4.1.1. TUPROQNI GIPSLASH UCHUN MATERIALLAR
Maydalangan gips gipsni tabiiy zaxiralarini maydalash yo’li bilan olinadi. U oq yoki unsimon massa bo’lib, 71—73% CaSO4 saqlaydi. Suvda 1 litrda 1 gramm eriydi. Unsimon massaning 70—80% 0,25 mm li elakdan o’tgan bo’lishi, qolgani 0,1 mm li elakdan o’tgan bo’lishi kerak. Namligi 8% dan oshmasligi kerak, aks holda quriganda kattakatta kesak va bo’laklar hosil qiladi. Fosfogips-fosforli o’g’itlar (superfosfat, prisepitat, fosfor kislotasi) ishlab chiqarishda qoladigan qoldiq oq yoki kul rang unsimon massa, o’zida 70—75% CaSO4 saqlaydi. Undan tashqari tarkibida 2—3% P2O5 ham bor. Gips va fosfogips quruq xonada saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |