘i tariqasida to‘laydi.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari yerdan belginlangan maqsadda va oqilona foydalangan holda qishloq xo‘jalik maxsuloti yetishtirishda yuqori samaradorlikka erishishni ko‘zlashi lozim. Aks holda fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jalik ekinlaridan olingan xosildorlik normativ kadastr bahosidan muttasil (uch yil mobaynida) past bo‘lganda yerdan foydalanish huquqi bekor kilinishi mumkin.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish