Agrokimyo kirish


Hosil bilan tuproqdan olinadigan K



Download 408,66 Kb.
bet50/123
Sana05.04.2022
Hajmi408,66 Kb.
#530004
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Hosil bilan tuproqdan olinadigan K2O miqdori
(7.1-jadval)

Ekinlar

Hosildorlik,
s/ga

Hosil bilan tuproqdan
olingan K2O, kg/ga

G’allasimonlar

58

175

Kartoshka

200

180

Qand lavlagi

200

150

Yem-oziqa qand lavlagisi

420

280

Beda, yo’ng’ichqa (pichan)

60

120

Oq karam

660

290

Sabzi

420

210

Kungaboqar (urug’i)

55

990

7.2. TUPROQDAGI KALIY



  1. O’simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi manba kaliyning eaivchi tuzlaridir. O’simlik tomonidan tuganak ildiz va mikroorganizmlar tarkibidagi kaliy ham yaxshi o’zlashtiriladi. Almashinuvchi kationlar va kam eriydigan tuzlar bevosita rezerv vazifasini bajaradi.

  2. Tuproqdagi o’simlik oziqlanishi uchun asosiy bo’lgan harakatchan kaliyning miqdori K2O ning umumiy zaxirasini bor-yo’g’i 0,5—2% ini tashkil qiladi. Demak, kaliyning umumiy miqdorini 99% ga yaqini uning almashinmovchi xili bo’ladi. Lekin ular ham ma’lum miqdorda o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi mumkin.



7.3. KALIYLI XOMASHYO KONLARI. KALIYLI O’G’ITLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING XOSSALARI



  1. Kaliy xlorid (KCI) umumiy ishlab chiqariladigan kaliyli o’g’itlarning 80—90% ini tashkil qiladi. Uning tarkibida 53,7—60,0% K2O bo’ladi, namligi 1% dan oshmaydi. U sochiluvchan, qizg’ish yoki oqish rangli kulrang mavjli kristall inodda.

  2. Kaliy sulfat (K2SO4) — oq rangli mayda kristall kukun (sarg’ish jiloli bo’lishiga ham yo’l qo’yiladi), namligi 1,2% bo’ladi. Tarkibida 46—50% K2O bo’ladi, yopishish xususiyati kuchsiz, zavoddan xaltalarga solib yoki to’g’ridan-to’g’ri transport vositasiga solib tashiladi.

  3. Xlor kaliyli-elektrolit (chiqindili KCl ) sarg’ish jiloli kuchli changga aylanuvchi mayda kristall kukun hisoblanadi K2O miqdori 31,6—45,5% bo’ladi, yopishmaydi (namligi 4% dan ortmaydi), tashishda qog’oz xaltachalarga solinadi yoki shundayicha tashiladi.

  4. Kaliy magneziya (K2SO4 MgSO4). Kulrang va qizg’ish jiloli kuchli changlanadigan kukun yoki aniq shaklga ega bo’Imagan kulrang-qizg’ish granulalar tarzida ishlab chiqariladi. Tarkibida 29% K2O va 9% MgO bo’ladi; namligi 5% dan ziyod ernas, yopishmaydi, shundayligicha transport vositasiga solib yoki qog’oz xaltalarga solib tashiladi. Kaliy sulfat kabi xlorga nisbatan o’ta sezgir bo’lgan ekinlar uchun qo’llaniladi.


  5. Download 408,66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish