11.6.3. MAKKAJO’XORINI O’G’ITLASH
Suv taqchil joylarda beda va qand lavlagidan keyin makkajo’xori ekilganda, hosildorlik kamayadi, chunki bu ekinlar tuproqdan ko’p miqdorda suvni o’zlashtirib, tuproqdagi namlikni kamaytirib yuboradi. Sug’oriladigan maydonlarda beda yoki boshqa ko’p yillik o’tlardan keyin ekilgan makkajo’xori yuqori hosil beradi.
Makkajo’xori tuproqning oziq rejimiga o’ta talabchan bo’lib, g’ovak va mexanikaviy tarkibi og’ir bo’lmagan tuproqlarni xush ko’radi. Tuproq muhiti mo’tadil yoki mo’tadilga yaqin bo’lganda, yaxshi o’sibrivojlanadi. Ildiz tizimining asosiy qismi (taxminan 60% i) tuproqning haydalma qatlamida tarqaladi. Oziq moddalarni butun o’suv davri mobaynida (doni dumbul bo’lguncha) talab qiladi. Ayniqsa sulton chiqargandan to gullashgacha bo’lgan qisqa davr orasida oziq moddalarni tez va ko’p o’zlashtiradi (11.6.3-jadval)
(11.6.3-jadval)
Makkajo’xorining quruq modda va oziq moddalar to’plash dinamikasi maksimalga nisbatan, %
Do'stlaringiz bilan baham: |