Amaliy mashg’ulot
1-Amaliy mashg’ulot
Issiqxonalarda hayot faoliyati xafsizligi qoidalari.
Issiqxonaga o‘rnatilgan gaz va elektr qurilmalaridan foydalanilganda texnika xavfsizligiga rioya qilish talab qilinadi.
Issiqxona yoritish tizimi, elektr qurilmalar mutaxassislar tomonidan yerga ulangan bo‘lishi shart, ya’ni elektr tok kabelining nol fazasi yerga ulanadi.
Elektr o‘tkazgichlari yaxshi himoyalangan bo‘lishi shart. Elektr va gaz qurilmalarini texnik holatda bo‘lishligi ta’mirlashni faqat maxsus ruxsatnomasi yoki guvohnomasi bo‘lgan mutaxassis tomonidan amalga oshirishga talab qilinadi.
Issiqxonada talaba va xodimlar texnika xavfsizligi qoidalari, elektr va gaz qurilmalari tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanilgan bo‘lishlari shart va shu bilan birga elektr tokidan jarohatlanganda birinchi yordam bera olishlari kerak va elektr, gaz isitish, shamollatish tizimlarini o‘lchov asboblarini ishga tushirish va to‘xtata bilishi kerak.
Talabalar zimmasiga barcha qurilmalarning to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish mikroiqlimni o‘zgarishsiz saqlab turish vazifasi yuklatiladi. Issiqxonada texnika xavfsizlik qoidalirini ko‘rinadigan joyga osib qo‘yish lozim. Kimyoviy moddalar bilan ishlaganda qo‘lga rezina, qo‘lqop, egniga xalat og‘iz va burunga respirator yoki 6-8 qavatli dokadan maska qilib olishni, va ishdan so‘ng qo‘llarni issiq suvda sovunlab yuvish shart.
Ma’lumki, issiqxonalardagi ish sharoiti, yuqori haroratliligi va namligi hamda havoni zaharliligi ochiq havodagi ish sharoitiga nisbatan yuqoridir. Masalan, qish faslida issiqxonani isitish davrida harorat 15-300S, nisbiy namlik 56-100% ga o‘zgarib, havoning harakati 0.05m/s atrofida bo‘ladi. Vaholanki, GOST 12,1.005-88 talabiga asosan harorat 18-250C, nisbiy namlik 55-75% atrofida va havoning harakati 01-06 m/s atrofida bo‘lishi kerak.
Issiqxonalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa turdagi o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi turli o‘g‘itlar o‘simliklarni zararsizlantiruvchi moddalar va pestitsidlardan foydalanishni taqozo etadi. Ayniqsa issiqxonalarda turli zararkunandalar va kasalliklar bilan kurashda 6-7 oy davomida har 7-10 kunda pestitsidlardan, organik o‘g‘itlardan hamda foydalanishi natijasida, ular ma’lum vaqtdan keyin bug‘lanib havo tarkibini buzilishiga, ba’zi bir kasb kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa issiqxonalarda ammiak, azot oksidi va fosfor angidrid kabi gazlar ko‘payib havo tarkibida GOST 12.1,007,76 asosida ruxsat etilgan me’yoriy konsentratlar miqdoridan bir necha marotaba oshib o‘simliklarni, talaba va xodimlarni zaharlanishiga olib keladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan noqulay mehnat sharoiti talaba va xodimlarni tez-tez shamollash, bronxit va angina, radikulit polinevralgiya, nafas olish a’zolari va terini allergik kabi kasalliklariga olib keladi. Ushbu noqulay mehnat sharoitlarini yaxshilash xizmatchilarni xavfsizligi quyidagi usullarda ta’minlanishi mumkin:
-Issiqxonalar ishlarida mexanizatsiya va avtomatizatsiya jarayonidan keng foydalanish
-Issiqxona binolarini ichini quyoshli va issiq kunlarda me’yordan ortiq qizib ketmasligi uchun ustki qismi qorong‘ulashtiriladi. Pardalar bilan yopish, shamollatish va havoni namlovchi qurilmalar o‘rnatish.
-Binolarni isitishda ochiq gazdan foydalanishni cheklash va quvurli hamda kalorifir isitish tizimidan foydalanish.
Ish kuni davomida qisqa dam olish hamda samarali mehnat tartibini tashkillashtirish.
Agar ovqatlanish rejimiga doim amal qilinsa, kishi organizmining zararli kimyoviy moddalarga qarshilik ko‘rsatishi ortadi. Tarkibida kraxmal va jelatin bo‘lgan ovqatlar zaharli ximikatlarning kasal uyg‘otuvchi ta’sirini kamaytiradi, natijada organizmga kam singadi.
Mishyak preparatlari bilan ishlaganda sut, qatiq, pishloq, asal, qand, o‘simlik moy, suli va grechka bo‘tqalari, sabzavot, meva va ko‘katlar iste’mol qilish kerak, shuningdek C va B vitaminlarini ko‘proq qabul qilish zarur. Qovurilgan go‘sht va baliq sho‘rvasi, yog‘ iste’mol qilmaslik lozim.
Xlorli organik preparatlar bilan ishlaganda mol yog‘i iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki ular organizmni zaharlanishiga yordam beradi.
Geksoxloron bilan ishlaganda ovqatda oqsil moddalari (go‘sht va tvorog) hamda C vitamini ko‘proq bo‘lishi lozim.
Fosfor aralashmalari bilan ishlaydigan kishilar tvorog, pishloq, qatiq, qand, grechka bo‘tqasi, sabzavotlar, mevalar hamda C vitaminini iste’mol qilish zarur.
Yog‘li kuchli hamma achchiq taomlarni iste’mol qilmaslik kerak.
Tarkibida ftor bo‘lgan zaharli ximikatlar bilan ishlaganda sut mahsulotlari, grechka bo‘tqasi, sabzavot hamda A vitaminga boy mahsulotlar iste’mol qilish kerak. Ishdan so‘ng qo‘l va yuzni yaxshilab yuvish va simobli dorilar bilan ishlagandan so‘ng kaliy permanginatning 0.5% li eritmasi bilan og‘izni chayqash kerak. Maxsus xonada ovqatlanish kerak u yerga ishchi kiyim bosh bilan kirish mumkin emas.
GOST 46.3.1.168-84 talablariga asosan birga issiqxona xo‘jaliklarida pestitsid va mineral o‘g‘itlarni saqlash ishchi eritma tayyorlash va ishlov berish, ishlatiladigan uskuna va asboblarni saqlash uchun kimyoviy himoya binosi bo‘lishi shart.
Issiqxonalarda sanitariya va gigiyena holatlarini ta’minlash manbalarida, SM va Q 2.09.04-87 talablariga asosan dam olish xonasi, yuvinish xonasi, hojatxona, korjoma va shaxsiy himoya vositalarini zararsizlantiruvchi xonalar bo‘lishi kerak.
O‘simliklarga kimyoviy ishlov berishda, xizmat ko‘rsatuvchilar maxsus yo‘riqnomadan o‘tgan va shaxsiy himoya vositasi bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. O‘simliklarga kimyoviy ishlov berishda talaba va xodimlar o‘zaro 10 m dan yaqin masofada bo‘lmasliklari lozim. Kimyoviy dorilar bilan ishlov berilgan bino eshigi qulflanib, eshikka maxsus ogohlantiruvchi yozuv yozilgan taxtaga osib qo‘yiladi.
Issiqxona rahbarlari tuproq, havo va chiqindilar tarkibidagi pestitsid, mineral o‘g‘itlar va aralashmalari miqdori ustidan doimiy nazorat olib berish uchun mas’uldirlar.
Issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulotlarni iste’mol chiqarishdan oldin, ular tarkibidagi pestitsid va nitratlar tekshirib ruxsat berilgandan keyin amalga oshirilishi kerak.
Kimyoviy moddalar inson organizmiga bevosita (aralashmalar tayyorlanganda, urug‘larga, tuproqqa, o‘simliklarga ishlov berishda ishlov berilgan hududlarda ishlaganda) va bilvosita-o‘simlik, oziq-ovqat mahsulotlari orqali kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilgan dalalardan olingan meva-sabzavotlar, shuningdek, hayvonot mahsulotlari orqali (go‘sht, tvorog, sut, tuxum va boshqa) o‘tadi.
Pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar bilan zaharlanishni oldini olishdagi (profilaktika qilish) choralar amalga oshirilganda, ular bilan ishlaganda Respublika Vazirlar Mahkamasi qoshidagi komissiya tomonidan o‘rganilgan va ruxsat etilgan preparatlardan foydalanish lozim, mehnat muhofazasi, sanitariya me’yorlari qoidalariga, agrotexnika talablari asosida ekinlarga ishlov berishda kimyoviy preparatlar sarfi miqdoriga qat’iy rioya qilish lozim. Homilador va emizakli ayollar, 18 yoshga to‘lmagan va 55 yoshdan katta erkaklar va 50 yoshdan oshgan ayollarni petitsidlarni va mineral o‘g‘itlarni purkash, changlatish, tashish va tushirish ishlariga jalb qilish mumkin emas.
Pestitsidlar bilan kuniga 6 soat, fosfor organik birikmalar bilan 4 soat (2 soat qo‘shimcha pestitsidlarga aloqasi bo‘lmagan ishlarda ishlov berish sharti bilan) ishlash mumkin. Pestitsid va mineral o‘g‘itlar bilan bajariladigan barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi shart, ularni bajarishda qo‘l, oyoq, nafas olish, eshitish, ko‘rish a’zolarini himoyalash uchun shaxsiy himoyalash vositalaridan (SHHV) foydalaniladi.
Pestitsid va mineral o‘g‘itlar GOST 12.3041-86 va GOST 12.3.037-84 talablariga asosan alohida KMQ 2.09.11.-97, SN va Q 0046-93 talablariga mos keluvchi binolarda saqlanadi. Kimyoviy aralashmalarni, yem qo‘shilmalari, bo‘yoqlar, laklar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni bir xonada saqlash qat’iyan man etiladi.
Pestitsidlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan turli shakldagi idishlarda, ya’ni bochkalarda, barabanlar, kanistrlar, shisha idishlar, qoplar va qutilarda ishlab chiqariladi. Idishlarning yon tomonida ko‘rinadigan joyida 20x4 sm kattalikda tasma turli ranglar bilan belgilanadi. Pestitsidlar (gerbitsid, fungitsid va boshqalar) turlariga qarab boshqa-boshqa joylarda saqlanadi. Hamma turdagi idishlarning ustida preparatning nomi, moddaning ta’sir foizi, pestitsidning guruhi, xavfsizlik belgisi, og‘irligi (netto), shuningdek “Yog‘indan havfli” yoki “Portlash xavfi bor” ogohlantiruvchi belgilar yoziladi. Bunda gerbitsidlar- qizil defoliantlar-oq, nemototsidlar-qora, fungitsidlar-yashil, dorilochi moddalar-zangori, zootsidlar-sariq rangda belgilanishi.
Saqlash uchun qabul qilinayotgan har bir pestitsid turi uchun sertifikat bo‘lishi shart. Sertifikatsiz pestitsidlardan foydalanishi qat’iyan man etiladi va bu turdagi pestitsidlar mavjud bo‘lganda, ular asosiy xonalarda alohida ajratilib ta’minotchilardan so‘rovnoma orqali talab qilinadi va bu sertifikatlar pestitsidlar ishlatib bo‘lingandan keyin omborxonada kamida bir yil davomida saqlanadi.
Barcha turdagi pestitsidlarni, qadoqlash turidan qat’iy nazar, bevosita yer ustida saqlash qat’iyan man etiladi. 50 litrdan ko‘p ega bo‘lgan bochkalar va yog‘och qutilar tekis tagliklarda uch qatorgacha ustma-ust qo‘yib saqlanishi, shishali va kanstrli idishlarni metall jovonlarda saqlash tavsiya etiladi. Turli xususiyatli pestitsidlar o‘zaro alohida joyda saqlanib, ular orasidagi masofa 0.7 metrdan kam bo‘lmasligi va bino devorlariga tegmasligi kerak.
Qoplangan va qoplanmagan mineral o‘g‘itlar alohida bo‘ilmlarda saqlanadi. Qoplanmaganlari g‘aram qilib balandligi 2.0 m gacha (qati qolmagan o‘g‘itlar 3.0 m gacha) to‘plab qo‘yiladi, qoplanganlari esa tagidan nam o‘tmasligi uchun taglik qo‘yib, qoplarini bir-birining ustiga g‘arom qilib taxlanadi. G‘aramlar oralig‘i 3.0 metrdan kam bo‘lmasligi kerak (mexanizmlarning o‘tishi va ishlashi uchun), g‘aromlardan ombor devorigacha bo‘lgan masofa 1.0 metrdan kam bo‘lmasligi shart. G‘aramning tepasi bilan omborning shifti orasidagi oraliq 0.4 dan kam bo‘lmasligi lozim. Suyuq mineral o‘g‘itlar maxsus idishlarda saqlanadi. Pestitsid va mineral o‘g‘itlarning ta’sirini yo‘qotish uchun omborxonada yetarli miqdorda zaharli gazlardan tozalovchi moddalar, xlorli ohak va boshqalar bo‘lishi shart. To‘kilgan yoki oqizilgan pestitsidlar va mineral o‘g‘itlarni ochiq holda qoldirish man etiladi. Mineral o‘g‘itlarni idishsiz (uyma holda) transportlarda tashishga ruxsat etiladi, faqat chang bo‘lishligi inobatga olgan holda brezent bilan yopib qo‘yiladi. Suyuq o‘g‘itlar ishlatish joylariga ammiak tashuvchi avtotsik termalarda, shuningdek yuk tashuvchi mashinalar ustida hajmli idishlarda yoki transport bochkalarda yotqizib beriladi. Har qanday kimyoviy moddani bir idishdan boshqa bir idishga qo‘yish siqilgan havo bosimi ostida bajariladi. Bosimning kuyan 20 kPa yoki 0,2 kg k/sm2 dan oshmasligi kerak.
Ishqorlar eirtmasini tayyorlashda sovuq suvdan foydalanish lozim. Agar issiq suv qo‘yilsa ishqor qaynab ketadi. Qattiq ishqorli maxsus qisqichlar yordamida olish kerak. Ishqor eritmasini tayyorlashda maxsus bosh kiyimlardan foydalanish lozim. Aks holda ko‘zga yoki boshga ta’sir etib soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Kimyoviy moddalar bilan ishlovchi kishilar maxsus oyoq kiyimi, ko‘zoynak, qo‘lqop, fartuklar, rezina etik hamda protivagazlar va raspiratorlar bilan ta’minlanishi shart. Bunda albatta sanoatda foydalaniladigan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |