FERMER XO‘JALIKLARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI
TAHLILI VA UNI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Sh.S. Dexkanova
– TDAU katta o‘qituvchisi
A.
Abdusamatov
– TDAU talabasi
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim dolzarb
muammolardan biri sifatida diqqat markazda boʻlib kеladi. Ayniqsa, hozirgi paytda
bu masala yanada kеskin qoʻyilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala -
mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib boʻlmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston
Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga
moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-5009-son Qarorida qishloq xoʻjaligi ekinlarini
joylashtirish, mahsulot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, saqlash va sotish
masalalariga toʻxtalib: «qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda asosiy eʼtibor
uning hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishiga qaratiladi;
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000дан ортиқ сўз ва сўз бирикмалари. Ж.Ш.Н-Тартибли.-Т: “Ўзбекистон
миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. 2006.
492
kooperatsiya va klaster tizimi asosida mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash,
saqlash va ichki hamda tashqi bozorlarga sotish tizimi yoʻlga qoʻyiladi»
1
deb
taʼkidlab oʻtildi.
Vikipediya (ochiq ensiklopediya)da: «
Ishlab chiqarish samaradorligi -
korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali
natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan
resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab
boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini
koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab
chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin
mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish
samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish
vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan
aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan
koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan
tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans
foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx
koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega»
2
.
Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning
pirovard natijasi bilan unga avanslangan rеsurslar, mablagʻlar yoki qilingan
xarajatlar oʻrtasidagi nisbat tushuniladi. Lеkin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar
sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kеlib chiqib, samaradorlik muammosining
tub mohiyati oʻzgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy
maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’еkt koʻproq
foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish samaradorligi olingan
foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan rеsurslar qiymatiga (IỠ) nisbati bilan
aniqlanadi
3
,
ya’ni:
bu yerda: R’-foyda normasi; IỠ – iqtisodiy rеsurs sarflari.
Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligi dinamikasi va unga ta’sir
qiluvchi omillar tahlil qilish va organish muhim masalalardan hisoblanadi.
Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Qodir G‘ulom ota” fermer
xo‘jaligining jami yer fondi 25,9 gektarni, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer 24,7
gektar yerni, qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer 1,2 gektarni tashkil etadi.
1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra fermer xo‘jaligida 2017 yilda 15 ga yerda
g‘alla, 2,2 ga yerda kartoshka, 1,5 ga yerda pamidor, 5,2 ga yerda bog‘dorchilik va
1
https://review.uz/oz/post/shavkat-mirziyoyev-ozbekiston-qishloq-xojaligi-xodimlariga-tabrik-yolladi. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning
2020 - 2030 yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” gi PQ-5009-son Qarori.
2
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ishlab_chiqarish_samaradorligi
3
https://uz.denemetr.com/docs/768/index-32586-6.html?page=4
Do'stlaringiz bilan baham: |