13-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHDA INNOVATSION FAOLIYAT
Darsning maqsadi: Talabalar Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashda innovatsion faoliyat bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Agrobiznesda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi innovatsion faoliyatni tashkil etish.
2.Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda innovatsion jarayonlar.
3.Mahsulotlarni qayta ishlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Nazorat uchun test savollari:
Qishloq xo‘jaligini respublika iqtisodiyotida tutgan o‘rni, ahamiyati nimalarda ifodalanadi?
Qishloq xo‘jaligi aholini oziq-ovqat bilan ta'minlaydi, oziq-ovqat kishilarning ma'naviy hayoti va moddiy ishlab chiqarish asosi xisoblanadi;
Aholi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi.
Ishlab chiqarish hajmini va samaradorligini aniqlaydi.
Qishloq xo‘jaligining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi va samaradorligi sanoatning ushbu tarmoqlarining ishlab chiqarish hajmini va samaradorligini aniqlaydi.
|
Fermer xo‘jaligida yerni asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi xususiyatlari
Tabiat inom etgan boylik, boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan almashtirib bo‘lmasligi, joylashgan o‘rnining doimiyligi, miqdor jihatdan cheklanganligi, to‘g‘ri foydalanganda eskirmasligi.
Boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan almashtirib bo‘lmasligi, joylashgan o‘rinda ko‘chirish mumkinligi, miqdor jihatdan cheklanganligi, ishlab chiqarish jarayonida o‘z xususiyatlarini yo‘qotishi.
Tabiat inom etgan boylik, miqdor jihatdan kengaytirish mumkinligi, to‘g‘ri foydalanilganda yemirilmasligi, joylashgan o‘rnining doimiyligi.
Inson mehnatning mahsuli ekanligi, to‘g‘ri foydalanganda yemirilmasligi, joylashgan o‘rnining doimiyligi, miqdor jihatdan kengaytirish mumkin emasligi.
|
Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishi rivojlanishining xususiyatlari nimalardan iborat?
Fermer xo‘jaligida yer, o‘simlik dunyosi, biologik vositalardan foydalaniladi, yer bosh ishlab chiqarish vositasi.
Fermer xo‘jaligida takror ishlab chiqarish jarayoni tabiat bilan bevosita bog‘liq, ishlab chiqarish iqlim sharoitiga bog‘liq.
Xo‘jalikda da suv muhim rol o‘ynaydi, ish vaqti ishlab chiqarish vaqtiga to‘g‘ri kelmaydi.
Fermer xo‘jaligida narxlar va ishlab chiqarish hajmlari davlat buyurtmasi asosida belgilanadi.
|
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida ishlab chiqarishda qanday o‘zgarish yuz beradi?
Ishlab chiqarishda moddiy resurslar ko‘payadi;
Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi ;
Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish yaxshilanadi;
yerdan foydalanishi yaxshilashga ta'sir etadi.
|
Qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning qaysi shakllari mavjud?
Agrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari
Davlat, agrofirma, qishloq xo‘jalik birlashmalari
Davlat, jamoa, agrofirma, dehqon, fermer
Fermer xo‘jaligi, davlat xo‘jaligi
|
Fermer xo‘jalik ishlab chiqarishida ishtirok etuvchi omillar
yer, kapital va mehnat - har biri o‘ziga yarasha ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, mahsulotlar yaratishga qatnashuvchi manbalar hisoblanadi
O‘z qobiliyatlariga, yaratuvchilik xususiyati va quvvatiga yarasha yangi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘z hissalarini qo‘shadigan texnikalar.
O‘zbekiston yer fondi
yer va suv resurslari
|
Do'stlaringiz bilan baham: |