Agrobiznesda innovatsion faoliyat



Download 450,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi450,42 Kb.
#592492
  1   2   3
Bog'liq
1 -Mazu



 
1-MAVZU. “AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYAT” FANINING 
PREDMETI, O‘RGANISH USULLARI VA VAZIFALARI 
1.“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fanining predmeti, usullari va vazifalari. 
2. Agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyati.
3.Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida innovatsion faoliyatini tashkil etish.
4.Agrar sektorni rivojlantirishda innovatsion faoliyatni o‘rni.
Tayanch so‘zlar: 
agrobiznes,
 
innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion 
texnologiyalar, resurs, hosildorlik, yalpi hosil, xarajatlar, dehqonchilik, chorvachilik. 
Respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida agrar 
sektorni tizimli va uzluksiz taraqqiyotini ta'minlash uchun uning tarmoqlarida innovatsion 
faollikni jadallashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni izchillik bilan joriy etish asosida 
samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Respublikamiz Prezidenti 
Sh.Mirziyoev “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan 
yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. 
Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, 
yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz 
buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion 
g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”, deb ta'kidlaganlar.
1
Darhaqiqat, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida “... tarkibiy o‘zgartirishlarni 
chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini muttasil rivojlantirish, mamlakat 
oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab 
chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish” 
lozimligi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish borasida ustuvor 
vazifa sifatida belgilab berilgan. Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash ko‘p jihatdan 
respublikamiz qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda innovatsion 
faoliyatni tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga murojatnoma


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida» gi 5853-sonli farmonida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning birqator ustuvor 
strategiyalari belgilab berilgan. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish, qulay 
agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha belgilangan ustuvor 
yo‘nalishlar aynan agrobiznesda innovatsion faoliyatga e'tibor qaratish zaruratini keltirib 
chiqaradi. 
Agrobiznesni rivojlanishi ko‘p jihatdan fan va texnika yutuqlarini kengroq joriy qilish 
bilan bog‘liq. Chunki innovatsion taraqqiyotga asoslangan iqtisodiyotga yanada chuqurroq 
kirib borar ekanmiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligining ahamiyati 
yanada 
oshib 
boraveradi. 
Raqobatbardoshlik– bu sifatning yuqoriligi va tannarxning pastligidir. Bunga faqat fan 
yutuqlari, yuqori hosilli va sifatli nav, zamonaviy texnologiyani joriy qilish bilangina 
erishiladi. Shuni ta'kidlash lozimki, so‘nggi yillarda xo‘jalik yuritish va mulkchilik 
shakllarining o‘zgarishi va xo‘jaliklar yer maydonlari xajmlarini kichiklashishi fan-texnika 
yutuqlarini joriy qilishda o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqargan edi. Bularga 
mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan ilmiy izlanishlarga mablag‘ ajratish mexanizmi ham 
ishlab chiqilmaganligi sababli, ular tomonidan ilmiy izlanishlarga mablag‘ ajratilmaganligi, 
davlatning yetarlicha mablag‘ ajratmaganligi sababli,tayyor ilmiy yechimlarni sotib olish va 
ularni joriy qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yilmaganligi, avval mavjud bo‘lgan vazirlik va 
tashkilotlardagi fan-texnika yutuqlarini joriy qilish bo‘yicha tarqatilgan tarkibining o‘rniga 
tuzilgan tarkiblarning qishloq xo‘jaligi sohasiga kam e'tibor qaratayotganligi va shu kabilar 
misol bo‘ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda agrobiznesda innovatsion faoliyatni 
iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish kerak bo‘ladi.
Innovatsiya faoliyati – yangi ishlab chiqarish bazasida raqobatbardosh mahsulotlarni 
chiqarish jarayoni bo‘lganligi sababli, fikr tug‘ilishidan boshlab uni qo‘llash va tashkil etish 
– ishlab chiqarishni o‘zlashtirishgacha, mahsulot ishlab chiqarish-sotish va shuningdek 
iqtisodiy unumdorlikka erishishni ham o‘z ichiga oladi. Innovatsiyalash iqtisodiyotni 
rivojlantirishda investitsiyaviy kapital qo‘yilmalarning natija berishi bilan xarakterlanib, 
texnikalarning yangilanishiga va ishlab chiqarish texnologiyasining yanada samaraliroq 
bo‘lishiga, ularning ekologik jihatdan toza va resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish 
vositalari bilan ta'minlanishi darajasining oshishida ko‘rinadi. Sohada fan-texnika 


yutuqlaridan foydalanish bir mujassamlashgan tizimga solinmaganligi har yili qishloq 
xo‘jaligi sohasidagi yakunlangan ilmiy yechimlarning 80 foizi foydalanilmasdan qolishiga 
olib kelmoqda. Shuni hisobga olib qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni boshqarishning 
alohida 
tizimini 
yaratishga 
ehtiyoj 
sezilib 
qolmoqda 
Agrobiznesda innovatsion faoliyatini ilmiy asosga qo‘yishning iqtisodiy mexanizmini 
ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bunday iqtisodiy 
mexanizm agrar sohadagi ilmiy yechimlarni samaradorligini oshirish va umuman 
agrosanoat majmuini, buning asosi bo‘lgan qishloq xo‘jaligini samaradorligini oshirishga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Bozor iqtisodiyotini rivojlanib borishi sharoitida qishloq xo‘jalik tarmog‘ini 
rivojlantirish, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish, ishlab chiqarish 
hamda yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni zamonaviy talablar asosida, ya'ni, 
xo‘jaliklarda ishni tashkil etishni ilmiy asoslarini yaratish lozimligini taqozo etmoqda. Bu 
esa o‘z o‘rnida qishloq xo‘jalik korxonalarining iqtisodiy jihatdan yanada baquvvat 
bo‘lishini ta'minlashi, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo‘jalik tarmog‘ini 
o‘rnini oshirishga zamin yaratadi. 
“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fani innovatsion rivojlanish sharoitida 
agrobiznesning barqaror rivojlanishini ta'minlovchi innovatsion faoliyatni tashkil etishni
uning turlarini rivojlantirish yo‘llarini, innovatsion texnologiyalar asosida sohani 
daromadni oshirishni o‘rgatadi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion 
faoliyatning mazmuni moddiy asosga ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohasida biron-bir 
yangilikni yaratish va uni amaliyotga joriy etishda ifodalanadi. Bu o‘z navbatida shu vaqtga 
qadar bir-biridan alohida ravishda ya'ni mustaqil faoliyat yuritayotgan ilm fan, 
innovatsiyalar va ishlab chiqarish sub'ektlari faoliyatini umumiy maqsad yo‘lida 
birlashtirish, mavjud resurslardan yanada samarali foydalanishga sabab bo‘ladi. 
“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fanining predmeti, qishloq xo‘jalik sohasida 
agrobiznes muhitini yaratish bilan birga agrobiznesda zamonaviy, innovatsion faoliyat 
turlarini tashkil etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda resurstejamkor texnika-
texnologiyalardan foydalanish usullarini aniqlash, mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va 
sotish jarayonlarida innovatsion usullarni qo‘llash, agrobiznes sub'etlarining faoliyatini
ilmiy nuqtai-nazardan tashkil etishdagi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. 


Fanning predmetidan kelib chiqqan holda “Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fanini
o‘qitishning maqsadi talabalarga 
agrobiznes, ya'ni bozor iqtisodiyotining qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishi va uning mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, sotish, saqlash, taqsimlash 
bilan bog‘liq sohasidagi sub'ektlar faoliyatida 
innovatsiyalarni o‘zlashtirish natijasida 
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish bazasi texnologik, texnik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan 
yangilanishi, mamlakat investitsion va innovatsion siyosatining rivojlanishi hamda 
innovatsion faoliyatni rivojlantirish bosqichlari, innovatsion faoliyatni rivojlantirishning 
asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilib to‘g‘ri xulosalar chiqarishni o‘rgatishdir. 
Maqsaddan kelib chiqib, fanni o‘qitishda;

innovatsion faoliyat davlat tomonidan boshqarish, innovatsion faoliyatni huquqiy 
tartibga solish; 

innovatsion siyosat va agrobiznesda innovatsion jarayonlar; 

agrobiznesda innovatsion faoliyat tashkil etishda xorij tajribalari; 

agrobiznesda innovatsion faoliyatning xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari; 

qishloq xo‘jlik korxonalari faoliyatini diversifikatsiyalash va texnoparklar

agrobiznesda innovatsion faoliyat sub'ektlari, agrosanoat majmuida innovatsiyalar 
transferti; 

agrobiznesda innovatsin faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari; 

qishloq xo‘jalik dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda 
innovatsion faoliyat; 

qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlashdava realizatsiya qilishda 
innovatsion faoliyat 

ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi agrobiznesni tashkil etish innovatsion 
faoliyat; 

agrobiznesda inovatsion faoliyatni rejalashtirish, agrobiznesda inovatsion faoliyatni 
moliyalashtirish yo‘llari; 

agrobiznesda inovatsion faoliyatni rag‘batlantirish omillari; 

agrobiznesda innovatsion faoliyat tavakkalchiligini boshqarish; 

agrobiznesda 
innovatsion 
faoliyat 
samaradorligini 
baholashning 
asosiy 
yo‘nalishlari haqidagi ma'lumotlarni tahlil qila olish kabi masalalarni o‘rganish vazifalari 
qo‘yilgan. 


Hozirgi kunga kelib qishloq xo‘jaligida innovatsion g‘oyalarni, loyihalarni amalga 
oshirishga bosqichiga kirib bormoqda. Shu bois qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning 
o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyati asosida amalga oshirilishi, innovatsion 
texnologiyalarni qo‘llashni boshqarish jarayonlarini ma'lum qoidalarga amal qilgan holda 
olib borilishini talab qiladi.
Mamalakatimiz qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 
olimlar, amaliyotchilarning maqsad-vazifalari qishloq xo‘jaligida innovatsion 
texnologiyalarni qo‘llashni amalga oshirish yo‘llarini aniqlab, ularni amaliyotga tadbiq 
etish bo‘yicha qishloq xo‘jalik sohasidagi tadbirkorlarga ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab 
chiqishdan iborat bo‘lishi lozimdir
2

Yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligida talabga javob beradigan 
quyidagi huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratilishi ham
muhim ahamiyatni kasb etadi:
●mulkchilikning turli shakllari barpo etilishi, natijasida erkin mulkiy munosabatlar 
vujudga kelishi qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikning har-xil turlarini yaratish, ularni 
rivojlantirish yo‘llarini takomillashtirish, yer-suv islohotlarini tejamkor texnologiyalarni 
keng ko‘lamda foydalanish yo‘llarini aniqlab, amaliyotga tadbiq etish tajribasini oshirishga 
qaratish; 
●tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (yer-suv, kapital, mehnat, 
intellektual 
qobiliyati)dan 
innovatsion 
texnologiyalardan 
samarali 
foydalanish, 
yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash, sotish, daromad, foyda va ularning 
taqsimlanishi, investitsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni 
maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integratsiyasini xalqaro 
munosabatlar asosida tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar tizimini 
mukammallashtirish.
Yuqorida ta'kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda respublikamiz 
qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tabiiy, ijtimoiy, 
iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish ta'qozo etiladi.
Qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlantirishda takror ishlab chiqarish jarayonini 
rivojlantirishni ta'minlaydigan innovatsion texnologiyalar yaratish tizimini shakllantirish, 
2
G‘.Babaxodjaev va boshqalar- “Fermer xo‘jaliklarida yangi va tejamkor texnologiyalar”-Daslik-2017yil


ularni hayotga joriy etish masalalarini, yo‘llarini o‘rganish, ishlab chiqarishni ilmiy 
me'yorlar doirasida boshqarishni olib borishni tashkil etadi. 
Barcha fanlar o‘z o‘rganish predmetiga ega. Ular o‘z predmetlarini o‘rganishda turli 
tuman usullardan foydalanadilar. Jumladan, iqtisodiy fanlar ham o‘z predmetini o‘rganishda 
o‘ziga mos usullar tizimidan foydalanadi. Iqtisodiy fanlar o‘z predmetlarini o‘rganish 
maqsadida qanday usullardan foydalansa, “Fermer xo‘jaligida yangi va tejamkor 
texnologiyasi” fani ham shu usullaridan foydalanadi. Faqatgina o‘z xususiyatlaridan kelib 
chiqib ayrim usullardan ko‘proq, ayrimlaridan kamroq foydalanishi mumkin.
Uslubiyat bu ilmiy bilishning tamoyillari, shakl va uslublari to‘g‘risidagi qarashlardir. 
Uslubiyat qator usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Har bir o‘z uslubiyatidan kelib chiqib 
usullar guruhini tanlaydi. Usul deganda biror qonuniyatni, hodisa yoki jarayonni nazariy 
tekshirish va amaliy yechishning vositasi yo‘li tushuniladi. 
“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fani qishloq xo‘jaligida yuz berayotgan 
o‘zgarishlarni o‘z vaqtida nazariy va amaliy jihatdan asoslaydi, qishloq xo‘jaligiga kirgan 
fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini samarali boshqarish, agrobiznesda innovatsion 
faoliyat tashkil etish uchun zarur ma'lumotlar, bilimlar beradi. “Agrobiznesda innovatsion 
faoliyat” fani qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida yuz berayotgan voqyealarni, jarayonlarni 
tasvirlaydi. Ushbu jarayonlar chuqur tahlil qilinadi va ob'ektiv, ilmiy asoslangan xulosalar 
olinadi. 
Tahlil oqibatida 
olingan natijalarning xususiyatlari aniqlanib 
ularni 
takomillashtirish, rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. 
Fan o‘z predmetini o‘rganishda foydalanadigan usullarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. 
Birinchi guruhga o‘rganishning umumfan usullari kiradi. Bu usullarga: ilmiy abstraksiya, 
induksiya, deduksiya, qiyosiy tahlil, tajriba, faraz kabilar kirsa, ikkinchi guruhga maxsus 
usullarni kiritish mumkin. Bularga: monografik tadqiqotlar, iqtisodiy–matematik 
modellashtirish, iqtisodiy tahlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash, iqtisodiy-statistik balansni 
aniqlash hisob konstruktorlik kabi usullar kiradi. 
Innovatsion faoliyatni dunyo mamlakatlari eng asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida tan 
olgan. Ya'ni, jamiyat taraqqiyotini jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng 
muhim omillaridan biri – bu samarali innovatsion siyosatni amalga oshirish, ilmiy-texnika 
taraqqiyoti yutuqlariga asoslangan yangi, ilg‘or texnologiyalar, mehnatni tashkil etish va 
boshqarish yangi shakllari hamda yirik ixtirolar natijalarini joriy qilish ekanligi ayni haqiqat. 
Shunday qilib, innovatsiya va innovatsion faoliyat tushunchalariga quyidagicha izoh 


beraylik. “Innovatsiya” “yangilikning joriy etilishi” bilan sinonim emas, balki yangi 
bilimlar, yondashuvlar ko‘rinishidagi yangiliklarning joriy etilishi jarayoni bilan bog‘liq 
hodisadir. Mazkur izohdan kelib chiqadiki, “innovatsiya faoliyati” – bu faoliyat turi ham, 
sohasi ham bo‘lmay, balki uning tasnifidir. Innovatsiya sohasi mavjud bo‘lmaydi, chunki 
har qanday faoliyat va har qanday soha, agar unga yuqori talabliligi bilan ajralib turuvchi 
natijaga (masalan, ijtimoiy, bozor, mudofaa kabi) erishish uchun yangiliklar (masalan, 
bilimlar, texnologiyalar, qo‘llanmalar, yondashuvlar kabilar) joriy etilsa, innovatsiyali 
bo‘lishi mumkin. Demak, innovatsiya – yangi g‘oyalar (texnologiyalar, buyumlar, turmush 
tarzining yangi shakllari, ta'lim, boshqarish, mehnat, xizmat ko‘rsatish, fan, axborot) 
demakdir. 
Innovatsiya (innovatsion faoliyat) – pirovard natijasi mahsulot, xizmat, ishlab 
chiqarishni tashkil etish, boshqarish shakli, texnologiyalarning yangi turlarini yaratish yoki 
mavjudlarini takomillashtirishdan iborat bo‘lgan faoliyat. U innovatsiyalarni yaratish, 
o‘zlashtirish va keng joriy etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Innovatsion muhitni shakllantirish doimiy ravishda mahsulotni yangilash, ishlab 
chiqarish fondlarini yangi texnika asosida yangilash, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish imkoniyatini yaratadi va muhim omil hisoblanadi.
Innovatsion jarayonni kichik biznes sohasidagi muhitga muvofiqlashtirish, uning 
samarasini oshirish mavjud ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni taqozo 
etadi. Asosiy e'tibor bozor raqobati sharoitida eng oqilona variantlarni tanlash, foydaliylik 
darajasini ta'minlash va tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirishga qaratish lozim bo‘ladi. 
Tadbirkorlik va innovatsiya faoliyatiga katta hissa qo‘shgan avstraliyalik iqtisodchi 
olim I.Shumpeter “tadbirkorlik- ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangi 
kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlaydigan 
kishi”,- deb ta'riflaydi. 
R.Xizrich tadbirkorlikni innovatsiya tushunchasi bilan bog‘lagan holda “tadbirkorlik - 
qiymatga ega bo‘lgan yangi narsani yaratish jarayoni bo‘lib, tadbirkor esa bunda 
tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oluvchi kishidir” , - deb talqin qilgan. 
P.Druker “ tadbirkorlik innovatsiyani boshqarish jarayoni bo‘lib, tadbirkor esa har bir 
imkoniyatdan maksimal foydalanuvchi shaxs”, - deb tushuntiradi. U innovatsiyalarning 
aynan iqtisodiy asosini ta'kidlab, “ tadbirkorlar innovatsiya yordamida yangi xizmatlar yoki 
biznes turini amalga oshiradi”,- degan g‘oyani ilgari suradi. 


Qishloq xo‘jalik sohasida aynan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub'ektlar 
– agrobiznes sub'ektlari hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 99,8 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlar zimmasiga 
to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar bu sohadagi tadbirkorlarga 
keng yo‘l ochib bermoqda. Ma'lumki agrobiznes-bozor iqtisodiyotining qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishi va uning mahsulotlarini chuqurqayta ishlash, sotish, saqlash, taqsimlash 
bilan bog‘liq sohadir. Agrosanoat majmui tizimida barcha xo‘jalik yurituvchi subektlarning 
tadbirkorlik faoliyatiga asoslangan boshqaruvi agrobiznesning xususiy shakllari 
rivojlanishini ta'minlaydi. Agrobiznes qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, 
qayta ishlash, saqlash, tashish va yakuniy iste'molchiga yetkazib berishni rivojlantirishni 
oldindan belgilaydi. Agrobiznes agrosanoat majmuasining asosiy tuzuvchi omili bo‘lib, 
bozorda iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajadagi raqobatbardoshligini saqlaydi. 
Agrobiznesning rivojlanishi mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi va fuqarolarining ijtimoiy 
farovonligini ta'minlash manfaatlariga ta'sir qiladi. Agrobiznesdagi innovatsion faoliyat – 
novatsiya ya'ni yangilik yaratilishini va ular asosida amaliy natija, agrar sohadagi 
tadbirkorlarning innovatsiyalarni qo‘lga kiritishni ta'minlaydigan faoliyat hisoblanadi. 
Agrobiznes sub'ektlarining innovatsion faoliyati eng avvalo amaliyotga yangi, 
takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish 
xarajatlarini barcha turlarini qisqartirish, uchunchidan, ishlab chiqarilgan mahslotlar 
narxlarini pasaytirishda ularning iste'mol va sifat ko‘rsatkichlarini doimiy ravishda oshirib 
borishni nazarda tutadi. 
Agrobiznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish ko‘p jihatdan uning 
boshqaruv tizimi samaradorligiga bog‘liq. Agrobiznesda innovatsion faoliyatni 
rivojlantirishdan maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intelektual va iqtisodiy salohiyatdan samaraliroq 
foydalanish asosida qishloq xo‘jalik soha raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, qayd etishimiz joizki, agrobiznes 
sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va ular faoliyatiga boshqaruvning 
innovatsion texnologiyalarini joriy etish qo‘yidagi omillar hisobiga muhim zaruriyat 
hisoblanadi: 
Birinchidan, agrobiznes sub'ektlarining kichik va ixchamligi, bozor kon'yukturasi 
o‘zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olish xususiyatiga ega 


ekanligi innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yirik korxonalarga nisbatan 
tavakkalchilik darajasining pastligi jihatidan yaxshi samara beradi; 
Ikkinchidan, agrobiznes sub'ektlari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy 
etilishi ularni yuqori transaksion xarajatlarini kamaytirib, rentabellik ko‘rsatkichlarini 
oshiradi; 
Uchinchidan, bunday sub'ektlarning yangiliklarni tezkorlik bilan o‘zlashtira olish 
salohiyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad olish imkoniyatini 
beradi; 
To‘rtinchidan, agrobiznes faoliyatiga boshqaruvning innovatsion texnologiyalarini 
joriy etilishi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlar tannarxini 
kamaytirish, tovar va xizmatlar nomenklaturasini oshirish, yangi mahsulot turlarini sotish 
istiqbolli bozorlarini o‘zlashtirish hisobiga ularning eksport salohiyati va 
raqobatbardoshltgtnt oshiradi. 
Har qanday tadbirkorlik faoliyati yuqori sifatli va kam xarajat talab etadigan yangi 
turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan yangi texnologiyalarni 
o‘zlashtirishga qaratilmasa, u holda qanchalik muvofaqiyatli rivojlanmasin, ma'lum vaqtdan 
keyin raqobatbardoshligi susayishi, bozordagi mavqyeining kuchsizlanishi va oladigan 
foydasining xajmi kamayishi muqarrardir.
Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jaligida mo‘l va sifatli 
mahsulotlarni yetishtirish, fermer va dehqon xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida 
bajarish, jumladan, mineral va mahalliy o‘g‘itlardan, suv va yer rusurlaridan samarali, 
oqilona foydalanishda innovatsion texnika-texnologiyalarni keng ko‘lamda qo‘llash alohida 
ahamiyatni kasb etib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni keng 
ko‘lamda qo‘llash xo‘jalikning innovatsion faoliyatini rivojlantirish, mahsulot ishlab 
chiqarish sur'atini tezlashtirishga, jamg‘arma miqdori va kapital sarflar samaradorligini 
oshirishga, ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish va mehnat unumdorligini oshirishga 
bevosita bog‘liqdir.
Bu masalalarni hal qilishda qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni tadbiq etishning 
ahamiyati quyidagi omillarni ijobiy tomonga o‘zgartirishga ko‘rsatadigan ta'sirida namoyon 
bo‘ladi: 
●qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, moddiy-
texnik ta'minot hamda investitsiyalarni tadbirkorlik faoliyati bilan uyg‘unlashtirishda; 


●qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirishda; 
●qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, ularni rivojlantirish 
yo‘llarini aniqlashda; 
●qishloq xo‘jalik korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligi va ular faoliyatini
takomillashtirishda; 
●fermer va dehqon xo‘jaligi ishlab chiqarishida ishlab chiqarish xarajatlari tarkibini 
kamaytirishda; 
●yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, raqobatbardoshligini oshirishda; 
●qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda 
foydalanilayotgan baholar tizimini optimallashtirishda; 
●qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishida daromad va foydani aniqlash, ularni 
oqilona taqsimlashda; 
●agrobiznes sub'ektining ishlab chiqarishining qay darajada ixtisoslashganligini, 
joylashganligini hamda ichki va tashqi integratsiyalashuv jarayonlarini faollashtirishda; 
●innovatsion va tejamkor texnologiyalarini qaerdan, qanday qilib sotib olish hamda 
yetishtirilgan mahsulotlarni qachon, kimga, qanday tartibda sotish strategiyalarini ishlab 
chiqishda; 

Download 450,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish