4.
Natijalarning joriy va e‟lon qilinishi
. Mavzu 2011 yilning dekabr
oyida O‗zbek adabiyoti kafedrasi yig‗ilishida tasdiqlanib universitet
ilmiy kengashiga tavsiya qilingan. Universitet ilmiy kengashining
_____ majlisida tasdiqlangan. Mavzu bo‗yicha 2 ta maqola e‘lon
qilingan (1.Agiografik rivoyatlar tavsifiga doir. Adabiy manba:
o‗rganishning zamonaviy tamoyillari va nashr muammolari. 2013. 75-
81 betlar 2. Bashorat rivoyatlar va ularning talqini. Fan.Taraqqiyot va
yoshlar. 2013. 63-65bet).
5.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi
.
Dissertatsiya ishning umumiy
tavsifini aks ettirgan kirish, uch asosiy bob, to‗qqiz fasl, umumiy
xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tarkib topgan bo‗lib,
85 betni tashkil qiladi.
8
I bob.
AGIOGRAFIK ASARLARNING MANBALARI VA
ULARNING JANRIY TASNIFI
1.1. Agiografik asarlar manbalari
Diniy hikoya va qissalarni qayta ishlab, sof badiiy asar yaratish fors-
tojik va turkiy adabiyotda avvaldan ma‘lum bo‗lgan. Homidjon Homidiy fors
va turkiy tillarda Farididdin Attor, Jomiy, Navoiy, Sayfiddin Ali Safiy, Fanoiy
kabilar diniy hikoya va qissalarning go‗zal namunasini yaratganliklarini
ta‘kidlaydi. Ayniqsa, fors-tojik adabiyotida, xususan, Farididdin Attorning
―Tazkiratu-l-avliyo‖ va ―Mantiqu-t-tayr‖ asarlarida agiografik hikoyatlarning
betakror namunalarini uchratamiz. XIV-XV asrlarga kelib bunday asarlar
yaratish keng tus oldi. Fors adabiyotining ko‗zga ko‗ringan namoyandalaridan
Abdurahmon Jomiy o‗zining ―Nafohatu-l-uns mina-l-hazaroti-l-quds‖ asarini
shunday yo‗nalishdan foydalangan holda yaratdi. Hamidjon Homidiy XV-
XVI asrlardagi agiografik asarlarga oid hikoyachilik xususida shunday
yozadi: ‖Dastlab Abdurahmon Jomiy, keyinchalik Navoiy sardorlik qilgan bu
katta ijodiy maktabda ilmiy-nazariy bahslar qissaxonliklardan tashqari
voizlik, latifago‗ylik, lutf va zarofatga juda katta e‘tibor berilardi. Mushoira-
yu mubohislarda adib va noqillar o‗z nuqtalarida o‗tmish va zamon voqealari,
buyuk kishilar hayoti va faoliyati xususida hikoyatlar keltirishar, Qur‘oni
Karim-u payg‗ambar hadislaridan qiroat qilishardi. Keyinchalik bunday
hikoyatlar ―Habibu-s-siyar‖, ―Makorimu-l-axloq‖, ―Majolisu-n-oshiqin‖,
―Badoe-ul-vaqoe‖, ―Nafohat-ul-uns‖, ―Futuvvatnoma‖ singari asarlar
tarkibiga kiritildi‖.
10
Turkiy tilda yaratilgan Rabg‗uziyning ―Qisasi Rabg‗uziy‖, keyinroq
yaratilgan Alisher Navoiyning ―Holoti Sayyid Hasan Ardasher‖, ―Holoti
Pahlavon Muhammad‖, ―Nasoyimu-l-muhabbat‖, ―Tarixi anbiyo va hukamo‖
kabi asarlari sof agiografik asarlardir. Bundan tashqari Alisher Navoiyning
―Hayratu-l-abror‖, ―Lisonu-t-tayr‖ kabi asarlarida ham agiografik
10
Hamidjon Homidiy, Ko‘hna Sharq darg‘alari, T-1999, 239-b.
9
hikoyatlarning go‗zal namunalari uchraydi. Biz turkiy tilda yaratilgan,
yuqorida nomlari sanab o‗tilgan asarlarni tadqiqot ob‘ekti sifatida tanladik.
Ularning har biri haqida keyinroq mufassal fikr yuritamiz.
Fanoiyning ―Majolisu-l-ushshoq‖ asariga Homidjon Homidiy bergan
tavsifga kora, ushbu asar tazkira tarzida yozilgan bo‗lib, unda ―Hazrati Imom
Ja‘far Sodiq raziyallohu anhudan tortib, Husayn Boyqarogacha 78 bobda
aksariyat mashhur mashoyixlar hamda ilm va davlat arboblari haqida g‗oyatda
qiziqatli ma‘lumotlar beriladi
11
. Mansuri Halloj, Junayd Bag‗dodiy, Boyazid
Bastomiy, Sa‘diddin Taftazoniy, mavlono Muhammad Tabadgoniy, Shayx
Najmiddin Roziy, Abulhasan Harraqoniy, Shayx Najmiddin Boxarziy, Shayx
Aziz Nasafiy, Farididdin Attor, Qosim Anvor, Amir Imodiddin Nasimiy,
Majudiddin Sanoiylar xususidagi ma‘lumotlar bu zotlar siymosini yanada
to‗laroq tasavvur etishga yordam beradi. Muallifning o‗tmish mutafakkirlari
haqidagi tafsilot va ma‘lumotlari ikki jihati bilan kishi diqqatini o‗ziga jalb
etadi: birinchidan, adib u yoki bu mutafakkirning hayoti, ijtimoiy kelib
chiqishi, maslagi haqida fikr yuritar ekan, ko‗pincha tug‗ilgan yili, manzili,
bolalik va yigitlik onlari, qaysi kasb evaziga kun kechirishi, faoliyati haqida
batafsilroq ma‘lumot berishga intiladi. Ayni paytda o‗sha donishmandning
dunyoqarashi, ustodi-piri, nasl-nasabini ham uqtiradikim, bu uning ruhiy
olamini chuqurroq idrok etishda muhim omil hisoblanadi. Masalan, ―Ilm-adab
ahli orasida Mavlono Muhammad Mag‗ribiy nomi bilan shuhrat qozongan
Mavlono Muhammad Shirin Shayx Abdurahmon Isfaroiniy muridlaridandir,
Mavlono
Husayn
Xorazmiy
Kubraviy
Shayx
Najmiddin
Kubro
sahobalaridandir. Ikkinchidan, har bir Shayx siymosini kitobxon nazarida
to‗laroq namoyon etish maqsadida Fanoiy o‗sha mutafakkir hayotida ro‗y
bergan favqulodda ruhiy holatlardan, ilmiy va jismoniy qudrati-yu
karomatlaridan eng diqqatga molik lavhalarni keltirib o‗tadi. Shayx Zunnun
Misriy, Ibrohim Adham, Abulhasan Harraqoniylar faoliyatlari bilan bog‗liq
11
Hamidjon Homidiy, Ko‘hna Sharq darg‘alari, T-1999, 237-b.
10
ba‘zi tafsilotlar bunga misol bo‗la oladi‖,- deb yozadi H. Homidiy o‗zining
―Ko‗hna Sharq darg‗alari‖ asarida.
Sayfiddin Ali Safiyning ―Turli toifalar haqidagi latifalar‖, Zayniddin
Vosifiyning ―Badoye‘u-l-vaqoye‘‖ (―Ajoyib voqealar‖) kabi kitoblarida ham
agiografik hikoyat va rivoyatlar ko‗zga tashlanadi. Ushbu asarlarda, ayniqsa,
Ulug‗bek siymosi go‗zal tavsif etilgan. Masalan, ―Badoe‘u-l-vaqoe‘‖ da
shunday hikoyat keltiriladi:
Kunlardan bir kuni bir kishi Ulug‗bek Mirzo huzuriga kelib arz qiladi:
-Ey podshohi olam! Men Samarqanddan Buxoroga safarga chiqqanimda
hamyon-xaltamda 1000 tanga pulim bor edi. Shahardan chiqib 2 farsah (16
kilometr) yo‗l yurgach, bir daraxt soyasiga – suv bo‗yiga dam olgani o‗tirdim.
Men endi ovqatlanayotgan edim, shaharga ketayotgan bir do‗stim paydo
bo‗lib qoldi. Uni dasturxonga taklif etdim. Birga ovqatlandik, hamyonni o‗zim
bilan eltishni lozim ko‗rmadim-da, uni haligi do‗stimga berib, shaharga
borgach, uyga eltib berishini iltimos qildim. Safardan qaytib kelgach, bilsam
o‗sha do‗stim hamyonni uyimga eltib bermabdi. Uning oldiga borib
omonatimni so‗radim, u tan olmadi. Davogarning so‗zlarini tinglab turgan
Ulug‗bek Mirzo o‗sha do‗stini chaqirtiradi va ikki do‗stni yuzma-yuz qiladi.
Haligi kishi yana aybiga iqror bo‗lmagach, shoh davogarga ikki o‗rtoq birga
dam olishgan o‗sha daraxt bargidan keltirishini buyuradi. Davogar yo‗lga
tushishi bilan shoh firibgar do‗stga bir hikoya ayta boshlaydi. Hikoyaning eng
qiziq joyiga kelganida shoh firibgarga qarab:
-Davogar o‗sha daraxt tagiga yetib bordimikan?- deb savol tashlaydi.
Firibgar esa: u daraxt shahardan ancha uzoqda, hali yetib bormagan bo‗lishi
kerak,-deydi. Shunda dono shoh kulib:
-Axir sen bu odamni ham, daraxtni ham ko‗rmaganingni aytmabmiding,
qanday qilib do‗stingni u yerga yetib bormaganini bilding?-deya xiyonatkor
do‗stning aybini isbotlab beradi. Ta‘magir do‗st shunday qilib olgan pulini
to‗laydi. (―Yolg‗onchining izza bo‗lishi‖ hikoyatidan). ―Ulug‗bek va sayyoh‖,
―Kambag‗al va qozi‖ kabi hikoyatlarda ham Ulug‗bek dono va adolatli shaxs
11
sifatida tasvirlanadi. Agiografik asar deganda, avliyo-yu anbiyolarga
bag‗ishlangan asar tushunilar ekan, ―Qisasi Rabg‗uziy‖ni alohida ta‘kidlab
o‗tish joiz. Asar jami 72 qissadan iborat bo‗lib, asarda Hazrati Odamdan
Muhammad (a.s.v) payg‗ambarimizgacha bo‗lgan davrdagi payg‗ambarlar
qissasi hikoya qilinadi. Ushbu asarni garchi ko‗pchilik Qur‘oni Karimning
tarjimasi va sharhi sifatida qabul qilsa-da, asar sof badiiy asar tarzida
yozilganini e‘tirof etish zarur. Asarda qo‗llangan oyat, hadis va she‘rlarning
barchasi qissalarning badiiyligini ta‘minlagan. Shu sababdan ushbu asarni
to‗lig‗icha agiografik asar sifatida o‗rganish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Asarning dastlabki qissasi ―Qissai Odam safiy alayhi-s-salom‖ deb
nomlanadi. Bu qissada Odam (a.v,s)ning yaratilishidan tortib jannatdan
quvilishi, yer yuziga tushib, Momo Havo bilan qayta topishishi va ov qilib
risqlanishi mufassal hikoya qilinadi. Bu qissa boshqa qissalardan hajm
jihatidan kengroq. Asarda farishta Jabroil juda ko‗p qo‗llanilgan va hattoki
yetakchi obraz darajasiga ko‗tarilgan. Keyingi qissa ―Qissai Qobil va Hobil‖
deb nomlanadi. Bu qissada Odam alayhi-s-salom zurriyodlarining tug‗ilishi,
ularning kamolga yetishi va ular o‗rtalaridagi adovat tufayli Qobil tomonidan
Hobilning o‗ldirilishi, Qobilning dafn etishni o‗rganishi kabilar hikoya
qilinadi.
Shis haqidagi qissadan boshlab asardagi qissalarni bog‗lab turuvchi obraz
Muhammad alayhis-salom faol ko‗zga tashlanadi. Keyin Hazrat Umar va
Imom Shayx Jo‗ybori haqidagi ikki hikoyat keltiriladi. So‗ng Idris alayhis-
salom haqidagi qissa va undan keyin juda mashhur bo‗lib, xalq og‗ziga
tushgan ―Qissai Nuh nabiy alayhis-salom‖ qissasi keltiriladi. Unda
aytilishicha, Nuhga odamlarni yakkaxudolik diniga da‘vat etish buyuriladi.
Itoat etmaganlar uchun to‗fon haqida bashorat beriladi. Keyin o‗g‗illari Xom,
Som va Yofasning musulmon bo‗lishi, yana bir o‗g‗li Kan‘onni otasining
da‘vat etgan diniga kirmasdan kofir bo‗lgani, oqibatda uni to‗fon halok
qilgani haqida hikoya qilinadi. Shundan keyin Nuh Olloh taoloning buyrug‗i
bilan kema yasaydi va hamma hayvonlardan bir juftdan kemaga kiritadi.
12
Qissada Nuh olamni asrab qolgan dindor kishi sifatida tasvirlanadi. Nuh
haqidagi voqealar diniy manba‘larda ham uchraydi
12
. Biroq bu qissa badiiy
jihatdan to‗yintirilgan va kengroq berilganligi bilan xarakterlidir.
Qissalar orasida Odam alayhissalomning qizi Unuqning o‗g‗li Avj
haqidagi qissa keltiriladi. Shu qissaning tarkibida Muso haqidagi kichik bir
hikoyat keltirilgan. ―Qisasi Rabg‗uziy‖ qissalaridagi voqealar turli hajmdagi
hikoyatlar bilan boyitilgan va eng xarakterli tomoni shundaki, bu hikoyatlar
ham avliyo va anbiyolar haqidadir.
Qissalar ichida ―Qissai Ibrohim alayhis-salom maa Namrud alayhil-
la‘na‖ alohida ajralib turadi. Asarda keltirilishicha, Namrud ismli shoh bir
tush ko‗radi. Tushida bir qo‗chqor uning taxtini surib tashlaydi. Ta‘birchilar
yaqinda bir o‗g‗il tug‗ilib, katta bo‗lgach, uning taxtni egallashini bashorat
qiladilar. Namrud barcha tug‗ilayotgan o‗g‗il bolalarni o‗ldirtiraveradi.
Shohning inog‗asi Ozarning xotini Ibrohimga yukli bo‗lgach, uni pinhon
tutadilar. Ibrohim tug‗ilgach, otasi o‗g‗lining o‗lishini xoxlamay, tog‗ga
tashlab keladi. Ollohning buyrug‗i bilan unga Jabroil onalik qiladi.
Ibrohimning holidan volidasi ham tez-tez xabar olib turadi. Kun sayin katta
bo‗lgan Ibrohim yetti yoshga kirganda onasini: ―Mening tangrim kim?‖- deya
so‗roqqa tuta boshlaydi. Ibrohim shu darajaga yetadiki, iloha-butlarni sindirib,
odamlarni jonsiz narsaga sig‗inishdan qaytarardi. Oxiri uni o‗tga yoqmoqchi
bo‗ladilar va 40 kun yoqadilar. Ollohning amri bilan qaldirg‗ochlar o‗tga suv
sepib turadi, Ibrohim yonmaydi. Uni sudrab, manjaniqqa eltmoqchi bo‗ladilar.
Lekin farishtalar arqonni bosib turaveradilar. Shu zaylda Ibrohim g‗olib
qilinadi.
Bundan ko‗rinib turibdiki, Ibrohim payg‗ambarning tug‗ilishi bashorat
qilinadi. Yoshligida ham boshqa tengdoshlaridan o‗zgacha bo‗lganligi, umrida
12
Qarang
:
Қуръони Карим (таржима ва изоҳлар муаллифи Алоуддин Мансур). –
Тошкент: Чўлпон, 1992.
13
ko‗plab qiyinchiliklarga duch kelgani qissada batafsil yoritiladi va ayni shu
jihati boshqa payg‗ambarlarning ham qismat yozug‗i bo‗lgan.
Asarda Is‘hoq, Ya‘qub, Yusuf kabi payg‗ambarlar haqidagi qissalar ham
keltirilgan. ―Qisasi Rabg‗uziy‖da hajman eng yirik va mazmunan ham eng
latif qissa Yusuf haqidagi qissa bo‗lib, yuqorida keltirgan fikrimizni bu
qissaga nisbatan ham to‗g‗ri deb aytish mumkin. Rabg‗uziy bu qissada bir
nechta hikoyatlar bilan birga g‗azal va baytlar ham keltiradiki, bular asarning
badiiy quvvatini oshirgan. Qissada Yusuf aka-ukalariga nisbatan kechirimli,
xalqiga nisbatan mehribon va jonkuyar, ota-onasiga ardoqli farzand sifatida
tasvirlanadi. Qissaning mashhurligiga yana bir sabab shuki, Yusuf o‗z aka-
ukalaridan yomonlik ko‗rganda ham ularga yaxshilik bilan javob qaytaradi va
u shu bilan o‗z qavmiga halimlik, mehr-oqibat, sahovat, sabr-matonat nima
ekanini amalda isbotlab beradi. Bu qissa eng dardli qissalardan bo‗lib, ota-ona
va farzand, aka-uka munosabatlari negizida el-yurt qayg‗usi, vatan tuyg‗usi
ham teran ifodalanganini ko‗rish mumkin. Bu qissa garchi birgina Yusufning
boshidan o‗tkazgan sarguzashtlarigina tarzida dunyoga kelgan bo‗lsada,
zohiran barcha payg‗ambarlarning qismatiy belgilangan umr chizgilari va
ularning ko‗plab mashaqqatlarga duch kelishlari, biroq ularning sabrli
bo‗lishlari lozimligi haqidagi ogohnoma tarzida o‗qiladi.
Bundan tashqari, ―Jodularning yolg‗on so‗zlari‖, ―Chugurtka qissasi‖,
‖Muso alayhissalomning Shomga borgani qissasi‖, ―Tavrotning qissasi‖ kabi
ko‗plab qissalar ham kelgan bo‗lib, keyingi kelgan qissalarning aksariyati
Muso alayhis-salom haqidadir. Ammo qissalarni yakkaxudolik dini bo‗lmish
islomga da‘vat qilish va uni isloh qilish g‗oyasi bog‗lab turadi. Asardagi
avliyo-yu anbiyolar haqidagi qissalar oyat va hadislar bilan bezatilgan bo‗lsa-
da, qissa va unda keltirilgan hikoyatlar g‗oyatda qiziq va ishonarli chiqqani
bilan ahamiyatlidir. ―Qisasi Rabg‗uziy‖ning shakllanishida xalq og‗zaki va
yozma adabiyotida anbiyo va avliyolar haqidagi qissa va hikoyalar nihoyatda
14
muhim manba vazifasini o‗tagan
13
. Bu asar ham, o‗z navbatida, juda ko‗plab
asarlarning yaralishi uchun asos vazifasini bajardi. Jumladan, Navoiyning
―Tarixi anbiyo va hukamo‖ asari aynan shu asar asosida yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |