Agrokimyo va tuproqshunoslik


Azotning aylanishida mikroorganizmlarning ishtiroki



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Azotning aylanishida mikroorganizmlarning ishtiroki. 
Tuproqdagi azotning 
o‘zgarishi va aylanish jarayonlari mikroorganizmlar faoliyati bilan boђliq. Atmosfera 
yoђinlaridan va mikroorganizmlar assimilyatsiyasi natijasida tuproqda to‘planadigan 
azot proteinlarga aylanadi. Proteinlar parchalanganda aminokislotalar, ammoniylar, 
nitratlar va molekulyar azot hosil bo‘ladi. 
Mineral shakldagi azot o‘simliklar va mikroblar tomonidan o‘zlashtiriladi va 
hujayra plazmasi proteinini hosil qilish uchun sarflanadi. Proteinlar chirindining 
parchalanish mahsulotlari va o‘simlik qoldiqlarining aminokislotalar bilan 
gidrolizlanib yangi hosil bo‘ladigan gumus tarkibiga kiradi. 
Azotning ammiakli shakli qisman tuproqdagi (ayniqsa uning pastki gorizontlarida) 
gilli minerallarda almashinlaydigan holda birikib, mustahkam ushlanib qoladi, qolgan 
qismi nitrifikatsiyalanadi. 
O‘simliklar o‘zlashtira olmagan nitratli azot suv bilan tuproqdan yuvilib ketadi
denitrifikatsiya mahsulotlari bo‘lgan erkin azot havoga uchib ketib, yo‘qoladi. 
Azotning aylanish sxemasidan ko‘rinib turibdiki, dehqonchilikda agronomning asosiy 
vazifasi azotning denitrifikatsiya va yuvilib ketishi tufayli yo‘qolishiga yo‘l 
qo‘ymaslik va o‘simliklar uchun yaxshi sharoit yaratishga qaratilishi kerak. 
Tuproqdagi 
fosfor, 
oltingugurt 
va 
temir 
kabi 
elementlarning 
mikroorganizmlar ta’sirida o‘zgarishi.
Fosfor.
Azotdan farqi fosfor tuproqda organik va mineral birikmalar holida 
tarqalgan bo‘ladi. Mineral holdagi fosfor birlamchi minerallar va ikkilamchi hosil 
bo‘lgan ( asosan ikki, uch valentli asoslarning) tuzlari tarkibida bo‘ladi. 
Fosforning organik birikmalari esa nuklein kislotasi, nukleoproteidlar, fosfatidlar, 
fitin kabilar holida tarqalgan. 
Tuproklarning tiplari va genetik gorizontlariga ko‘ra organik fosfor miqdori keskin 
o‘zgarib turadi. Odatda tuproqning yuqori chirindili qatlamida uning miqdori ko‘p. 
Ba’zi qora tuproqlarda fosfatlarning umumiy miqdoridan 80 foizi organik fosfatlarga 
to‘g‘ri keladi. Organik fosfatlar minerallanishi turli mikroorganizmlar, jumladan
fosformobilizatorlar (fosforni safarbar qiluvchi) ta’sirida borib, uni suvda qiyin 
eriydigan uch kalsiy fosfatni eriydigan ikki va monokalsiy fosfatiga aylantiradi va 
shu bilan fosfat kislotasining kimyoviy safarbarligini kuchaytiradi. Fosfor-


122 
mobilizatsiyalovchi mikroorganizmlarning eng aktiv shtammlari (guruhlari) 
ko‘paytirilib, ishlab chiqarishda maxsus bakterial preparati- fosforobakterin sifatida 
qo‘llaniladi. 
Fosforning eriydigan shakli biologik va kimyoviy holda adsorbsiyalanib tuproqqa 
singdiriladi hamda mustahkam birikkan holda saqlanadi. Shuning uchun bu fosfor 
tuproq qatlamlaridan deyarli yuvilmaydi. Ammo anaerob sharoitda fofor kislotasining 
fosforli vodorodga qayta tiklanishi natijasida tuproqdagi fosforning bir qismi havoga 
gaz holida uchib yo‘qolishi mumkin. Shuning uchun tuproqning fizik xossalari, 
jumladan melioratsiya holatiga va uning aeratsiyasiga alohida e’tibor berish kerak. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish