BOSHLANG‘ICH SINF TABIATSHUNOSLIK DARSINI TASHKIL ETISHNING SAMARALI USULLARI
SATTOROVA X.J. Nizomiy nomidagi TDPU.
Boshlang‘ich sinfda o‘qitiladigan “Tabiatshunoslik” o‘quv fani bu sohada keng imkoniyatlarga ega. Bu fan
tevarak atrofdagi tabiat bilan tanishtirish, unda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang‘ich tasvvur hosil
qilish, ilmiy dunyoqarash kurtaklarini shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish va undan oqilona foydalanishni
o‘rgatish ko‘zda tuiltadi.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida tabiat bilan tanishtirishda, bilim berish, ko‘nikma va malakalarni
shaklantirishda xilma-xil usullardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olish qobiliyatlarni o‘stirish, ta’limni hayot bilan
bog‘lash va mehnatga tayyorlashga qaratiladi.
Darslarni ilg‘or ta’lim metodlari va usullarga tayanib tashkil etish orqali o‘quvchilarni faollashtirish, mustaqil
fikr yuritishga, yangi tushunchalarni matn ichidan topib, mazmunini anglab yetishga yo‘llash mumkinligi to‘g‘risida
xulosaga kelindi. Agar bola yangilik sari intilmasa, unda qobiliyat, o‘z fikri, nuqtai nazari ham shakllanmaydi.
Darslarni turli usullardan foydalanib tashkil etish haqida biyuk alloma Abu Rayxon Beruniy quyidagicha fikr
bildiradilar:
“…Doim bir xil narsaga qarayverish malollik va sabrsizlikka olib keladi. Ta’lim har xil usullarda uyushtirilganda
o‘quvchi turli gullar ochilgan bog‘da yurganga o‘xshaydi. Ularga qiziqadi, ko‘rishni istaydi”.
Darslarni turli usulida tashkil etish o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab qilsa-da, o‘quvchilarni shijoatkorlikka undab,
fikrlarni vaqtdan unumli foydalangan holda tez, aniq, lo‘nda va ixcham ifodalashga zamin yaratadi.
Quyidagi “Bilimdon”, “Bumerang”, “Zinapoya”, “Bekat”, “Kim ko‘p biladi”,”Qor uyumi”, “Akvarium “, “Munozara”,
“Sayohat”,”O‘z o‘rningni top “, «6x6x6», «3x3x3» noan’anaviy ta’lim usullar dars samaradorligini oshiradi.
«Zinapoya» – noan’anaviy ta’lim usuli bo‘lib, unda butun sinf o‘quvchilari faoliyat ko‘rsatadilar. Darslik bilan ishlash
orqali olib boriladigan bunday amaliy ishlar o‘quvchilarni darslik matnidan aniq tushunchalarni ajratib olishga yordam
beradi. «Zinapoya» usulining yana bir muhim tomoni o‘qituvchi sodda tushunchalardan murakkab tushunchalar tomon
«zinama-zina» o‘quvchilarga tushuncha berib boradi. «Zinapoya» usulidan foydalanib, foydali qazilmalar haqida
tushuncha berish ham dars samaradorligini oshirishga yordam berdi. Zinapoyaning birinchi pillapoyasiga
«O‘zbekistonning foydali qazilmalari» mavzusi yoziladi.
Ikkinchi pillapoyaga foydali qazilmaga berilgan ta’rif, uchinchi pillapoyaga «minerallar» tushunchasi (misollar bilan),
to‘rtinchi pillapoyaga foydali qazilmalarni ishlatishga ko‘ra uch turga (yoqilg‘ilar, rudali, noruda) bo‘linishi yoziladi.
(Keyingi pillapoyalar chizmada ko‘rsatilgan tartibda yozib boriladi (1-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |