Agnostitsizm
Agnostitsizm
(
yunoncha
Agnostos
a
– inkor qo‘shimchasi,
gnosis
– bilish) – borliqni, voqelikdagi
narsa va hodisalarni, ularning mohiyatini bilish mumkinligini qisman yoki mutlaqo inkor etuvchi
nazariya. A. vakillari borliqning cheksizligi, nihoyasizligi va murakkabligi, inson sezgi a’zolari
imkoniyatlarining cheklanganligiga asoslanib borliqni bilish mumkin emas deb hisoblaydi. A.ning
yirik vakillaridan biri ingliz faylasufi David Yum, inson aqli sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga
tayanib voqelikni biladi, lekin, sezgi a’zolarimiz bizga to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot beradimi,
sezgilarimiz aks ettirayotgan voqelikning o‘zi mavjudmi, degan masalalarni o‘rtaga tashlagan va
shu asosda olamni bilish mumkinligini rad etgan, ob’ektiv voqelikning mavjud-ligiga shubha
bildirgan (bu jihatdan Yum A.i skeptitsizmning bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi). A.ning
ikkinchi bir yo‘nalishi nemis faylasufi Immanuil Kant falsafasida ifodalangan. I.Kant tashki
olamni ikkiga: "biz uchun narsa" va "narsa o‘zida"ga ajra-tib tushuntiradi, olamning biz bilgan va
bilib olishimiz mumkin bo‘lgan qismini "biz uchun narsa" deb ataydi. Olamning "narsa o‘zida"
qismining ay-rim jihatlarinigina bilish mumkin bo‘lsa ham, uning asl mohiyatini bilish mumkin
emas deydi. Bilish ob’ektining cheksizligini, nihoyasizligini, hodisalar ichki mohiyatining tubsizli-
gini mutlaqlashtirish A.ning gnoseologik ildizlariga kiradi. Haqiqatda, har qanday narsani bir
qarashda, bir zumda har taraflama bilib bo‘lmaydi, uni bilib olish uchun muayyan vaqt kerak
bo‘ladi. Shuningdek, har qanday narsani va uning mohiyatini bilib olishimiz uchun yordamchi
qurol va vositalarning qay darajada takomillashganligi jiddiy ahamiyatga ega. Bizga nisbatan
keyingi avlodlarimizning tajribalari yanada boyib, takomillashib boradi va natijada ular bizlarga
nisbatan ko‘proq narsalarni biladi. Biz sezgi a’zolarimizning bilish imkoniyati yetmagan
ob’ektlarni aql va tafakkur kuchi bilan bilib boramiz. Bilish shu tarzda yaxlit va uzluksiz jarayondir.
Inson aql-tafakkuri fan va amaliyetni taraqqiy ettirishga, bilish va izlanish vositalarini
takomillash-tirishga yo‘l ochadi.
[1]
Agnostitsizm
teologiya
,
oʻlimdan soʻnggi hayot
,
xudo
kabi
metafizik
mavzularga oid ma’lum
iddaolarning haqiqiy yechimini bilish ilojsiz ekanini ta’kidlovchi
falsafiy
dunyoqarashdir
. Bunga
sabab sifatida obyektiv
reallikni
oʻrganish doim
subyektiv
bilish orqali kechishi koʻrsatiladi.
Odatda agnostitsizm xudoning mavjudligi yoki emasligi masalasiga oid dunyoqarashga aytiladi.
Agnostitsizm dunyoqarashiga ega shaxs
agnostik
deyiladi. Aksar agnostiklar
ateistlar
bilan bir
qatorga qoʻyilsada, ba’zi agnostiklar
teist
boʻlishlari ham mumkin.
Agnostitsizm
atamasi
1869
-yili
Thomas Henry Huxley
tomonidan
gnostitsizmni
rad etuvchi
falsafiy oqimni nomlash uchun oʻrtaga qoʻyildi.
Din
Xudo
Teizm
Ateizm
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Falsafaga oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?tit
le=Agnostitsizm&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Etimologiyasi
Shuningdek
Manbalar
Soʻnggi tahrir 9 oylar avval Javlonbekvikki tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?
title=Agnostitsizm&oldid=2182551
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |