Agrobiznesda innovatsion faoliyat


● xorij hamda respublikamizdagi agrobiznes sub'ektlarining erishgan yutuqlarini  chuqur o‘rganish va ularni xo‘jaliklarga joriy qilish;  ●



Download 450,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.04.2022
Hajmi450,42 Kb.
#592492
1   2   3
Bog'liq
1 -Mazu


xorij hamda respublikamizdagi agrobiznes sub'ektlarining erishgan yutuqlarini 
chuqur o‘rganish va ularni xo‘jaliklarga joriy qilish; 

qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilishda 
innovatsion usullarni qo‘llash; 

agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish yo‘llarini muntazam tadqiq etish; 

ekin maydonlari birligi hisobiga ko‘proq va arzonroq mahsulot yetishtirish uchun 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni joriy qilish va ularni turli ko‘rinishda 
iste'molchilarga yetkazib berish imkoniyatini yaratish uchun iqtisodiy tadbirlar ishlab 
chiqish. 
Agrar soha tadbirkorlari, ya'ni fermer va dehqon xo‘jaliklarining daromadini oshirish 
eng avvalo hosildorlikka bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildarlikka erishish esa ko‘p 
jihatdan innovatsion, zamonaviy faoliyat olib borish, innovatsion tenika-texnologiyalarni 
yaratish, ularni oqilona ravishda faoliyatga tadbiq etishga uzviy bog‘liqdir. Innovatsion 
tenika-texnologiyalardan keng ko‘lamda foydalanishning yana bir ahamiyati fan va 
texnikani rivojlanib borishiga ham bog‘liqdir. Negaki fan va texnikani rivojlanib borishi 


tabiat hamda inson uyg‘unligida global muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa 
insoniyatni tabiatdan oqilona foydalanishga, suv, tuproq va havo kabi unsurlarga nisbatan 
odil bo‘lishga chorlanishga, tabiiy mutanosiblikni saqlashga da'vat etib kelmoqda
3
.
Iqtisodiyotning turli darajalari va har bir sohasidagi asosiy qonuniyat, ishlab chiqarish 
munosabatlarining xarakteri va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ularning o‘zaro 
shartlanishi va o‘zaro ta'siridan iboratdir. Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi ishlab 
chiqarish munosabatlarining takomillashuviga yangicha talablar qo‘yadi. Ishlab chiqarish 
munosabatlarining yangi shakllari, ishlab chiqarish kuchlarining oldingi darajasida qolib 
ketishi natijasida rivojlanmay qolishlari mumkin. Qishloq xo‘jaligida mahsulotlarini ishlab 
chiqarish jarayonining rivojlanishi, hozirgi kunda, faqatgina ilmiy izlanishlar olib borish
xo‘jalik faoliyatiga zamonaviy boshqaruv elementlarini joriy etish hamda ishlab chiqarishni 
yangi tejamkor texnika-texnologiyalar asosida tashkil etishgagina bog‘liq bo‘lib qolmoqda. 
Yer yuzida aholi soni tobora ortib borayotgan bugungi kunda, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari, xususan, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ham tobora oshib bormoqda. 
Bu talab nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori, balki uning sifatida ham namoyon 
bo‘lmoqda. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda iste'molchilarning toboro o‘sib borayotgan 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sur'atlarini o‘stirish 
yo‘lida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan sun'iy, tez va arzon xom-ashyolar 
(emulgator, stabilizator, glyutamat natriya, sun'iy ta'm beruvchi moddalar, konservatorlar) 
yordamida tayyor mahsulot yetishtirish an'anaga aylanib bormoqda.
Ishlab chiqarish sifatini oshirishda har qanday qishloq xo‘jaligi korxonasi oldida 
turgan asosiy vazifalardan biri,-bu hozirgi kun talablariga javob bera oladigan ilmiy 
izlanishlarni tashkil etish hamda innovatsion faoliyatni jadallashtirishdir
4

Bu o‘rinda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi birinchidan ilmiy 
boshqaruv natijasida ishlab chiqarish sifati iste'molning qay darajada qondirilganini 
o‘lchovchi mezon sifatida yuzaga chiqadi. Bu yerda sifat ijtimoiy iste'mol qiymatining 
miqdoriy xarakteristikasini, mehnat mahsulining foydaliligi darajasini aks ettiradi. 
Ta'kidlash joizki, fan-texnika taraqqiyoti natijasida mahsulotlar sifatiga qo‘yilayotgan talab 
darajasi keskin oshmoqda. Yuqori sifatli mahsulotni iste'mol qilish iste'moldan qoniqish 
darajasini va uning foydaliligini ortishi bilan tavsiflanadi.
3
Аристер Н.И. и др.“Организация инновационной дятельности в аграрном производестве” 2012 год
4
Аристер Н.И. и др.“Организация инновационной дятельности в аграрном производестве” 2012 год


