Agressiv xulq –atvor borasidagi nazariyalar
Reja:
1) Agressiya tushunchasi.
2) Agressiv xulq-atvorning nomoyon bo`lishi.
3) Agressiv xulq-atvor borasidagi nazariyalar.
Shaxslararo munosabatlarda namoyon boluvchi xulq-atvor
tiplaridan biri, bu — agressiyadir. Inson agressiyasini o‘rganish serqirra mavzu
bolib , u ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olim larning diqqatini o ‘ziga tortib keladi.
Oddiy kundalik hayotda agressiya — zo‘ravonlik yoki raqibni yengish uchun vosita sifatida qoilaniladi. Agressiya — kishilar o‘rtasidagi turli kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan har qanday xulq-atvor modellaridan biri bolib , u shunday atamaki, unga oid mulohazalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiolog, huquqshunos, pedagog, faylasuf, qisqasi, ijtimoiy soha xodimlarining barchasini birdek qiziqtiradi. Agressiya tushunchasining o‘ziga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, chunki, bu term in ko‘plab xatti-harakat shakllarini o‘zida qamrab olgan. O dam lar biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflagan- larida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi, badfel, barcha narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan, o‘z g‘oyalarini qat’iy himoya qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qiladigan inson, deb ta’riflashlari mumkin. Agressiyaga nisbatan be- rilgan bunday ta ’rif to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini bilish uchun bu tu- shunchaga oydinlik kiritish lozim.
Agressiyaga aloqador eng birinchi va balki eng m ashhur naza- riy tushunchaga asosan bunday fei-atvor o ‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv juda keng tarqalgan b o iib , unga ko‘ra insonda genetik va konstitutsional jihatdan shunday harakatlar «programmalashtirilgan»ligi tufayli uning xulq-atvori- da agressiya sodir b o iad i.
Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan nuqtayi nazarlar ichida eng mashhuri U. Makdaugoll, Z. Freyd, G. Marrey va boshqa olim larning «inson va hayvonlarda agressiyaning tug‘ma instinkti mavjud bo‘ladi» de- gan qarashlaridir. Agressiv xulq-atvor haqidagi fikr-m ulohazalar XX asr boshlarida yuzaga keldi. Bu nazariya agressiya haqidagi dastlabki nazariya bo‘lib, unda agressiyaning sababi frustratsiya nazariyasi bilan bog‘liq ravishda tahlil etilgan. Unga ko'ra agres- sivlik frustratsiyaning oqibatidir. Bunday qarash birinchi m arta D. Dollard tom onidan ilgari surilgan. Am m o ushbu nuqtayi nazar amaliyotda o ‘z tasdig‘ini topmadi. Agressiv xulq-atvor xususidagi ikkinchi nuqtayi nazar L. Berkovichning ijtimoiy bilish nazari- yasida keltiriladi. Unga ko‘ra, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to ‘siq shaxsda agressiv xatti-harakat- larni hosil qiladi. Nihoyat, agressiv xulq-atvorning kelib chiqish sabablari haqidagi eng zamonaviy nuqtayi nazar bilishning kog nitiv nazariyasi bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Bu konsepsiyada agressiv harakatlar quyidagi jarayonlarning natijasi sifatida baho- lanadi:
1. Subyektning o ‘z agressiv xulq-atvorini ijobiy deb bahola-
shi.
2. Frustratsiyaning mavjudligi.
3. Affekt yoki stress tipidagi emotsional qo‘zg‘alishning
kuchliligi.
R. K ratchfild va N. Livson agressiyaning bir-birini inkor etmaydigan ikki xil tavsifini ishlab chiqqanlar. Birinchisi, xulq-atvor ning tashqi alomatlariga asoslanadi va unga ko‘ra «Agressiya kim - gadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko‘rinishidir». Ikkinchisi, odam ning ichki niyatlari bilan bog‘liq bo'lib, insonni harakatga undovchi kuchlarni o‘rganish bilan anglash m um kin b o ig an holatlar bilan mushtarakdir, ya’ni, «Agressiya boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib olgan har qanday xatti- harakatdir». Agressiyaning yuqorida zikr etilgan tavsiflariga m o- nand tushunchalarga tayangan ko‘plab psixologlar agressiyani jonli olam ning yashash uchun kurash bilan bog‘liq uzviy tavsifsi deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |