Suyuqlik
Suyuqlik
materiya
agregat
holatlaridan
biri boʻlib, unda hajm saqlanadi, biroq shakl oʻzgaradi.
Suyuqlik bir-biri bilan kimyoviy bogʻlangan
atom
va
molekulalardan
iborat.
Yerda
eng keng
tarqalgan suyuqlik
suvdir
. Suyuqlik gaz kabi
oquvchan
va idish shaklini oladi. Baʼzi suyuqliklar
bosimga
chidamli, boshqalari esa siqiladi. Gazdan farqli oʻlaroq suyuqlik kengayib butun
idishni toʻldirmaydi,
sobit
zichlikni
saqlaydi. Suyuqlikning farqli xossasi
sirt tarangligidir
, u
namlanish
hodisasiga sabab boʻladi. Suyuqlik zichligi qattiq moddanikiga yaqin, gaznikidan
esa ancha yuqori.
Suyuqlik
— moddaning qattiq va gazeimon holatlari oʻrtasidagi agregat holat. S.ning baʼzi
xossalari gaznikiga, baʼzi xossalari qattiq jismnikiga oʻxshab ketadi. U qattiq jismga oʻxshab
maʼlum
hajmni egallaydi, idishga quyganda esa, gaz singari, idish shaklini oladi. Kimyoviy
Suyuqliklardagi
sirt tarangligi
tufayli
yuza
torayishga intiladi, natijada erkin tushayotgan suyuq suv sharsimon
tomchiga
aylanadi.
tarkibiga koʻra S. 1 komponentli (sof), 2 komponentli (binar), 3 komponentli va koʻp
komponentli (4 va undan ortiq komponentli) suyuq aralashmalar (eritmalar)ga boʻlinadi. Fizik
tabiatiga koʻra S. normal (odatdagi), suyuq kristallar va kvant suyukliklar (suyuq 4Ne, 3Ne va
ularning eritmalari)ga boʻlinadi. Odatdagi S.lar faqat bitta fazaga ega. Geliy "Ne ikki suyuq
fazada — normal va oʻta oquvchan fazalarda, suyuk, kristall moddalar esa normal va bir yoki
hatto bir necha anizotrop fazalarda boʻlishi mumkin. Normal S. tashqi taʼsir boʻlmaganida
makroskopik bir jinsli va izotrop boʻladi. Xuddi shu xossalari bilan S. gazga oʻxshaydi, ammo
anizotrop kristall qagtiq jismlardan keskin farq qiladi. Amorf qattiq jismlar (mas, shisha) oʻta
sovitilgan S. boʻlib, odatdagi Sdan kinetik harakteristikalari son qiymatlari bilan farq qiladi.
Agar S. qizdirila boshlansa, uning issiqlik oʻtkazuvchanlik, yopishqoqlik,
diffuziya kabi
xossalari gazlarning shunday xossalariga yakinlashib boradi. Kristallanish temperaturasiga
yaqinlashganda esa, kupchilik odatdagi S.larning zichligi, siqiluvchanligi, issiqlik sigʻimi, elektr
oʻtkazuvchanligi kabi xossalari mos ravishdagi qattiq jismlarning shunday xossalariga
yaqinlashadi.
Slarda molekulalar birbiriga yaqin turadi. Shuning uchun har bir molekula oʻzining atrofidagi
qoʻshni molekulalar bilan oʻzaro taʼsirlashib turadi. S. molekulalari
gaz molekulalari kabi erkin
harakat qilmasdan, qandaydir vaqt oraligʻida oʻtroq holat deb ataluvchi holatdagi muvozanat
vaziyat atrofida tebranib turadi. Vaqtvakti bilan S molekulasi oldingi muvozanat vaziyatdan
oʻz oʻlchamlariga yaqin boʻlgan masofacha uzoqlikka oʻtib, yangi muvozanat vaziyatni egallab
boradi. Shu tarzda S molekulalari S. hajmi boʻyicha betartib ravishda sekinlik bilan koʻcha
boshlaydi. S aniq hajmga ega boʻlishiga qaramay, maʼlum shaklni saklab qola olmaydi va
idishning oʻzi egallagan qismining shaklini oladi.
Moddalarning
faza holati, asosan, tra T va bosim R ga bogʻliq. Molekulalarning oʻzaro taʼsiri
oʻrtacha potensial energiyasining ularning oʻrtacha kinetik energiyasiga nisbatan faza holatini
aniklaydigan kattalik ye(T, R) hisoblanadi. Qattiq jismlar uchun ye(G, R)"gʻ; bu molekulalarning
oʻzaro taʼsir kuchining katta ekanligini va u molekulalarni muvozanat holat yaqinida ushlab
turishini koʻrsatadi. Gazlar uchun ye(T, R)"gʻ; bu molekulalarning tortishish kuchi ularni
birbiriga yaqin holatda ushlab tura olmasligini ifodalaydi. S uchun g(T, R)~gʻ. Bu esa S.ni
tashkil etuvchi molekulalarning uzluksiz betartib harakati va molekulalar orasidagi oʻzaro
taʼsir kuchlarining qoʻshgan hissalari deyarli bir xil ekanligini koʻrsatadi.
S.ning makroskopik xossalari mexanika, fizika, fizikkimyo uslublaridan foydalanib oʻrganiladi.
Mac, muvozanat holatdagi S.ning mexanik va issiklik xossalari
termodinamika uslublari;
muvozanat holatdan chiqarilgan Slarda sodir boʻluvchi jarayonlar qaytmas jarayonlar
termodinamikasi; yaxlit muhit deb qaraluvchi S. harakati gidrodinamika; suyuq metallarning
oʻziga xos oqimi magnit gidrodinamika uslublari orqali oʻrganiladi.
Abror Noʻʼmonxoʻjayev.
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Gaz
Qattiq
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Suyuqli
k&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Suyuqlik&oldid=2442023
"
dan olindi
Shuningdek qarang