Агар Х1Х асрнинг охирларида хитой армияси немис модели асосида тузилган ва унинг фаолияти ҳам мана шу асосда қурилган бўлса, ХХ асрнинг бошларига келиб эса хитой армиясида японларнинг таъсири сезила бошлади


Aholini ko‘chirish jarayoni va gomindanning rahbarlik roli



Download 168 Kb.
bet5/6
Sana25.06.2022
Hajmi168 Kb.
#704725
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AKBAROV XOLMAT

2. Aholini ko‘chirish jarayoni va gomindanning rahbarlik roli.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mamlakat uchun nisbatan tinchlik va osoyishtalik davri bo‘ldi. SHunday bo‘lsada, hali mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayoti to‘la tartibga tushdi, deb aytish qiyin edi. Chan Kayshi turli tomondan xatarlar mavjud deb hisoblar edi. Bular Gomindan ichidagi oppozitsiya, Yaponiya bosqinchilari, Kommunistik partiya va boshqalar. Ammo uning fikricha, eng asosiy dushman bu kommunistlar edi. SHu sababli ham u Xitoyning qaysi hududida kommunistlarning ta’siri kuchli bo‘lsa, yoki kommunistlarning rahbariyati joylashgan bo‘lsa, ana shu erlarda kuchli kurash olib borish zarur, deb hisoblar edi. Kommunistldar harakati kengroq yoyilgan hududlarni u eng xatarli hududlar deb hisoblar edi. Kommunistlar boshchilik qilgan Qizil armiyani u dushmanning haqiqiy tayanchi deb hisoblar edi. 1931 yil 21 sentyabrda Chan Kayshi Gomindan harbiy Kengashini chaqirdi. Kengash yig‘ilishida asosiy e’tiborni Yaponiya bilan munosabatga qaratish ko‘zda tutilgan edi. SHunga qaramasdan yig‘ilishda yana Gomindan ichidagi o‘zaro mojarolar va turli qanotlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar yanada avj oldi. Bir tomondan Yaponiyaning harakatlari yanada kuchliroq bo‘lib borar edi. Chunki u Manchjuriya-Mongoliya davlatini tashkil etish va uni o‘z qo‘liga olishni orzu qilar edi. 1932 yil 12 martda Yaponiya yangi Manchjou-Go davlatini tashkil topganligi va unga Pu I boshliq etib tayinlanganligini e’lon qildi. 1


Mamlakatning kommunistlar bilan murakkab munosabatlar natijasida vujudga kelgan ichki siyosiy muammolaridan tashqari yildan-yilga Yaponiya tomonidan ham xavf – xatar tug‘ilayotgan edi. Chan Kayshi asosiy e’tiborni kommunistlar bilan urushga qaratgan bir davrda Yaponiya Xitoyga hujum boshladi. Endi Chan Kayshi uchun haqiqiy sinov davri boshlandi. Bunday sharoitda u uchta frontda kurash olib borishga majbur edi: Bir tomondan, yapon bosqinchilariga qarshi, ikkinchi tomondan feodal separatistlar va ularning generallariga qarshi va uchinchi tomondan kommunistlarning harbiy kuchlariga qarshi kurash olib borishi lozim edi.
Bu davrga kelib urushlar natijasida va hukumat asosiy e’tiborni urushga qaratishga majbur bo‘lganligi sababli ham mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida deyarli oldinga siljish bo‘lmadi. Ishchilar va dehqonlarning ahvoli tobora og‘irlashib bordi. Hukumat asosan o‘zining ichki mojarolari bilan mashg‘ul bo‘lib, aholining turmush tarzini yaxshilashni deyarli o‘ylamay qo‘ygan edi. Bu narsa albatta, aholining noroziligini oshirar edi. Mamlakatning Rossiya ta’sirida bo‘lgan shimoliy hududlarida kommunistlar ayrim islohotlarni o‘tkazishga harakat qildilar. Bu yillarda ayniqsa, ob-havoning noqulay kelganligi, o‘ta yomg‘ir ko‘p yoqqanligi natijasida bir qator hududlarda ochlik, hosildorlikning kamayib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar boshlandi. Qishloqlardan dehqonlar shaharlarga ketib ishsizlar sonini yanada ko‘paytira boshladilar.
Kommunistlar manfaatlarini ifoda etuvchi Qizil armiya bir tomonlama Yaponiya bosqinchilariga qarshi urush e’lon qildi. Armiya bir qator hududlarda g‘alabaga erishdi. Kommunistlarning obro‘si ortib borayotganligini ko‘rgan Chan Kayshi endi Qizil Armiyaga qarshi kurash boshladi. Gomindanning 1932 yilda bo‘lib o‘tgan konfekrensiyasida Chan Kayshi kommunistlarga qarshi g‘oyaviy kurash e’lon qildi. Endi ommaviy maktablar tizimini – “baotszya” tashkil etishni taklif etdi. Bu maktablarning asosiy vazifasi xalq ongidan kommunistik g‘oyalarni chiqarib yubrishdan iborat edi. Ommaviy maktablar tizimi aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish, mahalliy xalqni ro‘yxatdan o‘tkazish, mahalliy boshqaruv tizimini tashkil etish, militsiya, savodsizlikni yo‘qotish, tibbiyot asoslarini o‘qtish, qishloqlarni qo‘riqlash, agrotexnika asoslarini o‘qitish va mafkuraviy tarbiya kabilar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirishi lozim edi.
Bunday sharoitda kommunistlar g‘alati pozitsiyani egalladilar. Ular Yaponiya bilan olib borilayotgan urushdan o‘z manfaatdari yo‘lida foydalanishga harakat qilar edilar. Urush orqali kommunistlar shimoli-Sharqiy Xitoyda o‘z ta’sir doirasini kuchaytirishga intilmoqda edilar. Ularning hatti harakatlari deyarli yaponlar bilan birga kurashayotgandek edi. Kommunistlar Gomindanga qarshi kurashni bunday sharoitda yanada kengaytirishga harakat qildilar. SHu davrda Xitoyda elchi lavozimida ishlagan Sovet Ittifoqi diplomati S.Ledovskiy quyidagilarni yozadi: “MArkaziy hukumat (Gomindan) kuchlari yaponlarni qurolsizlantirish maqsadida SHimoliy Xitoy tomonga qarab siljidilar ... Kommunistlarning harbiy kuchlari gomindanchi kuchlarni to‘xtatish maqsadida rels yo‘llarini buzar, ko‘priklarni portlatar, telefon liniyalarini ishdan chiqarar va shunday yo‘llar bilan hududning muhim ob’ektlarini yakson qilar edilar. Bundan tashqari kommunistlar elektrostansiyalarni ishdan chiqarar, ko‘mir konlariga suv bostirar, tmir yo‘l poezdlari qatnovi tartibini buzishga harakat qilar edilar. Bular natijasida shaharlarni issiqlik, suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash izdan chiqar edi. Zavod va fabrikalar ishdan to‘xtab qolar edi. ... Ko‘plab kishilar ochlik va kasallikdan vafot etdi. Bu narsalarning barchasi va boshqa narsalar hukumat uchun kurash yo‘lida qurbon qilinar edi”.2
Qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda Chan Kayshi Qizil armiyaga qarshi tinmay kurash olib bordi. 1933 yilning kuziga kelib Chan Kayshi ulkan harbiy kuchni o‘z qo‘lida birlashtirdi. Unda 90 nafar diviziya, 300 samolet, 200 dan ziyod yirik qurollar bor edi. CHet eldan ko‘plab harbiy samoletlar sotib olindi. Bu davrda Chan Kayshi armiyasida 150 nafar Amerika va Kanada uchuvchilari xizmat qilar edi. Qizil armiyaga qavrshi kurashning rejasini tuzishda Germaniyadan taklif etilgan harbiy mutaxassislar ishtirok etdilar. SHaxsan Gitlerning ko‘rsatmasiga ko‘ra, 1933 yilda uning yaqinlaridan biri Gans fon Sekta, fon Felkenxauzen Xitoyga jo‘natilib Qizil armiyaga qarshi olib boriladigan kurashning rejasini tuzishga rahbarlik qildi. Nemis harbiy maslahatchilari maxsus harbiy maktablar tashkil etdilar, harbiy va harbiy-texnik mutaxassislar tayyorlaydigan turli kurslar ochdilar, harbiy qurilishlarni qurishga rahbarlik qildilar va harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etdilar.
Sovet Ittifoqi bilan Xitoy o‘rtasida hujum qilmaslik bo‘yicha shartnoma tuzildi. SHundan keyin SSSR Xitoyga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsata boshladi. Sovet Ittifoqi Gomindanni Xitoy jamiyatida asosiy boshqaruvchi kuch sifatida tan olgan bo‘lsada, amalda asosan kommunistik partiyaga ko‘proq yordam ko‘rsatar edi. Hatto Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi tomonidan qabul qilingan turli xujjatlarda ham “qizillar” va “oqlar” degan iboralar qo‘llanilar edi.
Yaponiya bilan urush davrida Gomindan ko‘p holatlarda front liniyasida yakka qoldi. Janglarda 200 dan ziyod generallarini yo‘qotdi (Ikkinchi jahon urushi davrida Xitoyning umumiy talofati jon boshiga 20 mln.kishini tashkil etdi). Yaponiya-Xitoy urushida ishtirok etgan yapon generallariham o‘zlarining asosiy dushmani sifatida Chan Kayshi armiyasini e’tirof etadilar. Ammo Kvantun armiyasining Sovet Armiyasi kuchlari tomonidan butunlay tor-mor qilinganidan keyin Sovet qo‘mondonligi barcha harbiy qurollarini XKP harbiy kuchlariga berdi. Buning natijasida Xitoyning shimoli-Sharqiy hududida fuqarolik urushi boshlandi. Kommunistik partiya kuchlari va Gomindan kuchlari o‘rtasida kuchli qon to‘kilgan janglar bo‘lib o‘tdi. Bu urushda ba’zan Gomindan, ba’zan kommunistlar g‘olib chiqar edilar. 1948 yilning kuzida XKP Manchjuriyani o‘z nazorati ostiga oldi. XKP katta hududda hujumga o‘tdi va uni egalladi. Yaponiya bilan urushdan charchagan Chan Kayshining harbiy kuchlari bunday katta xujumga javob bera olmadi. Aytish mumkinki, SSSR Ikkinchi jahok urushida u bilan birga bo‘lgan o‘z ittifoqchisini deyarli engog‘ir ahvolga qo‘yib sotqinlik qildi. O‘z hatti harakatlari bilan Xitoy hududida fuqarolar urushini keltirib chiqardi. Bu urushlar Xitoyga hg‘am iqtisodiy, ham harbiy jihatdan katta zararlar keltirdi. Minglab kishilar qurbon bo‘ldi.
Yaponiya bilan urush natijasida yuzaga kelgan vaziyatda Gomindan hukumati o‘z o‘rnini va pozitsiyalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. Endi u asosiy e’tiborini mamlakatning barcha iqisodiy potensiali evakukatsiya qilingan hududlarga qaratishga majbur edi. Uni moddiy jihatdan qo‘llab turadigan sanoat markazlari endi agrar hududalrga joylashgan bo‘lib, ular hukumatni avvalgidek qo‘llab-quvvatlay olmas edilar. Gomindan asosiy e’tiborini agrar hududlarga qaratishga majbur edi.
Gomindan administratsiya tizimini qayta tashkil etishni maqsad qilib qo‘ydi. Endi yuqoridan markazlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etila yuboshlandi. YUqoridan quyi tizimgacha hukumat administratsiyasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, vertikal boshqaruv shakldagi hukumat bo‘lishi zarurligini Gomindan to‘g‘ri deb topdi. U boshqaruv tizimini loyal, bo‘ysinuvChan shaklga keltirishni zurur, deb bildi. Mahalliy administratsiya Gomindan uchun moslashuvChan va bo‘ysinuvChan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