Innovatsiya faoliyati esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yaroqliligi, resurs sarfi 
darajasi, ekologik xavfsizligi, tashish va saqlashga qulayligi, tayyor mahsulot chiqish 
darajasi, tolaning pishiqligi, mustahkamligi kabi bir qator sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga 
o‘z ijobiy ta'sirini ko‘rsatishi muqarrar. 
Ikkinchidan, ichki va tashqi bozorlarda vujudga kelayotgan keskin raqobat muhiti 
sharoitida ko‘pgina tadbirkorlar tomonidan “yashab qolish” uchun mahsulot ishlab 
chiqarish prinsiplari ko‘lamida faoliyat olib borilishi, mahsulot sifatini ko‘tarish eng zarur 
shartlardan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat 
mahsulotlari bozorida o‘zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan birga tashqaridan 
import qilingan mahsulotlar ham sotiladi. Bu esa, o‘z navbatida raqobatbardoshlik 
darajasiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Shu bois ham milliy fermer xo‘jaliklarida tadbirkorlik 
faoliyatini ilmiy izlanishlar asosida olib borish innovatsion faoliyatni tashkillashtirish
muhim masalalar jumlasidan o‘rin olib turibdi. 
Ta'kidlash joizki agrobiznesda innovatsion faoliyatni to‘la va unumli amalga oshirishni 
ta'minlaydigan omillardan biri-mazkur sohani yaxshi biladigan, tushuna oladigan, 
zamonaviy texnika-texnologiyalarni samarali ishlata oladigan, turli voqyealar, vaziyatlarni 
o‘rganib tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. 
Uchinchidan, keyingi paytlarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlarning tashqi 
iqtisodiy faoliyati faollashib bormoqda va mahsulotni tashqi bozorlarga eksport qilish odatiy 
holga aylanmoqda. Bu o‘rinda aytib o‘tish lozimki ilmiy izlanishlar, avvalambor, ichki 
bozorni mahsulotga to‘ldirgandan so‘ng tashqi bozorlarga chiqish rejalarini tuzib chiqishiga 
qaratilishi maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda. Chunki h ukumatimizning ham asosiy 
iqtisodiy siyosati aynan, respublikamiz aholisining ijtimoiy himoyasiga qaratilgan bo‘lib, 
ichki bozor iste'mol mahsulotlari bilan to‘yintirilgandagina tashqi bozorlarga chiqishni 
rejalashtirishni taqozo etadi.
To‘rtinchidan innovatsion faoliyat asosida mahsulot sifatini oshirish korxonalarning 
mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflaydigan resurslar sarfi samaradorligini oshirishga 
imkon yaratadi.
Ta'kidlash joizki respublikamizdagi qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot ishlarini 
rivojlantirish, yangi texnika-texnologiyalar, ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy etish, fan va 
amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unligini ta'minlash, olim va tadqiqotchilarini moddiy-ma'naviy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilishiga, bu boradagi ishlarni amalga 


oshirish uchun davlat byudjetidan har yili salmoqli miqdorda mablag‘ ajratilishiga 
qaramasdan, hozirgi kunda agrar sohada zamonaviy texnika-texnologiyalarni amaliyotga 
tadbiq etish bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishmasligi bo‘lib turibdi.
Bu masalalani yechimini topilishida hozirgi kunda ham Respublika Prezidentining 
2008-yil, 15 iyulda qabul qilgan “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab 
chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur qarorga muvofiq keyingi 
yillar mobaynida keng ko‘lamda qishloq xo‘jaligiga oid yarmarkalarni o‘tkazilishi 
zamonaviy texnika-texnologiyalarni yaratish bo‘yicha 2000 mingdan ziyod innovatsion 
g‘oyalarini yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. Buning asosida 20 dan ortiq turdagi 
mahsulotlarni ishlab chiqarish, 20 nomdagi sanoat va 49 turdagi tajriba-sinov mahsulotlari 
ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. 
Agrar 
industrial 
jamiyatida 
innovatsiya 
jarayonlari 
rivojlangan 
davlatlar 
iqtisodiyotining tarmoq tarkibida tub o‘zgarishlar ro‘y berishi bilan birgalikda qishloq 
xo‘jaligini innovatsiyalash faoliyatida, fan-texnika ko‘z o‘ngimizda kundan- kunga 
rivojlanib taraqqiy etib borayotgan, iqtisodiy va barcha ijtimoiy munosabatlar tizimida 
chuqur sifat o‘zgarishlari kechayotgan hozirgi murakkab o‘tish davrida iqtisodiyotda 
salmoqli tarkibiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Barcha qishloq xo‘jaligidagi korxonalarida 
tarkibiy o‘zgarishlarni o‘rganish,innovatsiya faoliyatida amalga oshirishning ustivor yo‘llari 
va usullarini ishlab chiqish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanib innovatsion 
faollikni oshirishga e'tiborni qaratadi.Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlarning 
maqsadi ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini, fan va 
texnikaning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish innovatsion faoliyatni 
takomillashtirish, aholi ijtimoiy himoyasini va farovonligini oshirishda innovatsion faollikni
tutgan o‘rni yuqori hosildorlikka va mahsuldorlikka erishishdan iborat bo‘lishlikdan iborat 
bo‘ladi. Mazkur siyosat asosini mamlakatning yirik tabiiy resurslari, ichki salohiyatidan 
samarali foydalanish, agrar sohada va sanoatda ilmiy asoslangan holda iqtisodiyotning 
asosiy tarmoqlarini taraqqiy ettirish va ularning mamlakatdagi ichki iqtisodiy muammolarni 
hal etishda investitsiyani yo‘naltirish, aholi bandligini ta'minlash va boshqalarni tashkil 
etadi. 

Download 450,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish