433
BUXGALTERIYA BALANSINING TURLARI, TARKIBIY TUZILISHI VA
UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
A.S. Boltayev
– TDAU, kata o‘qituvchi, PhD
T.M. Zohidov
– TDAU, magistrant
Jahon amaliyotida
«
buxgalteriya hisobi biznes faoliyatini o‘lchash, kuzatish
va umumlashtirish, moliyaviy ma’lumotlarni sharhlash va natijalarini rahbariyat va
boshqa manfaatdor tomonlarga samarali biznes qarorlarini qabul qilishga yordam
berish uchun yetkazish tizimi
»
sifatida, tahlil esa
«
korxona uchun biznes
imkoniyatlarini aniqlash va yaratish, eng maqbul loyihaga investitsiya qilish
yo‘llarini aniqlash va nihoyat yangi biznes va texnik yechimlarni amalga oshirish
uchun amalga oshiriladigan biznesni tahlil qilish faoliyatini tavsiflovchi bilim
sohasi
»
sifatida qaralmoqda. Shu sababli, buxgalteriya balansining moliyaviy
hisobot asosiy shakli sifatidagi muammolari va uslubiy jihatlarini rivojlantirish
muhim masala hisoblanadi.
Jahon amaliyotida buxgalteriya hisobi va tahlil bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida buxgalteriya hisobi
va tahlil moliyaviy menejmentning muhim bo‘g‘inlari sifatida ilgari surilayotgan
bo‘lsada, agrar sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
buxgalteriya balansining moliyaviy hisobot asosiy shakli sifatidagi muammolari
alohida ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Bugungi kunda
jadal iqtisodiy o‘zgarishlar, raqobat muhitining kuchayishi, amalga oshirilayotgan
islohotlar agrar sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyatini ilmiy, me’yoriy-uslubiy va tashkiliy jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va
muntazam tahlil qilib borish zaruratini ko‘chaytirmoqda. Shuningdek, buxgalteriya
balansining moliyaviy hisobot asosiy shakli sifatidagi muammolari va uslubiy
jihatlarini rivojlantirishga yetarlicha ahamiyat berilmayotganligi bu borada
muammolar bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etmoqda.
O‘zbekistonda
qishloq
xo‘jaligi
va
oziq-ovqat
tarmog‘ining
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda
davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan ustuvor yo‘nalishlarda
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurati ham buxgalteriya hisobi
axborotlaridan foydalanuvchilar ko‘lamini ancha kengaytirib, o‘z vaqtida aniq va
ishonchli axborotlar olish ehtiyojini kuchaytirmoqda. Xususan, agrar sohada
faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobot asosiy
shakli sifatida buxgalteriya balansining uslubiy jihatlarini rivojlantirishdagi
muammolar bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo qiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobotlari uchta asosiy mezon bo‘yicha
turkumlanadi:
-
Axborotlar hajmiga ko‘ra;
-
Tuzilish maqsadiga ko‘ra;
-
Davriyligi bo‘yicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |