Guruhlarda ishlash uchun topshiriq “ Baliq skeleti” texnikasi asosida “Mahsulotlarni qayta ishlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari?” savoliga javob beriladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1.Agrobiznesda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi innovatsion faoliyatni tashkil etish?
2.Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda innovatsion jarayonlar?
3.Mahsulotlarni qayta ishlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari?
4.Bozor munosabatlarini shakllanishida bozor infratuzilmasining o‘rni nimada?
5. Agrosanoat majmuasida infratuzilmaning turkumlashtirilish mezonlari va ko‘rsatkichlari?
14-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARNI REALIZATSIYA QILISHDA INNOVATSION FAOLIYAT Darsning maqsadi: Talabalarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarni realizatsiya qilishda innovatsion faoliyat yuzasidan ma'lumоtlar berish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi. 1.Agrobiznesda ichki bozorda mahsulotlarni sotishda innovatsion faoliyatni tashkil etish yo‘nalishlari.
2.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini birja savdosini tashkil etish.
3.Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini sotish bo‘yicha o‘zaro innovatsion kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish.
4.Mahsulotlarni eksport qilishda innovatsion faoliyat samaradorligi.
Darsga oid jihozlar:Markerlar, flamaster, plakatlar, kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Amaliy mashg‘ulot usuli: Bahs-munozara
Nazorat uchun test savollari
Qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulot tushunchasini ko‘rsating?
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan olingan mahsulotga;
Ma'lum bir davr ichida yetishtirilgan mahsulotlar yig‘indisiga;
Mehnat va moddiy xarajatlar evaziga olingan natijaga ;
Ma'lum bir davr ichida olingan pul daromadi miqdoriga .
Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishning tovarlilik darajasi qanday aniqlanadi?
Sotilgan mahsulotni yalpi mahsulotga protsent ifodasiga nisbati orqali;
Sotilgan mahsulotni qishloq xo‘jaligi yerlari maydoniga protsent ifodasidagi nisbatiga;
Yalpi mahsulotni tovar mahsulotiga prsent ifodasidagi nisbatiga ;
Sotilgan mahsulot qiymatini ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini protsent ifodasidagi nisbatiga .
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish yo‘llari qaysilar
Qayta ishlash, dehqon bozorlari , tayyorlov tashkilotlari;
Chakana savdoning boshqa tashkilotlariga, korxonalariga;
Shartnoma, majburiyat bo‘yicha tashkilot va korxonalarga;
Boshqa tashkilotlar bilan barter bitimlari.
Baho tushunchasini ko‘rsating?
Mahsulot yetishtirish va realizatsiya xarajatlarini puldagi ifodasi;
Mahsulot realizatsiyasidan olingan pul daromadiga;
Tovar qiymatini puldagi ifodasi;
Tovarni ishlab chiqarish xarajatlarini puldagi ifodasi.
Oddiy takror ishlab chiqarish nima?
Ishlab chiqarishning xar yili takrorlanib turishi;
Ishlab chiqarish xajminnig o‘zgarmasdan takrorlanib turishi ;
Ishlab chiqarish xajmining qisman o‘zgarib takrorlanib turishi ;
Ishlab chiqarish xajmini o‘zgargan holda takrorlanib turishi .
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish xajmining yildan-yilga bir xil sur'at bilan o‘zgarib takrorlanib turishi ;
Ishlab chiqarish xajmining yildan-yilga o‘zgarmasdan takrorlanib yangilanib turishi;
Ishlab chiqarish xajmining bir necha yil davomida o‘zgarib yangilanib takrorlanib turishi;
Ishlab chiqarish xajmining to‘xtovsiz o‘sib borgani holda takrorlanib turishi;