1938 yil mart-aprel oylarida Gomindanning s’ezdi bo‘lib o‘tdi. S’ezdda barcha sohalar ustidan partiya nazorati o‘rnatilishi masalasi ko‘rildi. Jamoat tashkilotlari ustidan ham ana shunday nazorat o‘rnatilishi zarur edi. Demak, Gomindan Xitoy ijtimoiy hayotining bosh nazoratchisi sifatida namoyon bo‘lishni istar edi. Bu sohada uning fikricha, mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlari va mahalliy partiyalar Gomindan hukumatini indamay qo‘llab-quvvatlashi lozim edi. Mahalliy partiya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bu sohada Gomindan bilan hamkorlik qilishlari shart edi. SHunday qilib partiyaning quyi tizimlari yuqoriga so‘zsiz bo‘ysunishlari lozim edi. Gomindan o‘ziga mos keladigan davlat administratsiyasini shakllantirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan edi.
Ma’lumki, Gomindan boshlig‘i Chan Kayshi tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar va taklif etilgan islohotlar Yaponiya agressiyasi boshlanmasdan avval amalga oshirila boshlagna edi. Ular 30-yillarda taklif etilgan asosiy tamoyillar ya’ni, “boshqaruv”, “ta’lim”, “ta’minot” va “mudofaa” bo‘lib, bu sohalar Gomindanning yondashuviga ko‘ra eng asosiy sohalar hisoblanar edi. Bu tamoyillarni realizatsiya qilish borasida o‘z-o‘zini boshqaruvga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib., bu sohada o‘z-o‘zini boshqaruv asosiy rol o‘ynashi zarur edi.
O‘z-o‘zini boshqaruv tizimiga xalqni jalb etish bevosita uning ongida milliylik, millatchilik, xitoy xalqining o‘ziga xosligi va buyukligi , bu mamlakat ulkan mamlakat ekanligi kabi g‘oyalarni shakllantirish bilan ham bog‘liq edi. Gomindan hukumati va uning rahbari Chan Kayshi asosan uchta sohani asosiy deb bildi va unga e’tiborni qaratish zarurligini tinmay ta’kidlar edi: ta’lim, harbiy soha va iqtisod. Xalqning psixologiyasin o‘zgartirish, xalqning axloqiy holati, aholining davlatga salbiy munosabatini tugatish kabi muammolar ham Chan Kayshi uchun asosiy edi.
1938 yilda “Harbiy Kengashni reorganizatsiya qilish dasturi” qabul qilindi. Harbiy Kengash harbiy soha bilan birga endi iqtisod sohasini, sanoat, og‘ir va engil sanoat departamentini, smavdoxalqaro aloqalar, fuqaro mudofaasi departamentlarini boshqarar edi. Bir tomondan iqtisodiy sohalar davlat qo‘lida markazlashtirildi, moliya tizimi mustahkamlandi, bank faoliyati davlat nazorati ostiga olindi va harbiy soliqlar joriy etildi. Ikkinchi tomondan moliya mablag‘larining manbalari izlab topila boshlandi. Buning uchun davlat qo‘lida qolgan sanoat kolrxonalaridan tashqari xususiy korxonalarni rivojlantirish., tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish., savdo sohasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ushbu aytilgan sohalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga kreditlar berish, hom ashyo topib berish, aksionerlik jamiyatlari tuzish kabi ishlarni amalga oshirishni zarur deb topdi.
So‘nggi vaqtlarda Gomindan va uning etakchisi Chan Kayshi olib borayotgan siyosat Xitoyning ilg‘or kishilari tomonidan qo‘llab quvvatlanmay qo‘yildi. Mamlakatda ulardan norozilik kuchayib borayotgan edi. 1947 yil bahorda Pekinni talabalarning norozilik namoyishlari egallab oldi. Ayniqsa Pekin universitetlari bu sohada faol bo‘ldilar. Universitetlar rektorlari va o‘qituvchilari ham talabalar tomonida bo‘lib, Gomindanning buyrug‘iga bo‘ysunmay qo‘ydilar.
Gomindan bu davrda kommunistlardan o‘ch olish bilan band edi. Gomindan kuzgacha kommunistlar ustidan to‘la g‘alaba qozonishga erishishi lozim edi. Universitet administratsiyasi ularning ishlariga hukumatning aralashuviga yo‘l qo‘ymasligini ochiq aytdi. Talabalarning namoyishlari ko‘plab shaharlarni egallab oldi. 5 may kuni SHanxayda “Ochlik bilan kurash, urush bilan kurash” shiori ostida talabalarning katta namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari talabalar fuqarolar erkinligini ta’minlash, ta’lim uchun davlat tomonidan etarlicha mablag‘ ajratish, professor-o‘qituvchilarning oyligini oshirish, turmush darajasini yaxshilash, narx-navoni pasaytirish va boshqa talablar bilan chiqdi. 18 may kuni hukumat favqulodda buyruqlar berib, unda har qanday namoyishni man qildi. Namoyishchilarga qarshi kurash olib borish uchun harbiy kuchlardan maxsus guruhlar tashkil etdi. Chan Kayshi bu namoyishlar kommunistlar tomonimdan uyushtirmoqda, ularga qarshi kurash olibborish zarur, javobgarlikni his qilmaydigan targ‘ibltchilarga qarshi jiddiy kurash olib borish zarur, deb hisoblar edi.

3. Xitoy-Yaponiya urushining tugashi va Tayvan.


1948 yil dekabr oyida Chan Kayshi o‘zining unga sodiq bo‘lgan harbiy kuchlari bilan birga hech qanday to‘siqlarsiz, osongina Tayvan orolini egallab oldi. Tayvanga yaqin bo‘lgan Szyuemou, Dachen, va Matsu orollarini ham Chan Kayshi o‘z hukmronligi ostiga oldi. AQSH bunga javoban rasmiy tarzda agar Kommunistik partiya orolga hujum qilmoqchi bo‘lsa, AQSH o‘z floti yordamida orolni va uning aholisini himoya qilishini aytdi.
Yaponiya Tayvandan chiqarilib yuborilganidan keyin uning aholisi endi ozodlikka chiqib, yaxshi kunlar kelishi orzusida yashar edi. Yaponiyaning Tayvandagi mustamlakachilik siyosatiga yakun yasaldi va orol ozod bo‘ldi. Ammo Tayvan aholisining erkin bo‘lish haqidagi umidlari o‘zini oqlamadi. Tayvan hukumati boshida turgan kishilar ko‘proq o‘zini va boylik orttirishni o‘ylar edi. Uning ustiga hukumat a’zolari ichida korrupsiya juda kuchayib ketdi. Ayniqsa, hukumat boshliqlari bu sohada boshqalardan o‘zib ketgan edilar. Ular orasida Chan Kayshining quroldosh do‘sti Ge Szinen, CHjen I va boshqalar bor edilar. Ularga ergashib orolga ularning yaqin qarindoshlari va do‘stlari ham kelib o‘rnashib olgan edi. Orolda hukumat tomonidan ommaga aytilgan “Davlat sotsializmi” shiori ko‘p jihatdan hukumatning o‘z manfaatlari yo‘lidagi hatti-haraatlarini oqlar edi. Tayvanda tadbirkorlik va boshqa sohalardan kelgan foydani hukumat a’zoalri tezroq o‘ziniki qilib olishga intilar edilar.
Gomindan a’zolari doirasida keng tarqalgan poraxo‘rlik, chayqovchilik, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish kabi holatlar Xitoy va Tayvan hukumati ma’muriyatida oddiy holga aylanib qoldi. 1946 yil 4 may kuni Tayvan gubernatorining bosh kotibi Steuey CHen matbuotda o‘z maqolasi bilan chiqib, Yaponiya bilan bo‘lgan urush natijasida aholi katta talofatlar ko‘rgani va Tayvan aholisining tinkasi quriganligi, endi ozodlikka chiqib orolning hayotitni iqtisodiy va boshqa jihatlardan kuchaytirish uchun hamma birgalikda kurashi zarur ekanligini aytib o‘tdi.
Tayvan orolida ilg‘or fikrlovchi kishilar ham albatta, yo‘q emas edi. 1946 yil 1 dekabrda ularning bir guruhi Chan Kayshining oldiga keldi. Ular o‘z takliflari va talablarini qo‘ydilar. Ularning fikricha, orolda eng avval quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur edi:

  1. Sanoat sohasi ni tiklash

  2. Qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘tkazish

  3. Ersiz dehqonlarni er bilan ta’minlash

  4. Ishsizlarni ish bilan ta’minlash

  5. Narx-navoni pasaytirish va ish haqini oshirish

  6. Tayvan aholisiga huquqiy erkinliklar berish

  7. Mustaqillik yoki avtonomiyaga erishish va h.k.

Tayvan aholisining turmush darajasi Xitoy aholisinikiga nisbatan ancha past edi. Tayvanda istiqomat qiluvchi 800 ming aholining 10 % ishsiz edi. Yaponiya bilan urush yakunlangandan keyingi holat u yerda yaponlarning hukmron bo‘lgan davridagiga nisbatan ancha og‘ir edi. So‘zimizning isboti uchun quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tish mumkin. Sement ishlab chiqarish zavodlari bir oyda 2 ming t sement berar edi. Lekin bu ko‘rsatkich yaponlar davrida 40 ming t. Tashkil etgan edi. YAponlar davridan beri bir yil davomida hayot kechirish 100 barobar qimmatlashgani holda, ish haqi esa faqatgina 3 marotabagina oshdi xolos. Aholining hayot kechirishi kundan-kunga og‘irlashib borayotgan edi. SHunday sharoitda bir gurux kishilar, ya’ni Tayvanda hukumatni egallab turganlar tobora boyib borar va uning ustiga poraxo‘rlik, korrupsiya juda tarqalib ketgan edi. Barcha sohalarda shunday holat mavjud bo‘lib, bunday tartibdan xalq nihoyatda norozi edi.
1947 yil yanvar oyida mavjud tartibga qarshi norozilik namoyishi boshlandi. Namoyishda talabalar, ishchilar, dehqonlar va turli tabaqalarga mansub bo‘lgan kishilar ishtirok etdilar. 28 fevral kuni kechqurun politsiya litsenziyasiz sigareta sotayotgan yoshi katta ayolni shafqatsizlarcha kaltakladi. Bu hodisani ko‘rib turgan kishilar qattiq g‘azabga keldilar va katta olomon yig‘ ilib politsiya bilan kurash boshladi. Politsiyachilar qo‘rqib qochib ketdilar. G‘azablangan olomon ularning mashinasini yoqib yubordi. Ertasiga bu voqealar davom etdi. Qo‘zg‘olonchilar g‘azabga kelib sigareta chiqadigan fabrikani yoqib yubordilar. Namoyishchilar o‘z talablarini aytish niyatida gubernator tomonga qarab yo‘l oldilar. Lekin ular gubernatoning rezidensiyasiga yaqinlashuvi bilan ularni rezidensiya oldida poylab turgan harbiy kuchlar qo‘zg‘olonchilarga qarata pulemetlardan to‘xtamay o‘q ota boshladilar. 3 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi va yarador bo‘ldi. Ertasi kuni gubernator ma’muriyatining faoliyati to‘xtab qoldi. Qo‘zg‘olon orol bo‘ylab keng tarqalib ketdi, ommaviy siyosiy qarshilik harakati boshlandi.
Chan Kayshining qabul qilgan tadbirlari foyda bermadi. Endi talabalar 18 mayda berilgan buyruqlarni man etish va namoyish qilishga ruxsat berish uchun kurash olib borayotgan edilar. Endi ularning talablariga fuqarolar urushini to‘xtatish, hukumatning poraxo‘r xizmatchilarini jazolash, ularning mol mulkini musodara qilish kabi talablar qo‘shildi. SHunday talablar bitilgan shiorlardan biri hukumatning binosi ro‘parasiga ilib qo‘yilgan bo‘lib, unda “Osmon yig‘layapti, er g‘amgin, xalq talangan, hukumat xizmatchilari semirmoqda”, deb yozilgan edi. 2 iyunga umumiy ish tashlash e’lon qilindi. Uni bostirishga qaratilgan hukumat tomonidan shafqatsiz kurash hatto hukumat tarafdorlarining ham g‘azabini qo‘zg‘adi.
SHunday sharoitda AQSHning vakili Veydemeyer hukumat a’zolari doirasida majlis o‘tkazdi. Unda general Chan Kayshi boshliq hukumatning olibborayotgan siyosati, barcha sohalarda: harbiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar haqida gapirdi. U hukumatni hatto kommunistlarga qarshi olib borgan kurashi ham g‘alaba qilmadi, deb eslatib o‘tdi. SHunday qilib uning fikricha, halqaro maydonda ham, mmlakatning ichida ham Gomindanning obro‘si juda tushib ketgan bo‘lib, endi u davlatni boshqarishga qodir emas edi. Chunki haqiqatdan ham to‘xtovsiz fuqarolar urushi, Yaponiya bilan bo‘lgan urush, Tayvan masalasi xalqning tinkasini quritgan va xalq bu muammoalrdan charchagan edi. Mamlakatning iqtisodiy hayoti izdan chiqqan, chekka provinsiyalarda ochlik va turli epidemiyalar tarqagan edi. Kun ko‘rishga imkoni yo‘q kishilar ochlikdan o‘lib qolayotgan edlilar. Bunday manzara haqida chet el muxbirlari ommaviy axborot vositalarida xabar berishayotgan edi. Ularning yozishicha ko‘pchilik kambag‘allar puli yo‘qligi sababli kiyimsiz yurishar, ko‘p oilalarda tuzning borligi boylik belgisi hisoblanar edi. Majburiy harbiy xizmatga qarshi norrzilik kuchayib ketgan bo‘lib, armiyadan qochish ommaviy harakatga aylanib qolgan edi. Armiyadan qochgan askarlar partizanlar safini to‘ldirar edilar. Ko‘chalarda ochlikdan tinkasi qurigan kishilar, ishsizlar, ochlikdan chalajon holatga kelgan kishilar to‘la edi.
Xitoy xalq armiyasi endi Gomindanning SHimoli-Sharqiy, SHimoliy, Sharqiy hududlarida joylashgan harbiy kuchlariga qarshi kurashib, uni o‘rab olish va tugatish bo‘yicha ko‘rsatma oldi. Ularni Markaziy va Janubiy Xitoy hududiga yaqinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik kerak edi. Ushbu ko‘rsatmaga amal qilgan holda Xitoy xalq armiyasi bir qator g‘alabalarga erishdi. Chan Kayshi armiyasining yirik generallari ham endi faqat qutulib qolishni o‘ylar edi. Amalda uning armiyasi bo‘ysunmay qo‘ydi. Halqaro maydonda ham Chan Kayshining rejimi qulayotganligi haqida ko‘p gapirila boshlandi. AQSH Xitoy uchun va’da qilgan iqtisodiy yordamlarini ham vaqtida bermadi. Ana shunday sharoitda Chan Kayshi rafiqasi Sun Meylinni AQSH ga yordam so‘rab jo‘natdi. Unga quyidagi vazifalar yuklatilgan edi:
1.AQSH Xitoyga nisbatan siyosati o‘zgarmaganligi haqida matbuotda aytishi lozim edi.
2.AQSH Gomindan hukumatiga yon bosishda davom etayotganligini e’lon qilishi kerak edi.
3.AQSH keng ma’noda iqtisodiy yordam berishi kerak edi.
4.AQSH ning harbiy vakillari yordamida Xitoydagi mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni o‘rganishi va o‘z xulosalarini berishi lozim edi.3
Ammo Sun Meylinning Amerikaga qilgan viziti hech qanday natija bermadi. Amerika matbuoti aksincha, Chan Kayshi hukumatini vaziyatni tushunmaydigan, kuchsiz va o‘ta poraxo‘rlikka berilgan hukumat sifatida xarakterlab maqolalar nashr etdi. AQSH shu vaqtda berilishi lozim bo‘lgan 400 mln.doll.yordamdan voz kechdi.

Chan Kayshi orolni egallab olganidan keyin endi o‘z hukumatini qaytadan mustahkamlashga kirishdi. Eng avval Chan Kayshi o‘zining hukumatini kuchaytirdi, orolda har qaynday oppozitsiyaning faoliyat olib borishini taqiqlab qo‘ydi. Bu erda ham Chan Kayshi bir qator islohotlar o‘tkazishga kirishdi. Jumladan, agrar sohada Xitoyda amalga oshirgan islohotlari davridagidek, yer arendasini yerdan olinadigan mahsulotning tannarxidan 37 % gacha tushirdi. Yer egalaridan yerlar sotib olinib dehqonlarga tarqatib berildi. Er uchun to‘lovni yer egalari davlat korxonalaridan olishi lozim edi. SHunday qilib agrar islohotlar iqtisodiy sohada zavod va fabrikalarni privatizatsiya qilish bilan birga bordi. Bunday islohotlar natijasida Tayvanda dehqonlar xususiy yerlariga ega bo‘ldilar. Chan Kayshining dehqonlarning manfaatlariga mos keluvchi bunday hatti-harakatlari Mao Szedunga qarshi qilingan siyosat edi. Chunki Mao Szedun “Yer – dehqonlarga” shiori bilan chiqib, xalqni Chan Kayshiga qarshi ko‘tarilishiga yordam bergan va yerlarni dehqonlarga bo‘lib berishni va’da qilgan bo‘lsada, aslida bunday bo‘lmadi. Mao ham bergan va’dalarini ustidan chiqmadi.
XX asrning 50-yillariga kelib Tayvan orolida ham bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Chan Kayshi hukumati orolda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmasdan iloji yo‘q edi. Doimiy urushlar, Yaponiya agressiyasi, hukumat doirasida korrupsiyaning avvj olishi, asosiy mablag‘ harbiy sohaga sarf etilayotganligi natijasida aholining turmushi nihoyatda og‘irlashib ketgan edi. Aholining katta qismi och-yalang‘och bo‘lib zo‘rg‘a kun ko‘rar edi. Narx-navo o‘ta baland bo‘lib, turmushda oddiy kerakli narsalarni olishga ham aholining qurbi etmas edi.
Ikkinchi jahon urusho‘idan keyin Xitoy va Tayvan bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar yanada chigallashdi.
SHunday sharoitda Chan Kayshi o‘tkazgan iqtisodiy va agrar islohotlar natijasida Tayvan asta-sekin oyoqqa tura boshladi. Qishloq xo‘jaligi 1953 yildayoq anchagina foyda keltira boshladi. Hukumat olingoan foydani sanoatni rivojlantirishga sarf eta boshladi. YAlpi mahsulot 7,5 %, 1960-1970 yillarda esa 9,7 % ni tashkil etdi. Sanoatni xususiylashtirish bilan bir qatorda hukumat elektr energiyasi sohasini va elektr ishlab chiqarishni, po‘lat, shakar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish sohasini davlat tizimiga o‘tkaza boshladi. Orolda bank tashkil etildi, temir yo‘llar va avtotrassalar qurildi. Tayvanda hukmron bo‘lgan davrida Chan Kayshi Xitoyda amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalarini bajardi. U bu haqda ko‘p marotaba aytar edi. Iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar bilan bir qatorda, Gomindanning mafkurasi ham o‘zgarib bordi. Agar 30-40 yillarda Chan Kayshi o‘zining “Xitoy taqdiri” deb nomlangan kitobida har bir yosh xitoylik yoki askar, yoki uchuvchi bo‘lishi kerak, deb e’tirof etgan bo‘lsa, endi Konfutsiy falsafasi va Konfutsiylikka xos bo‘lgan axloqiy qonun-qoidalar targ‘ib qilina boshlandi. Ularga ko‘ra ko‘proq insoniylik, insonparvarlik, o‘zaro yordam, hamkorlik, tinchlik va o‘zidan yuqori bo‘lgan kishilarga nisbatan hurmat targ‘ib qilinar edi. Maktablarda, ish joylari va boshqa jamoat joylarida quyida bitilgan falsafiy ko‘rsatmalar bitilgan pannolar ilib qo‘yilar edi: “Ota mehribon, o‘g‘il esa itoatkor bo‘lishi lozim; yer sadoqatli, ayol esa bo‘ysinuvchi, katta kechirimli, kichik izzatli bo‘lishi kerak, davlatboshi insonparvar va xizmatchi sodiq bo‘lishi lozim”. Bundan tashqari har bir xonadonda inson “osmon, yer, davlatboshi, ota-ona va o‘qituvchini e’zozlashi kerak”, deb yozib qo‘yilgan edi.
Chan Kayshi o‘z siyosatini olib borishda ko‘proq AQSHga tayanishga harakat qildi. Tayvanga tinmay AQSHning siyosiy doirasidagi taniqli kishilar vakil sifatida tashrif buyurishar edi. AQSH Chan Kayshini Osiyodagi kommunizmga qarshi chiqayotgan etakchilardan biri, deb hisoblar edi. Osiyodagi asosiy dushmani sifatida AQSH SSSRda kommunizmni nazarda tutar edi. Ularning fikricha Chan Kayshi Xitoyni yo‘qotganligiga sabab uning etarlicha moddiy va ma’naviy yordam olmaganli edi. Chan Kayshi AQSHni o‘zi uchun ulkan tayanch deb hisoblar va bu tayanchga har qanday holatda suyanish mumkin, deb o‘ylardi.
Chan Kayshi AQSH da ijtimoiy fikrni o‘z foydasiga shakllantirishga intilar edi. SHu sababli ham u AQSH turli ommaviy axborot vositalarida
o‘z maqolalari va intervyulari bilan chiqa boshladi. AQSH da Tayvan tarafdorlari uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildilar.AQSHning iqtisodiy manfaatlari ham Xitoy va Tayvanni shunchaki e’tiborsiz qoldirishga imkon bermas edi. AQSHning yirik sanoatchilari, bankirlari va boshqalar bunday holatlardan manfaatdor edilar. Jumladan, O‘rta G‘arb, Kaliforniya bankirlik uylari hammadan ham ko‘ra ko‘proq Osiyoda ish yuritish zarur, deb hisoblar edilar. Ularning asosiy shiori ham “Eng avvalo Osiyo” edi. Ular o‘z hukumatining Evropa tomonga yo‘nalishini (orientatsiya), unga intilishini hohlamas edi. Hatto bu masalalar bo‘yicha senatorlar va boshqa davlat arboblari bir necha guruhlarga bo‘linib va birgalikda ish olib borar edildar.
XULOSA

XXI asrgacha qadar davom etgan jahon tarixida XX asr alohida o‘rin tutadi. Aynan XX asr o‘z taraqqiyotida barcha sohalarda aql bovar qilmas darajada sur’atlar bilan yuz bergan olamshumul tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. XX asr davomida bir necha inqiloblar, ikkita jahon urushlari, turli partiyalarning paydo bo‘lishi, sotsialistik lagerning shakllanishi va nihoyat, SSSRning emirilishi va sotsialistik davlatlarning dunyo xaritasidan yo‘qolib, ularning o‘rniga turli mustaqil davlatlarning tashkil topishi kabi buyuk tarixiy hodisalar yuz berdi. Bunday hodisalar natijasida davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumi mohiyatini va shaklini juda tez o‘zgartirib bordi.


XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topgan va dastlab xalq manfaatlarini ko‘zlab faoliyat olib borgan turli siyosiy partiyalar XX asrga kelib hokimiyat uchun kurashning ulkan quroliga aylandilar. Ularga xizmat qiluvchi ommaviy axborot vositalari esa bu yo‘lda insonlar ongiga ta’sir etishning turli usullari orqali XX asr tarixining sur’atlari tezlashishiga yanada hissa qo‘shdilar.
XX asrda partiyalarning etakchilari asta-sekin “dohiylarga” yoki “buyuk kishilar”ga aylandilar. Ular jamiyatni o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, bilganlaricha qayta qurishga harakat qildilar. Ijobiy ma’nodami yoki salbiy ma’nodami ushbu “dohiylar” yoki millat etakchilari Lenin, Staplin, Mussolini, Gitler, Sun YAtsen, Chan Kayshi, Mao Szedun, Kvantun kabi bir qator tiarixiy shaxslarning nomlari bilan ular etakchilik qilgan mamlakatlar va davlatlarning tarixi bevosita bog‘liq.
Nomlari yuqorida qayd etilgan va boshqa tarixiy shaxslar o‘z faoliyatlarini ayrimlari shaxsiy manfaatlaridan, boshqalari milliy manfaatlardan, yana birlalari esa sinfiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirdilar. Bundan tashqari XX asr tarixining sahnasi o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy tajribaning maydoniga aylanib qoldi. Ko‘p hollarda siyosiy etakchilarning hatti – harakatlari ba’zan dunyo sivilizatsiyasining taqdirini xavf ostiga qo‘ydi.
XX asrda butun bir millatlar va xalqlarning taqdiri kutilmagan xatarlarga uchradi. Jumladan, XX asrda yuz bergan ikkita jahon urushlari insoniyat tarixida hali bo‘lmagan ulkan yo‘qotishlarga va qurbonliklarga sabab bo‘ldi. Masalan, birinchi jahon urushida 38 mamlakat, 70 milliondan ziyodroq askarlar ishtirok etib, halok bo‘lganlar soni 10 mln., yarador bo‘lganlar esa 20 mln.ni tashkil etdi. Ikkinchi jahon urushi esa undan ko‘ra qonliroq bo‘ldi: unga o‘z istaklariga qarshi tarzda hududida dunyoning 80 % aholisi yashaydigan 61 nafar davlat tortildi. Urush harakatlari Evroosiyo, SHimoliy Afrika va Okeaniyaning ulkan quruqlik va suvlik hududini egalladi. Ularda jami 110 mln.dan ziyod kishi ishtirok etdi va 65 mln,ga yaqin kishi halok bo‘ldi.4
Aytish mumkinki, qayd etilgan tarixiy urushning kelib chiqishi faqat ob’ektiv sabablar bilangina bog‘liq emas. Aslida bu urush o‘z davrining “dohiysi” hisoblangan bir qator siyosiy sub’ektlarning milliy shovinistik manfaatlaridan hamda iqtisodiy va geosiyosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda bo‘ldi.
XX asr xalqlarning mustamlakadan qutulish va mustaqillik uchun kurash asri bo‘ldi. SHu bilan birga XX asr turli millatlarning tinchlik va hamkorlikda yashash, madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘zaro munosabatlari tamoyillarining yangi-yangi jihatlarini kashf etilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. XX asr mustamlaka tizimining yo‘qolishi va milliy mustaqillik uchun kurash davri bo‘ldi.
Demokratik jamiyat qurishga intilish bilan bir qatorda XX asr bir qator totalitar tizimlarning tashkil topishi davri bo‘ldi. Harbiy diktatura va ayrim totalitar davlatlarning tashkil topishi yo‘lida ulkan inson resurslari, potensiali va moddiy resurslar sarf bo‘ldi. SHu bilan birga aynan XX asr turli shaklda faoliyat olib borayotgan hukumatlarning ham emirilish davri bo‘ldi. Bunday sharoitda tarixiy hodisalarning markazida turgan siyosiy etakchilar millionlab kishilarning taqdirini hal qila oladigan siyosiy qurolga ega edilar.
Davlat va partiya etakchilari o‘z qo‘lida cheklanmagan hokimiyatni ushlab turganliklari uchun ham tarixiy voqealarni o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Albatta, bunday etakchilar o‘z g‘oyalari va o‘ziga xos faoliyatiga ega bo‘lmasalar, XX asr tarixida katta rol o‘ynay olmas edilar. Albatta, ularning barchasi ham tarixda ijobiy rol o‘ynadi, deb aytib bo‘lmaydi. Ularning ayrimlari tarixning taraqqiyot sur’atlarini jadallashtirishga yordam bergan bo‘lsalar, boshqalari tarixni o‘nlab yillarga orqaga surib yubordilar.
XX asr tarixida ko‘plab davlatlar qatori Xitoy ham o‘ziga xos mavqega ega. Boshqa davlatlar kabi Xitoy davlatining ham jahon tarixida o‘z o‘rni bor. Xitoy davlatining tarixi ham turli ziddiyatli va serqirra hodisalarga boy. Bunday hodisalarning markazida Xitoy xalqining buyuk vakillari, tarixiy shaxslari va siyosiy etakchilari turadi.
Bu davrda Xitoyda bo‘lib o‘tgan turli tarixiy voqealar: inqilob, hukumatning shakllanishi, Yaponiya bilan bo‘lgan urush, ulkan evakuatsiyaning amalga oshirilishi, Xitoy xalqining Yaponiyaga qarshi mislsiz kurash olib borishi, bu kurashda millionlab kishilarning qurbon bo‘lishi kabi tarixiy voqealar olamshumul ahamiyatga ega bo‘ldi, deb aytish mumkin.



Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish