Agrobiznes va marketing



Download 183,62 Kb.
bet1/3
Sana17.05.2023
Hajmi183,62 Kb.
#940073
  1   2   3
Bog'liq
K.Fayzullo Kurs ishi edited

ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNALOGIYALAR INSTITUTI


“AGROBIZNES VA MARKETING ” KAFEDRASI
“Menejment nazariyasi fanidan
KURS ISHI

Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat samaradorligi tushunchasi


va uning omillari

Bajardi: Komilov Fayzullo


Fakulteti: Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot
Yo’nalishi: Marketing 2/79 – guruh
Tekshirdi: Tajibayeva Nafisa

Reja:


1. Kirish………………………………………..3

2. Mehnat unumdorligi……………………….10

3. Mehnat unumdorligi omillari………………11

4. Mehnat samaradorligini oshirish rezervlari..13

5. Mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari……….21

6. Xulosa……………………………………...29

7. Foydalanilgan adabiyotlar………………….30

1.Kirish


Amaldagi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim qarorlar qabul qilinmoqda, buning yordamida yurtimizda iqtisodiy sohalardagi mehnat samaradorligi yanada oshib bormoqda.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNI REYTING BAHOLASH TIZIMINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA

Mamlakatda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Shu bilan birga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi holatini chuqur tahlil qilishda istiqbolga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish uchun uni kompleks baholashning hamda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda ularga tezkorlik bilan va lozim darajada javob qaytarishning yagona muvofiqlashtirilgan mexanizmi yo‘qligi to‘sqinlik qilmoqda

Hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek, hududlarning boshqa qiyosiy ustunliklarini baholashning yagona tizimini joriy etish maqsadida:


barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar samaradorligi;
yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat bozori samaradorligini ta’minlash;
ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilash;
aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish infratuzilmasining barqarorligi hamda ishonchliligini ta’minlash;
hududlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, ularning iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish;
ishbilarmonlik muhiti sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni doimiy qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish;
hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish hamda bank-moliya sohasini rivojlantirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma’lumotlarning ochiqligini oshirish.
2. Reyting ko‘rsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
reyting baholash ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan axborot tizimi ishlab chiqilgandan so‘ng 2019-yil uchun sinov rejimida amalga oshiriladi;
reyting baholash natijalari asosida reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida amalga oshiriladi;
o‘tgan yil uchun reyting baholash natijalari har yili 1-fevral (tezkor baholash) va 15-iyunga (yakuniy natijalar) qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi;
reyting baholash natijalari har yili Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlari yig‘ilishlarida tanqidiy muhokamaga qilinishi shart.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga reyting baholash natijalarini umumlashtirish, shuningdek, reyting baholashni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tegishli organlar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish hamda muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda reyting ko‘rsatkichlari tizimi hamda ularni hisoblash usullariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti), “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (keyingi o‘rinlarda — “Ijtimoiy fikr” markazi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi), Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi:
ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda hududlarni reyting baholash uchun aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritsin;

tasdiqlangan metodologiya asosida har yili tuman hamda shaharlarda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazsin.

2. Mehnat unumdorligi - bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o’z ichiga oladi. Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi: -noqulay sanitariya –gigiena va inson sog’lig’i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari; -kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo’lishi; -inson mehnatining eng faol davrining qisqarishi; -qo’shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo’yicha hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko’payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to’planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb, mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga aytiladi. Ularning ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo’lishi mumkin: Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligi kuchining ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi, ikkichi guruhga tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning yomon tasiri kiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasigi omillarni ichkiva tashqi turlarga bo’lish mumkin. Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, darajasini, ishlatilayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta’minlashi darajasini, tatbiq etilayotgan rag’batlantirish tizimlarining ta’sirchanligini, kadrlarga ta’lim berish va ularning malakasini oshirishni kadrlar tarkibining yaxshilanishini va korxona jamoasi, hamda uning rahbarlariga bog’liq bo’lgan barchasi kiradi. Tashqi omillarga davlat buyurtmalari va bozordagi talab, hamda taklifning o’zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasining o’zgarishi, jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlari, boshqa korxonalar Bilan kooperatsiyalashuv darajasi, moddiy texnika ta’minotining pishiq-puxtaligi, tabiiy shart-sharoit va hokazolar taalluqli

3. Mehnat unumdorligi omillari va zaxiralari



Yangi texnika va texnologiyalardan, ishlab chiqarish bino va inshootlari, uskuna va asboblar, xomashyo va energiyaning har xil turlaridan foydalanish mahsulot birligiga jonli mehnat sarfini kamaytirish bilan biriktirilgan taqdirdagina mehnat unumdorligini oshirishga qodir bo‘ladi. Bu holatda jonli mehnatning shu yoki kamroq darajasi berilgan ishlab chiqarish chegarasida ko‘proq miqdorda iste’mol qiymatlarini ishlab chiqara oladi. Ammo, bunda mahsulot birligiga jonli mehnat jamg‘armasi joriy etilayotgan yangi texnika, texnologiya sarflaridan ko‘proq bo‘lishi kerak.
Muayyan holatda yangi texnikaga sarflar deganda, kapitalning renta bahosi tushuniladi. Kapitalning renta bahosi - kapital xizmatlaridan foydalanish qiymati. Nazariy jihatdan u texnika ijarasi uchun (yoki uni sotib olish ssudasiga) foizlar to‘lash va amortizatsiya summasini o‘z ichiga oladi. Ammo, bizning amaliyotda lizing ham tarqalgan, bank kreditidan qimmat bo‘lganligi uchun ham foydalaniladi, shuning uchun ham amaliyotda kapitalning renta bahosi amortizatsiya summasidan iborat bo‘ladi.
Demak, yangi texnikani joriy qilish shartiga ko‘ra yangi texnika amortizatsiyasining summasi mahsulot birligiga bevosita jonli mehnat tejamining puldagi ifodasidan kamroq bo‘lishi kerak. Aks holda, tadbirkor yangi texnikani joriy etishdan tijorat foydasini ololmaydi, yangi texnikaga yollanma mehnatga qiladigan sarfidan tejab qolganidan ko‘ra ko‘proq sarflashga to‘g‘ri keladi. Bunda mahsulot birligiga jonli mehnat hissasi, tabiiyki, moddiylashgan foydasiga kamayadi.
Umumdavlat zaxiralari va ulardan foydalanish butun iqtisodiyotda mehnat unumdorligining oshishiga ta’sir etadi. Bular korxonalarni joylashtirish, aholining ish bilan bandligidan oqilona foydalanish, xo‘jalik yuritishning bozor usullarini tatbiq etish va shu kabilardir.
Mintaqaviy zaxiralar - muayyan mintaqaga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlardan yaxshiroq foydalanish imkoniyatlari.
Tarmoqlararo zaxiralar turli tarmoqlardagi korxonalar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, shartnomaviy intizomni mustahkamlash imkoniyati bilan bog‘langandir.
Ishlab chiqarish ichki zaxiralari korxonada xomashyo, materiallar, uskunalar, ish vaqtdan foydalanishdagi kamchiliklar bilan belgilanadi. Smena ichidagi va butun kun mobaynidagi ish vaqti bevosita nobudgarchiliklardan tashqari, yaroqsiz qilingan buyumlarni tuzatish, texnologiyada ko‘zda tutilgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘zga ko‘rinmas nobudgarchiliklar ham bo‘ladi.
Foydalanish muddatlari bo‘yicha zaxiralar - joriyva istiqboldagi zaxiralarga bo‘linadi:
joriy zaxiralardan oy, chorak, yil davomida korxonalarning haqiqiy imkoniyatlariga qarab foydalanish nazarda tutiladi;
istiqboldagi zaxiralar korxonaning ularni yaqin vaqt ichida ishga solish uchun etarlicha resurslari yo‘q va ulardan istiqbolda bir yil yoki yanada ko‘proq vaqt keyin foydalanish mo‘ljallanadi.
Korxonalarda zaxiralardan foydalanish uchun tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejalari ishlab chiqiladi, ularda mehnat unumdorligini oshirishzaxiralarining turlari, ularni amalga oshirish chora-tadbirlari, bunga rejalashtirilayotgan sarflar ishlarni bajarish muddatlari, mas’ul ijrochilar ko‘rsatiladi.

4. Mehnat samaradorligini oshirish rezervlari



Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari – bu texnika, texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligi ichidan, mehnatunumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyatidir. Rezervlar (zahiralar) mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, ularning hammasi ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan)foydalanishni yaxshilash rezervlari (mehnat, sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyatini oshirish kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishnita’minlash bilan bog’liq masalalar kiritiladi) asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish rezervlari (asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar vash u kabilar) quvvat va vaqt jihatidan yaxshiroq foydalanish rezervlarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg’i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to’liq foydalanishni o’z ichiga oladi).
Rezervlar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo’yicha zahira rezervlariga va nobud bo’lish (bekorga sarflash) rezervlariga bo’linadi. Masalan, asbob-uskunalardan quvvuti va ish smenasi bo’yicha to’liq joydalanmaslik, o’rganilgan, lekin hali joriy etilmagan mehnat usullari-zahira rezervlaridir. Ish vaqtining bekor sarf bo’lishi yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishi, yoqilg’ini ortiqcha sarflash nobud bo’lish rezervlariga kiradi.
Rezervlar tushunchasiga ishlab chiqarishda i shvaqtining bekor sarf qilinishi (bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko’zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasi) mehnatning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan holda sarflanishi (mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik, ham belgilangan texnologiya jarayonilarining buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan tashqarii ortiqcha sarflanishi) ham kiradi.
Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol rezervlariga bo’linadi. Joriy rezervlar texnologiya jarayoni muhim darajada o’zgartirilmay va qo’shimcha kapital mablag’lar sarflanmay amalga oshiriladi, istiqbol rezervlari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni ancha mukammal asbob-uskunalar o’rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag’lar va ko’proq vaqt sarflashni talab qiladi.
Rezervlar aniqlash va foydalanish joyiga qarab xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish rezervlariga bo’linadi. Xalq xo’jalik rezervlariga, avvalo, boy tabiiy resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq rezervlariga shunday rezervlar kiradiki, ulardan foydalanish, umuman tarmoqda gi xodimlar mehnatunumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslash-tirilishi, ishlab chiqarishning bir joyga to’planishi va kombinatsiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish rezervlari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir, chunki pirovard natijada ularning hammasi aniqlanadi va bevosita korxonalarda amalga oshiriladi.
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mehnat unumdorligi» tushunchasiga o’z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo’lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat unumdorligi-bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o’z ichiga oladi.
Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi:
-noqulay sanitariya
–gigiena va inson sog’lig’i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari;
-kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo’lishi;
-inson mehnatining eng faol davrining qisqarishi;
-qo’shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo’yicha hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko’payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to’planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb, mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga aytiladi. Ularning ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo’lishi mumkin: Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligi kuchining ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi, ikkichi guruhga tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning yomon tasiri kiradi.
Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy texnika omillari (ularga Fan-texnika taraqqiyotini uzluksiz rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan ta’minlanishini oshirish kiradi), tashkiliy omillar (ularning amal qilishi (ta’siri) shu narsa bilan bog’liqki, fan-texnika taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining ta’minlashuvi va xilma-xil, ko’p hollarda esa anchamurakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi, balki, faqat ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo’lganlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir bo’ladi).
Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari. Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llanadi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishlovchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha oylik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko’rsatkichlar-bu muayyan turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni bildiradi. Yordamchi ko’rsatkichlar muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining umumlashgan ko’rsatkichi bitta xodimning o’rtacha yillik mahsulot ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishga emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish xodimlari umumiy sondagi salmog’igi shuningdek, ularning ishlagan kunlari va ish kunining qancha davom etishi (muddati) ga ham bog’liq bo’ladi.
Bir hosidmga to’g’ri keladigan mehnat unumdorligini aniqlash uchun quyidagi ko’rsatkichlar kerak bo’ladi.


Download 183,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish