OZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI "AGROKIMYO VA AGROTUPROQSHUNOSLIK" YO'NALISHI
201-GURUH TALABASI O'TKUROVA MUHAYYONING
"AGROKIMYO" FANIDAN
"TUPROQ HOSIL BO'LISHIDA BIOLOGIK OMILLARNING ROLI " MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
Toshkent-2022
MUNDARIJA
Kirish..............................................................................................3-4
I-Bob. Adabiyotlar sharhi...............................................................5-6
II-Bob. Tekshirish metodikasi..........................................................7
2.1.Tuproq hosil bo'lish jarayonidagi asosiy omillarni aniqlash..7-8
III.Asosiy qism.................................................................................9
3.1.O'simliklarning tuproq hosil bo‘lishidagi roli..........................9-15
3.2.Tuproq hosil bo‘lishining biologik omillarning ta'siri...........16-19
3.3.Tuproq hosil bo‘lishida hayvonlarning o‘rni..........................20-29
3.4.Ona jinsning tuproq hosil bo‘lishidagi roli............................30-38
3.5.Tuproq hosil bo‘lishiga insonning taʼsiri...............................39-41
Xulosa........................................................................................42-43
Foydalangan adabiyotlar ro'yxati.............................................44-46
Kirish
Hozirgi mustaqil O`zbekistonning tabiiy sharoitlari, ularning xilma-xil tuproqlarini xossa-xususiyatlarini o`rganish ulardan samarali foydalanish shu kunning eng dolzarb masalasidir. Bu borada hozirgi vaqtda sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish, tiklash borasida ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Tuproq tiplarini, tipchalarini xossa-xususiyatlariga ko`ra turli agrotexnik usullaridan to`g`ri va samarali foydalanish ishiga e`tibor kuchaytirilmoqda. Hozirgi vaqtda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi-ning viloyat, tuman xo`jaliklar tuproqlarini o`rganish, uning xossa-xususiyatlari, unumdorligini asosida ball bonitetlarini aniqlash to`g`risida qarori qabul qilindi. Turli mintaqa tuproqlarini o`rganish va tuproq xaritalarini tuzish uchun G`Uzdavlaterloyixa , er kadastri filiali ekspeditsiyalar tashkil etib, O`zbekiston tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot ilmgoxlari, respublikadagi Oliy o`quv yurtlarining tuproqshunoslik kafedra xodimlari bu murakkab ishlarini bajarishni tashkil etib, tuproqlarning unumdorligi va boshqa xususiyatlari chuqur o`rganilmoqda.
Tuproq tashqi muhitning eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, inson organizmida, insonning hayoti va mehnat faoliyatida u muhim o‘rinni egallaydi. Tuproq murakkab ko‘rinishdagi mineral va organik moddalar majmuasidan tashkil topgan bo‘lib, o‘z tarkibida juda ko‘p miqdorda mikroorganizmlarni tutishi mumkin. U er qobig‘ining yuqori qatlami hisoblanib, tabiatda sodir bo‘lib turadigan bir qator jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lib turadi. Tuproqning mineral komponentlari tabiatdagi fizikaviy omillar ta’sirida er qobig‘ining qattiq qatlamlarining emirilishi va maydalanishidan hosil bo‘ladi. Organik tarkibi esa, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘lishi va chirishi tufayli yuzaga keladi. Tuproq tarkibida juda katta miqdorlarda turli xildagi mikroorganizmlar bo‘ladi va ular tuproqning hosil bo‘lishida faol ishtirok etadi, tuproq tarkibiga kiruvchi mineral va organik moddalarning chirishi parchalanishida ishtirok etadi. Tarkibida mineral va organik moddalarning miqdori zarrachalarning katta-kichikligiga qarab, quyidagi tuproq turlarini ajratish mumkin: loy, loyli, qumli, qumloq, qora tuproq turlari.
Inson tuproq muhiti bilan bevosita aloqada bo‘lmaydi, ammo bilvosita aloqasi muntazam ravishda kuzatilib turadi. Inson faoliyatidagi aloqa havo muhiti, suv muhiti va oziq-ovqat mahsulotlari bilan bo‘ladigan aloqasi orqali kuzatiladi. Inson faoliyatidagi tuproq bilan bo‘ladigan bilvosita aloqasini turar-joy binolari va boshqa inshootlarni qurish, aholi yashash-joylarini obodonlashtirish, ularni sanitar nuqtayi-nazardan chiqindilardan tozalash, qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayonlari orqali ko‘rinishi mumkin. SHuning uchun odam organizmi, qanday tuproq, uning xususiyatlari va xossalariga qarab turli ta’sirlarga uchrashi mumkin. Tuproqning ayrim muhim xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz, chunki bu xususiyatlar muhim gigienik ahamiyatga egadir
Do'stlaringiz bilan baham: |