Fosforning o’zlashtirilishiga fosfatli o’g’itlarni turlicha
qo’llashning ta’siri
(6.7- jadval)
Ekinlar
|
N60 P60 K60 solishdan olingan
qo’shimcha hosil
1 ga yerga s hisobida
|
Fosforni o’zlashtirilishini
hisoblash koeffitsienti (%
hisobida, birinchi yil)
|
Sochib
solinganda
|
Joy-joyiga
(lokal) solganda
|
Sochib
solinganda
|
Joy-joyiga
(lokal) solganda
|
Kartoshka
|
119,0
|
116,0
|
29,3
|
50,2
|
Kuzgi bug’doy
|
7,1
|
11,9
|
13,7
|
23,1
|
Kuzgi javdar
|
4,4
|
7,4
|
9,4
|
14,1
|
Suli
|
5,7
|
8,8
|
8,2
|
13,8
|
Superfosfat solishdan olinadigan qo’shimcha hosil hamma tuproqlarda o’zaro bir-biriga yaqin bo’lgan raqamlarni tashkil qiladi, bu qonuniyatdan sur tusli o’rmon va janubiy qora tuproqlar mustasno, ularda tegishli miqdorlar ancha kam bo’lgan raqamni tashkil qiladi. O’simliklarning sur tusli o’rmon tuproqlarda solingan superfosfatga nisbatan unchalik hozir javob bo’lmasligi ularda fosforning organik birikmalarini ancha yuqori darajadagi harakatchanligi va qora tuproqlarga nisbatan ekinlarning azot bilan ta’minlanishini yomonroq bo’lishi tufaylidir, deb tushuntirsa bo’ladi. Janubiy qoratuproqlarda namlikning kamligi bilan ko’zga yaxshi tashlanadi.
Ammiakni yo’qotmaslik uchun fosforli o’g’itlarning ishqoriy shakldagi xillarini (tomasshlak, fosfatshlak) ammiakli tuzlar bilan aralashtirib bo’lmaydi. Quruq superfosfatni yerga solishdan birozgina oldin quruq ammiakli va nitratli azotli o’g’itlar bilan aralashtirish mumkin. Ammiakli selitra bilan oldindan aralashtirib qo’yish, aralashmaning namlanib qolishiga, ammoniy sulfat bilan aralashtirilishi esa uni yangidan hosil bo’lgan gips bilan ushlab qolinishiga olib keladi. Nordon superfosfatni nitrat o’g’it bilan aralashtirilishi uchuvchan nitrat kislotaning yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Superfosfatning nordonligi o’simlik uchun zararli, shuning uchun uni neytrallash lozim. Buning uchun mexanik aralashtirgan holda unga 15% gacha fosforit uniyoki 10% gacha dolomit uni yoki shuncha karbonatli ohak qo’shiladi. O’yuvchi ohakni qo’shish mumkin emas, chunki bunda fosfat kislota o’simlik tomonidan yomon o’zlashtiriladigan birikma shakliga o’tib qoladi. Superfosfat bilan olib borilgan ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatdiki, bu o’g’itni solish natijasida tuproqning nordonligi o’zgarmaydi. Hamma fosforli o’g’itlarining namlanish natijasida ularning fizik xossalari va sochiluvchanliklari yomonlashadi, masalan, superfosfatning granulalari shikastlanib uvalanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |