Agrokimyo kirish


Ayrim ekinlarning tarkibida azot va kul elementlarning miqdori



Download 323,88 Kb.
bet7/161
Sana31.12.2021
Hajmi323,88 Kb.
#216917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   161
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Ayrim ekinlarning tarkibida azot va kul elementlarning miqdori,

quruq moddaga nisbatan % da

(2.2.2– jadval)

O’simlik va uning organlari

Azot

Kul

Bug’doy va boshqa g’alla ekinlari: doni

Somoni


No’xat va boshqa dukkakli don ekinlari doni

Poyasi


Kartoshka: tuganagi

Barglari


Qand lavlagi va ildizlilar: ildizi

Palagi


Beda, sebarga (ko’kmassasi)

1,5─3,0

0,4─0,6


4,0─6,0

1,0─1,5


1,0─2,0

4,0─6,0


1,0

1,5─2,5


2,5─5,0

1,5─4,0

3,0─5,0


2,5─5,0

4,0─5,0


3,0─5,0

8,0─14,0


2,0─3,0

6,0─12,0


6,0─12,0



    1. O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI ORGANIK

MODDALAR


  1. O’simliklar tanasida turli─tuman organik birikmalar uchraydi. Miqdorning oz yoki ko’pligi va ahamiyatiga ko’ra ularni bir nechta guruhga bo’lish mumkin. Masalan, o’simliklar tanasida oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar kamroq miqdorda uchraydi, lekin ular juda katta ahamiyatga ega bo’lgan moddalardir. Selluloza, gemiselluloza, lignin kabilar o’simlik tarkibining asosini tashkil qilib, somon, yog’och, urug’ qobig’i, o’simlik tolasining tarkibiga kiradi.

  2. Oqsillarning tarkibi ancha barqaror bo’lib , 51—55% ini uglerod, 20—24% ini kislorod, 15—18% ini azot, 6,5—7,0% ini vodorod, 0,3—1,5% ini oltingugurt tashkil qiladi.

  3. Inson bir kun davomida kamida 70—100 gr oqsil iste’mol qilishi kerak, aks holda organizmda modda almashinuvi buzilib, jiddiy salbiy oqibatlar yuzaga keladi.

  4. O’simlik oqsillar tarkibida “tengi yo’q” deb hisoblanadigan vain, leysin, izoleysin, treonin, metionin, gistidin, lizin, tritofan va fenilalanin kabi aminokislotalar mavjud bo’lib, ular odam va hayvonlar organizmida sintezlanmaydi. Bu aminokislotalarni odam va chorva mollari faqat o’simliklardan tayyorlanadigan oziq─ovqat mahsulotlari va yemxashak orqali oladi. Shu sababli o’simlik mahsulotlarining sifati faqat ular tarkibidagi oqsil miqdoriga qarab emas, balki ularning fraksion va aminokislota tarkibini o’rganish, hazm bo’lishi va to’la qimmatliligiga qarab ham baholanadi.

  5. Selluloza — hujayra devorlarining asosiy komponenti. U o’simliklarda lignin, pektin moddalari bilan bog’langan bo’ladi. Paxta tolasi 95—98%, zig’ir 80—90%, kanop va jut tolalari ham deyarli shuncha miqdorda selluloza tutadi. Shuning uchun ham aytib o’tilgan ekinlar asosan tolasi uchun yetishtiriladi.

  6. Lignin. O’simliklarni yog’ochlashgan to’qimalarining asosini tashkil etadigan modda. U ko’proq (20—40%) o’simliklarning poya va somonlarida daraxtlarning yog’ochida to’planadi. U selluloza tolalarini biriktiradi, hujayra devorlari oralig’idagi bo’shliqlarni to’ldiradi. O’simliklar yog’och qismining mustahkamligi ko’p jihatdan lignin miqdoriga bog’liq. Toza lignin suvda va kisiotalarda eriydigan sariq— jigarrang tusli modda.

  7. Lipoidlar. Yog’lar va yog’simon moddalar ham o’simlik hujayra sitoplazmasining komponentlaridan hisoblanib, ko’pchilik o’simliklarda zaxira modda sifatida to’planadi. Yog’larning oqsillar bilan hosil qiladigan birikmalari — lipoproteidlar o’simlik tanasining barcha a’zolarida uchrab, ular ho’l massasining 0,1—0,5% ini tashkil qiladi. Shuningdek, bu moddalar hujayra membranasining faoliyatini boshqarishda ham muhim o’rin tutadi. O’z urug’ida ko’p miqdorda yog’ tutadigan o’simliklar moyli ekinlar deb yuritiladi. Eng muhim moyli ekinlar urug’larida moy (yog’) ning miqdori (%) quyidagicha :

Kanakunjut — 60─70 Zig’ir — 30

Kunjut — 45─50 Kanop — 30

Ko’knori — 45─50 Xantal — 30─35

Zaytun — 45─50 Chigit — 25

Ekinbop nasha — 30─38 Soya — 20

Kungaboqar — 24─50





  1. C vitamin (askorbin kislota). Oziq─ovqatlar tarkibida C vitamin yetishmaganda singa deb nomlanadigan og’ir xastalik kelib chiqadi. Bir kecha─kunduzda 50—100 mg miqdorda C vitaminini iste’mol qilish bu kasallikga chalinishning oldini oladi. B1 vitamini (tiamin). Organizmlardagi modda almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega. Oziq─ovqatlar tarkibida tiamin yetishmasa, polinevrit xastaligi kuzatiladi. B2 vitamini (riboflavin). — Oksidlovchi─qaytaruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Ko’proq hamirturish va ayrim sabzovot ekinlari tarkibida bo’ladi. B6 vitamini (piridoksin) — modda almashinuvida, ayniqsa azot almashinuvida muhim rol o’ynaydi: aminokis lota lar almashinuvi reaksiyalarini shujumladan qayta aminlanish jarayonni ham tezlatuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. E vitamini (tokoferol) — antisteril faollikka ega bo’lgan moddalar guruhi. Bu vitamin yetishmaganda odam va hayvonlarda oqsil lipid va uglevodlar almashinuvi buziladi. Mazkur jarayonlarni buzilishi natijasida hayvonlarning jinsiy a’zolari zararlanadi va ular ko’payish qobiliyatini yo’qotadi. A vitamini (retinol) — odam va hayvonlarda kseroftalmiya xastaligining oldini oladi. Bu kasallikning belgilari ko’z shox pardasining yallig’lanishi va shapko’rlikdir. O’simliklar tarkibida retinol uchramasada, A vitamini faolligiga ega bo’lgan boshqa moddalar mavjuddir. Bunday moddalar jumlasiga karotinoidlar, shu jumladan karotin (C40 H56) kiradi. Ular yashil barglarning xloroplastlarida, gul va mevalarda uchraydi hamda fotosintez, o’simliklarning ko’payishi, oksidlanish─ qaytarilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Odam va hayvonlar organizmiga tushgan karotin tezda A vitaminiga aylanadi. K vitamini — odam va hayvonlarda qonning me’yorida ivishi uchun xizmat qiladi. O’simliklardagi oksidlanish─qaytarilish jarayonida va qisman fotosintezda ishtirok etadi. K vitamini o’simliklarning yashil qismlarida sintezlangani uchun yashil barglarda ko’proq uchraydi.




    1. Download 323,88 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish